Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA 
MUOMALALARI AUDITINING USLUBI 
 
 
 
 
 


363 
 
 
 


364 
REJA: 
8.1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 
tizimi holatini tekshirish 
8.2. Mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar auditini tashkil etish 
8.3. Xodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar auditining uslubi 
 
 
8.1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 
tizimi holatini tekshirish 
Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni 
ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga 
soluvchi respublika mehnat qonunchiligining asosiy hujjati O`zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksi
1
(O`zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlarning asosiy 
mehnat huquqlari belgilangan. 
«Har bir xodim: 
-
o`z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish 
haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish; 
-
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o`rnatish, bir qator kasblar 
va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, 
shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish; 
-
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat 
qilish; 
-
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
-
ish bilan boqliq holda sog`ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning 
o`rnini qoplash; 
-
kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining 
manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 
-
qariganda, mehnat qobiliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish; 
-
o`zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 
1
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O’zR. 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan va 1996-yil 
1-apreldan amalga kiritilgan. 


365 
-
jamoalarga doir mehnat nizolarida o`z manfaatlarini quvvatlash 
huquqiga egadir»
1
.
Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish 
beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish 
unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga 
oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari 
ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim. 
Mehnat shartnomalari
2

-
ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa 
shartnomasi); 
-
ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq 
moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin. 
-
quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin: 
-
korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z 
rahbarlari timsolida; 
-
mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar; 
-
o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollarda. 
-
Ish beruvchi: 
-
korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar 
qabul qilish; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor 
qilish;
-
mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada 
bajarishni xodimdan talab qilish; 
-
o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan 
jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.
«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat 
to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda 
yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»
3
. Ularni qo`llash 
mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish 
vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»
4
to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O`zR MK da 
belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi 
haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona 
1
Shu erda , 16-modda. 
2
Xasanov N., Xaydarov Ch. va boshq. Korxonalarda ish haqi. - T.: 2004, 4-b. 
3
O’zR Mehnat kodeksi. 5-modda. 
4
Shu erda, 157-modda. 


366 
xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish 
huquqiga ega. 
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi 
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy 
me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar 
uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga 
haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy 
xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar 
hisoblanadi. 
Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari 
vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish 
beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq 
to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq 
to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, 
mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo`limi 
komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o`tkazish 
bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish