198
Homilaga eng yomon ta’sir qiladigan holat bu
onasining kasbiy zararlari
(ximik moddalar, radiatsiya va boshqalar). Homila rivojlanishining oqibatini
oldingi homiladorlikdagi homila tushishi va abort holatlari yomonlashtiradi.
Homiladorlikni to‘xtatish, ayniqsa, mexanik va farmokologik moddalarni qabul
qilish, shuningdek, ota-onaning zararli odatlari – alkogol ichish, chekish va
boshqalar juda salbiy ahamiyat kasb etadi.
Xavfning bevosita ko‘rsatkichlari bo‘lib, bola tashlash xavfi holatlari,
homiladorlikni birinchi va ikkinchi yarmidagi toksikozlar, nefropatiyalar,
shuningdek, tug‘ruqning noxush kechishi (muddatdan oldin, kech,
tez yoki katta
suvsiz oraliq bilan kechadigan davomli, kindik tizimi bilan o‘ralishi, homilaning
patologik joylashuvi, homila siqib chiqarilishi, operativ usullarni qo‘llanilishi,
yo‘ldosh va kindik tizimchasi patologiyasi, tug‘ruqdagi davomli asfiksiya)
hisoblanadi. Nerv tizimining organik zararlanish belgilarining borligi shubxa
qilinayotgan va nevropatolog dinamik nazoratida 1-2 yil turishi kerak bo‘lgan
bolalar guruhini ajratish muhim ahamiyatga ega. Bu guruhga statik, motor, psixik
va nutqiy
vazifalarning ortda qolishi, mushak tonusi va reflekslarning keskin
bo‘lmagan o‘zgarishlari, yengil gipertenziv sindrom va boshqalarga ega bo‘lgan
bolalar kiritilishi kerak. Kuzatuv davomida bu bolalarning rivojlanishi
me’yorlashsa, ularni sog‘lom guruhga o‘tkazish kerak.
Havf omillari va xavf guruhi bolalarini ajratish 3 yo‘nalishda o‘tkazilishi
kerak.
1.
YaTCh larda MNS zararlanishining ahamiyatga molik xavf
omillarini ajratish (jad. 4.).
2. O‘tkir va tiklanish davrida MNSning turg‘un organik zararlanishining
paydo bo‘lish va shakllanishi yuqori xavfi bo‘lgan guruhlarni ajratish (jad. 5,6.).
3. Nerv tizimi organik zararlanishini shakllanishi bo‘yicha shubxali, kichik
xavf guruh bolalarini ajratish.
Shunga e’tiborni qaratish kerakki, xavf omillari o‘zi bolaning patologik
rivojlanishiga
olib kelishi shart emas, balki ular miyaning patologik rivojlanishi
yoki shakllanib bo‘lgan miya strukturalarining destruktsiyasiga sabab bo‘luvchi
sharoitlarni yaratadi. Lekin havf omillari fonida tug‘ilgan bolalarning NSsi ularga
qarshi chiqish mumkin va bu bolalar chaqaloqlik davridagi yoki hayotining
birinchi oylari davridagi xarakterli nevrologik belgilarga ega bo‘lgan yuqori xavf
guruhi bolalariga kiritmasligi kerak. (4-5 jadvalga qaralsin). Klinik jihatdan
baholashning qiyinligi uchun informativ diagnostik usullarni qo‘llash kerak.
Tekshiruvlar quyidagicha: o‘tkir davrida – bioximik usullar, EEG, ExoEG,
REG; tiklanish davrida esa – EMG, ExoEG, EEG, kalla suyagi
transillyuminatsiyasi. Shubhali holatlarda bolalarni dinamikada kuzatish uchun
kichik xavf guruhiga kiritiladi. Xavf omillari yig‘indisi bo‘yicha
bemorlarni nerv
tizimi zararlanishi xavfining yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan guruhga kiritish
mumkin. Xavf omillarining birgalikda kelishi miya turg‘un organik
zararlanishining eng og‘ir shakllarini rivojlanishiga olib keladi. Ularni erta
aniqlash esa bemorlarga tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyani o‘tkazish uchun
shifokorga yordam beradi.