Amaliy audit


 Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

7.7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-
kitoblar auditi 
Kreditlarni berish va qoplash bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalar bank 
qoidalari va qarz oluvchi korxona hamda bank bilan shartnomaviy asosida 
tuziladigan kredit shartnomalari bilan tartibga solinadi. Unda kreditlash obyekti, 
kreditni berish va qoplash muddatlari, foiz stavkalari, kreditdan foydalanganligi 


358 
uchun foizlarni hisoblash va to`lash tartibi, majburiyatlarni ta'minlash shakllari, 
kreditni berish va qoplash yuzasidan tomonlar huquqlari va majburiyatlari, hujjatlar 
ro`yxati va ularni bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli shartlar ko`zda 
tutiladi. 
Bank kreditlari va qarzlar bo`yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan 
o`tkazish uchun ma'lumot manbalar quyidagilardan iborat: kredit shartnomalari
kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun foizlar to`lash bo`yicha hisob-kitoblar, 
to`lov hujjatlari ilova qilingan bank ko`chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va 
tahliliy hisoblarning boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar 
to`g`risidagi hisobot va hokazolar. 
Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan 
maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag`larini aks ettiruvchi 
hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligi to`g`risida yetarli dalil-isbotlarga ega 
bo`lishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak: 
- kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi; 
- kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag`larining 
olingan manbalari); 
- qarz mablag`lardan maqsadli foydalanish va ularni to`liq hamda o`z vaqtida 
qaytarish (qarz mablag`lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va qarzlar 
bo`yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik 
mavjudligi); 
- qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo`yicha foizlar 
to`lanishini baholash; 
- kredit va qarzlar bo`yicha sintetik hamda analitik hisobning yuritilishini 
tekshirish (kredit va qarzlarni hisobga oladigan schyotlarning qo`llanilishi, qarz
mablag`larini olish va qaytarish muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi). 
Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo`lish uchun turli usullar (hujjatlarni 
tekshirish, muomalalarni ko`pib chiqish, o`z mablag`lari bilan qarz mablag`larning 
nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va axborot manbalaridan 
foydalaniladi. 


359 
Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishda quyidagi 
ma'lumot manbalaridan foydalaniladi: 
- bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa 
tortish muomalalarini tartibga soladigan me'yoriy hujjatlar; 
- bank kreditlari va qarzlar bo`yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda 
aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar (kredit va qarz shartnomalari, 
kreditlar bo`yicha foiz stavkalarining o`zgarishi to`g`risida kredit shartnomalariga 
qo`shimcha 
qilinadigan 
bitimlar, 
kreditni 
qaytarish 
muddatlari, 
kredit 
shartnomalarining boshqa shartlari); 
- kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz summalarining 
akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o`chirilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar. 
Yuqorida ko`rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sintetik va 
analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tekshiruvdan 
o`tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur axborotlar moliyaviy hisobotning 
quyidagi shakllarida aks ettiriladi (7.3-jadval): 
7.3-jadval 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish