9-MAVZU. PUL MABLAG’LARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
AUDITINING USLUBI
377
REJA:
9.1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
9.2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
9.3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi
9.4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
9.1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Kassa muomalalarini yuritish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan
tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik
shaklidan qat'iy nazar, o`zlarining pul mablag`larini bank muassasalarida saqlashlari
shart.
«Yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish bilan bog`liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank muassasalari
orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday
maqsadlar uchun olingan bo`lsa, faqat shunga sarflanadi.
Tashkilotlar o`z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig`i limitlari doirasida
naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig`i limitlari va
tushumni ishlatish me'yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan
kelishgan holda belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik
xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno.
Zarur bo`lgan hollarda ko`rsatilgan limitlar qayta ko`rib chiqilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi
tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar to`lashga foydalanishlari
man etiladi»
1
.
1
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari». O’zR markaziy banki boshqaruvi tomonidan
1998-yil 24-yanvarda 376-son (1/16-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan. Mazkur qoidalarga quyidagilarga muvofiq
378
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o`zi
qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to`liq moddiy javobgar
shaxs hisoblanadi.
Pul mablag`larini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning asosiy maqsadi:
korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul mablag`larini,
bankdagi hisob-kitob (5110), valuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul
ekvivalentlari (5610) hamda yo`ldagi pul (o`tkazmalari) mablag`lari (5710)
schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazib, moliyaviy
hisobotning «Pul mablag`lari» bo`limi bo`yicha ma'lumotlarning ishonchliligi va
bankdagi schyotlarda pul mablag`larini hisobga olish uslubiyotining O`zbekiston
Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to`g`risida xulosa
bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya
hisobida to`g`ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
- inventarizatsiya o`tkazish yo`li bilan kassadagi mavjud pul mablag`lari,
qimmatli qog`ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig`ini aniqlash;
- kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa
muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash;
- bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar
bo`yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;
- o`tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.
Fanga oid o`quv adabiyotida pul mablag`lari auditorlik tekshiruvini
o`tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag`lari oqimini aks etuvchi
schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xojalikni
samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir.
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma'lumot manbalari pul mablag`lari
turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa operatsiyalari auditi
o`tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan
o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR AV 30.07.1999 y. 565-1-son bilan ro’yxatga olingan 1-son qo’shimcha, O’zR AV
14.12.1999 y. 565-2-son bilan ro’yxatga olingan 2-son qo’shimcha, O’zR AV 31.07. 2000 y. 565-3-son bilan ro’yxatga
olingan 3-son o’zgartish va qo’shimchalar, O’zR AV 03.04.2003 y. 565-4-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB
qarori, O’zR AV 05.03.2004 y. 565-5-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori.
379
iborat:
- naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni bankdan olib
kelishda saqlash sharoitlari;
- chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan ko`chirmalar va
ular bo`yicha pul olish tartibi;
- kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli
rasmiylashtirish qoidalari;
- kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari, xojalik
xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi;
- banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o`z
vaqtida va to`liq kirim kilinishi;
- kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi;
- kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada saqlanayotgan
boshqa boyliklar bo`yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi;
- jo`natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun
yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi;
- banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi;
- ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo`lgan naqd pul banklarga
to`liq qaytarilishi;
- ishonch qog`ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga naqd pul
berish holatlari mavjudligi.
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma'lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi:
- naqd pullarni kirim qilish va berish bo`yicha dastlabki hujjatlarni
rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2);
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish
daftari (KO-3, KO-Za);
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
- 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5110 - «Hisob-kitob schyoti»,
380
5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha), schyotlari, 006 - «Qat'iy hisobot
blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-kitob schyotlari bilan
korrespondentlangan schyotlar bo`yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa
hisobot shakllari»1.
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko`ra, ushbu muomala bo`yicha auditning
birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada amalga oshirilgan xojalik
operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd pullar
holatini nazorat o`tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir.
Kassadagi pul mablag`larining audit uchun asosiy manba bo`lib kirim-chiqim kassa
orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro`yxatga olish daftari, kassa daftari, kassir
hisoboti sanaladi».
Kassadagi pul mablag`larini hisobga olish audit obyektini quyidagi 9.1-jadval
ma'lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |