225
Kernig belgisi.
Bemorning oyog‘i tizza va chanoq son bo‘g‘imida bukilib,
so‘ng tizza bo‘g‘imida yozishga harakat qilganda yozilmaydi.
Brudzinskiy belgisi. Yuqorigi
:
chalqancha yotgan bemorni boshini uning
ko‘kragigacha tekkizishga harakat qilinganda, oyoqlarini
chanoq-son va tizza
bo‘g‘imida bukishi (ayrim paytlarda qo‘llarni hamkorlikda bukkanda ham).
O‘rta:
qov sohasiga kaft bilan bosilganda, bemorning oyoqlari chanoq son
va tizza bo‘g‘imidan bukiladi.
Pastki:
oyoq tizza va chanoq son bo‘g‘imida bukilib, so‘ng tizza bo‘g‘imida
yozishga harakat qilinganda ikkinchi oyog‘i chanoq-son va tizza bo‘g‘imida
bukiladi.
Alohida guruh belgilariga
og‘riq hissini kuchayishi (masalan:
boshni
ko‘krak tomonga bukilganda bosh og‘riqni kuchayishi).
Lobzin belgisi – bemorni ko‘zini yumgan holda ko‘z olmasi bosilganda
og‘riq bo‘lishi.
Kerer belgisi – har xil nervlarni chiqish joyiga, masalan, ensa nervini chiqish
joyiga ta’sir qilinganda, og‘riqni paydo bo‘lishi yoki kuchayishi.
Flatau belgisi – boshni bukilganda qorachiqlar kengayishi.
Bexterev belgisi – yonoqni perkussiya qilganda mimika mushaklarni
qisqarishi va bosh og‘riqni kuchayishi kuzatiladi.
Pulatov belgisi – kalla qismini perkussiya qilganda og‘riqni kuchayishi
(kraniofassial refleks).
Erta yoshdagi bolalar meningitida Lessaj bo‘yicha osiltirish belgisi–buning
uchun bolani qo‘ltig‘idan ko‘tarilganda, oyoqlari chanoq-son va tizza bo‘g‘imidan
beixtiyor bukilganligi sababli qorniga tortiladi va shu holda turib qoladi. Sog‘lom
bolalarda esa oyog‘i erkin holatda harakatlar qiladi (bukadi yoki yoziladi).
Emizikli bolalarda meningit kasalligi yuz bersa – katta liqildoqni palpasiya
qilinganda liqildoqni taranglashishi va bo‘rtib chiqishini kuzatish mumkin.
Bulardan tashqari kalla qismini perkussiya qilinganda yorilgan (darz ketgan)
tuvak
tovushi kuzatiladi.
Meningial simptomokomplekslar uchrash darajasi turli tumandir. Og‘ir
meningitda “yotgan it holati” – bemor yonboshlab, orqaga egilib, boshini orqaga
tashlab, oyoqlarini qorniga va qornini ichiga qayiqsimon tortib yotishi sodir
bo‘ladi.
Yashin tezligida kechuvchi meningitlarda – meningial
sindromlar butunlay
bo‘lmasligi yoki yaqqol darajada ko‘zga ko‘rinmasdan kechishi mumkin. Miya
asosidagi pardalarni yallig‘lanish jarayonida (bazal meningitda) u yerdagi bosh
miya nervlaridan (II, III, IV, VI, VII, VIII) zararlanishi natijasida ko‘rishni
pasayishi, ptoz, diplopiya, g‘ilaylik, mimika mushaklari parezi,
eshitishni pasayishi
ko‘rinishida kechishi mumkin.
Agarda patologik jarayon miya pardasidan uning to‘qimasiga o‘tsa
meningoensefalit kelib chiqadi. Uning klinikasida umumiy miya va meningial
belgilar va markaziy parez yoki paralich tipdagi o‘choqli nevrologik belgilar
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: