Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

paraklinik ma’lumotlar). 
5-jadval. 
Klinik belgilar Vital (hayotiy) funksiyalarining buzilishi bilan kechadigan bulbar 
va psevdobulbar sindrom. Shakllanayotgan mikrotsefaliya. 
Shakllanayotgan gidrotsefaliya. Qaytuvchi va seriyalari 
tutqanoqlar. Diffuz mushak gipertoniyasi. Umumiy mushak 
gipotoniyasi. Statiko-motor funksiyalarning qo‘pol ortda qolishi. 


 201
Atrofga emotsional reaksiyasining yo‘qligi yoki kamligi. Distant 
analizatorlar rivojining ortda qolishi. Turg‘un assimetrik bo‘yin-
tonik refleksi labirint va to‘g‘rilanuvchi zanjirli tonik 
reflekslarning ortda qolishi yoki yo‘qligi.
ExoEG 
ko‘rsatkichlari
M-exoning 1 mm dan ko‘pga siljishi. Exo signallarining 20% dan 
past va 90% dan yuqoriga pulsatsiyasi. Keskin, uriluvchi, 
gorizontal elementli, xaotik. Qorincha indeksi 2,6 dan yuqori. 
Exo-signallar miqdorining kamayishi III qorincha kengligi 8 
mmdan ko‘p.
EMG 
ko‘rsatkichlari 
Tinchlikdagi va reflektor reaksiyalardagi mushak 
biopotentsiallarining turg‘un kamayishi. Spontan harakatlarda 
mushak elektrogenezining keskin kamayishi.
EEG 
ko‘rsatkichlari
Tremor ko‘rinishdagi patologik impulsatsiyasining borligi. Uyqu 
holatida EEG aktivligining turg‘un pasayishi. Yarim sharlar 
orasidagi keskin assimetriya. Patologik aktivlikning bo‘lishi. 
Asosiy o‘sish ritmini shakllanishining ortda qolishi. Aniq 
namoyon bo‘lgan zonali farqlarning yo‘qligi.
REG 
ko‘rsatkichlari
Miya yarim sharlarining puls to‘laqonligining turg‘un pasayishi. 
Miya tomirlar tonusining turg‘un kuchayishi yoki pasayishi. 
Venoz oqimning turg‘un kamayishi. Yarim sharlar orasidagi 
keskin assimetriya.
Ishqoriy preparatlar kislota-asos holati, qonning elektrolit tarkibi, 
plazmaning osmotik bosimi nazorati ostida qo‘llaniladi. Degidratatsiya maqsadida 
furosemid 1-3mg/kg 2-3 mah ichishga, 25% MgSO
4
eritmasini 0,2-0,3 ml/kg har 
kuni 5 kun davomida m/o, shish-gipertenziv holatlarning tez kechganda furosemid 
m/o, bir martalik dozasi 0,001 g/kg 2-3 mahal, 4-5 kun davomida pananginning ¼ 
tab. dan 2 mahal yoki 5% kaliy atsetat 1 mahal birgalikda beriladi (furosemid 
bilan). Shish-gemorragik sindromda furosemidni osmotik diuretiklar bilan birga 
qo‘llash tavsiya qilinadi.
Infuzion terapiyada (GOMK, reopoliglyukin) Na bikarbonat eritmasi 
miqdorini 2 martaga kamaytirish kerak.
MNS zararlanishining og‘ir shaklida tinchlik, boshga muz qo‘yish bilan 
birgalikda gemostatik terapiya qo‘llaniladi (1% vikasol 0,3 ml 2 mahal 4-5 kun 
davomida m/o) va yuqorida keltirilgan boshqa preparatlar.
Degidratatsion terapiya: og‘ir holatlarda mannitol 0,5-1,5 g/kg NaCl ning 
izotonik eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida v/i tomchilab, furosemid v/i yoki 
m/o 0,001 g/kg va panangin ¼ tab. 2 mahal ichishga. Shu bilan birga 
dezintoksikatsion maqsadda v/i gemodez 10-15 ml/kg, 10% reopoliglyukin 10 
ml/kg, plazma 5-10 ml/kg, GOMK 100-150 g, 8-10 ml/kg, 4% Na gidrokarbonat 
bola tana vazniga qarab, 10% glyukoza insulin bilan (1 ED 3-4 gr glyukozaning 
quruq moddasiga), Ringer eritmasi plazmaning gipertonik eritmasi 5-10 ml/kg 5% 
1 ml vitamin C eritmasi bilan birga qo‘llaniladi. Yuqorigi sanab o‘tilgan moddalar 
ketma-ketlik bilan kindik tizimchasi venasiga doimiy kateter orqali yuboriladi. 
Infuzion terapiyani 4-5% Na gidrokarbonat eritmasi bilan boshlash tavsiya etiladi. 


 202
Suyuqlikning umumiy miqdori bolaning tana og‘irligiga qarab 90-140 ml ni tashkil 
qiladi.
Degidratasiya maqsadlarida siydikchilni qo‘llash xavfli deb hisoblaymiz, 
chunki u asfiksiya va kalla ichi travmalaridagi gemorragik holatlarni kuchaytirishi 
mumkin.
Arterial bosimni pasayishi bilan kechadigan buyrak usti bezi 
yetishmovchiligida infuzion terapiya bilan birga gidrokortizon 5-10 mg/kg m/o 
yoki v/i glyukoza bilan 2-3 marta yuboriladi. Keyinchalik ko‘rsatmalar bo‘yicha 
prednizalon 5 mg/kg 7-10 kun davomida, K preparatlari fonida qo‘llaniladi.
Tomirlar rezistentligini oshirish, perivaskulyar shishni kamaytirish, to‘qima 
nafasini chuqurlashtirish uchun 5% vit C eritmasi 1,0mldan 1 max v/i 10-20% 
glyukoza eritmasi bilan, 15-20 ml 3-4 g/l glyukozaning quruq moddasi bilan, 1 ED 
insulin, kokarboksilaza 0,025-0,05 g (extiyotkorlik bilan).
Qo‘zg‘alishlar va tutqanoqlarda MgSO
4
li degidratatsion terapiya fonida 
fenobarbital 0,001 g/kg 2-3 mah, 0,25% aminazin eritmasi 2-4 g/kg m/o, 0,25% li 
5,0 ml novokain eritmasi bilan 3-5 kun davomida qilinadi.
YaTChlarning, ayniqsa, og‘ir holatdagilarning davosida nafas buzilishlariga 
qarshi kurash asosiy o‘rin egallaydi. Nafas yetishmovchiligi shilliqlarni so‘rilgandan 
keyin chaqaloqqa havo va O
2
(1:1) aralashmasini uzatuvchi niqob yordamida 
o‘pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi o‘tkazish zarur. Nafasning juda og‘ir buzilishlari 
yoki niqob orqali kislorod yuborishning noeffektivligida traxeyani intubatsiyasi va 
tozalanganidan keyin apparatli sun’iy nafas oldiriladi. U bilan birgalikda kindik 
venasiga 4-5% natriy gidrokarbonatning 10-25 ml eritmasi yuboriladi.
Gipertermiyaga qarshi kurashda boshga va yirik qon tomirlarga sovuq 
qo‘yish qo‘llaniladi. 4% amidopirin eritmasini 0,1 ml/kg m/o, 4
0
C gacha 
sovutilgan 50% analgin 0,1 ml/yoshiga m/o, 20% glyukozani birgalikda 
qo‘llanilganda effekti kuchayadi. Tana harorati 37
0
C dan pasayib ketmasligini 
nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Nafas ritmi, chuqurligi va chastotasining 
buzilishi, apnoe xurujlari, sianoz (ikkilamchi asfiksiya uchun xos) kuzatilganda 
bolani dozalangan oksigenoterapiyali O
2
palatkasiga joylashtirish bilan birga 
markaziy ta’sirga ega bo‘lgan eng yaxshi analeptiklardan biri bo‘lgan etimizolning 
qo‘llanilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning 1,5% li eritmasini m/o siga sutkasiga 2-
4 marta 0,1-0,2 ml yuborilishi nafaqat nafas, balki qon tomirlar markazini 
faoliyatini kuchaytiradi.
Yurak faoliyatini yaxshilash uchun 0,06 % korglikon eritmasini 0,1 ml v/i 
tomchilab yuborish mumkin. Agar o‘tkazilgan muolajalarga qaramay bola ahvoli 
yaxshilanmasa, miya shishishi (tutqanoqlar, komatoz holat) kuchayib borsa, 1,5-2 
soat davomida kraniotserebral gipotermiya o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Gipotermiya o‘tkazishdan oldin 100-150 mg/kg miqdorda GOMK va 0,5 
mg/kg droperidol yuborish tavsiya qilinadi (agar bu moddalar avval 
qo‘llanilmagan bo‘lsa).
Subaraxnoidal qon quyilishda ko‘rsatilgan aktiv gomeostatik terapiya bilan 
birga bakterial infeksiya qo‘shilishini oldini olish uchun antibiotiklar (200 ming 
ed/kg penitsilin m/o, yoki shu dozada yarim sintetik moddalar) qo‘llaniladi.


 203
O‘tkazilgan kalla ichi tug‘ruq travmasining 3-4 haftasida MNS 
funksiyalarining tezroq tiklanishi maqsadida davo kompleksiga vit. V

– 5% mg, 
ko‘rsatmalar bo‘yicha V
12
50 mkg dan m/o, shuningdek serebrolizin 0,5-1 ml m/o 
30 ta inyeksiya kiritiladi. Serebrolizin tutqanoq va gidrotsefal sindromda qarshi 
ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Nerv hujayralari funksiyalarining tiklanishiga sabab 
bo‘ladigan glutamin kislotasi reparatsiya davrida 0,1 gr 2-3 mahal metionin bilan 
birga 0,25-0,5 gr 2-3 mahal ichishga, lipotserebrin 0,12-0,25 gr ichishga 
buyuriladi.
Shuningdek amminalon 1 tabletkadan 2 mahal kuniga qo‘llaniladi. Bu 
preparatlar bilan birgalikda anabolik ta’sirli stimulyatorlar qo‘llaniladi: retabolil 
0,5-1 mg/kg oyiga 3-5 ta inyeksiya, nerobol 0,5-0,1 mg/kg kuniga 2 mahal 1 oy 
davomida to‘laqonlik ovqatlanish fonida. Bu preparatlar azot almashinuviga ta’sir 
qiladi, oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan kaliy, oltingugurt, fosfor ajralishini 
sekinlashtiradi. Ijobiy trofik ta’sirga ega bo‘lgan apilak ham 0,0025-0,005 dan 
kuniga 3 mahal shamlar ko‘rinishida 7-14 kun qo‘llaniladi.
Nerv reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi tiklanish davrida magniy sulfat 
va diakarbdan (1/4-½ tab.dan 3 kunlik qaytalanuvchi sikllar) iborat bo‘lgan 
degidratatsion terapya fonidagi tutqanoqlarda bolani emotsional tarangligini, 
harakat qo‘zg‘aluvchanlik paroksizmlarini pasaytiruvchi preparatlar qo‘shiladi: 
nitrazepam (eunoktin), diazepam (seduksen) ¼ tab. dan kuniga 1 mah 3-4 hafta 
davomida. Shuningdek fenobarbital, dilantin kabi sedativ preparatlar qo‘llaniladi.
Umumiy qarshilikni oshirish, trofik funksiyalarni kuchaytirish maqsadida 
tiklanish davrida qon, plazma, gemodez transfuziyalari qo‘llaniladi. Yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan allergik reaksiyalar profilaktikasida preparatlar kompleksi 
qo‘llaniladi: dimedrol m/o 0,1 ml, 10% SaSl 0,1 bemorga transfuziyadan oldin v/i 
yuboriladi.
Septik asoratlar bilan qarshi kurashda keng doirali antibiotiklar qo‘llaniladi: 
tetraolean, seporin, ampitsillin, oksatsillin, linkomitsin. 
YaTCh lar va hayotining 1 chi oylaridagi bolalarning tiklanish terapiyasida 
asosiy o‘rin davolash gimnastikasi va massajga ajratiladi. Massajni davo 
gimnastikasi bilan qo‘llash qon tomirlar tonusini me’yorlashtiradi, almashinuv 
jarayonlarini yaxshilaydi, organizm reaktivligini oshiradi. Massaj va davo 
gimnastikasi MNS zararlangan, harakat buzilishlari bor bo‘lgan hamma bolalarga 
hayotining 10-12 kunidan buyuriladi.
Tiklanish davridagi reabilitatsion terapiyaning effekti davoni erta boshlash, 
uning davomiyli va to‘htovsiz olib borishiga asoslangan. Turli xil fizioterapevtik 
usullar bilan birga qo‘llaniladigan massaj va davo gimnastikasi zararlangan 
mushak tonusini boshqaruviga to‘g‘ri reflektor faoliyatini rivojlanishiga, tug‘ma 
harakat reflekslarning tiklanishiga yo‘nalgan.
MNS ning gipoksik (gipoksiko-travmatik) zararlanishlari nutq buzilishlari 
asosida ham yotadi. Yig‘ining sustligi yoki butunlay yo‘qligi yoki ba’zi bir tug‘ma 
shartli reflekslarning sustligi, artikulyatsiya shakllanishining ortda qolishi va uning 
kinestetik xissiyotlar hamda obrazlarni bog‘liqligi turida nutq rivojlanishini 


 204
bosqich va templarini keltirib chiqaradi. Bu nutq buzilishlarni erta logoped 
profilaktikasining ahamiyatligini va zarurligini ko‘rsatadi.
MNS ning gipoksiko-travmatik yoki travmatik (ko‘proq uchraydigan) 
shikastlarini o‘tkazgan YaTChni davolashdagi kompleks patogenetik 
yondashuvgina buzilgan funksiyalarning tiklanishida effektli bo‘lishi mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish