8.5-jadval
Jamg`arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o`tkazmalar bo`yicha
buxgalteriya yozuvlari
T/R
Xojalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlar korrespondensiyasi
Debet
Kredit
1. Daromad hisoblab yozilgan
2010, 2310
va boshqa schyotlar
6710
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblab yozilgan
6710
6410
3. Jamg`arib boriladigan hisobvaraqqa 1 % aks ettirildi
6410
6530
4. Jamg`arib boriladigan pensiya badalini Xalq banki
hisobraqamlariga o`tkazish aks ettirildi
6530
5110
5. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq summasi
budjetga o`tkazildi
6410
5110
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish
hamda ish haqini hisoblash bo`yicha audit o`tkazganda auditor dastlabki hujjatlar,
ya'ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo`l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar,
bajarilgan ishlar bo`yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari
va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda
barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to`lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to`g`ri
qo`llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to`g`risidagi tabellar,
naryadlar va ish haqini hisoblash bo`yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga
375
uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun
naryadlarni berilgan sanasi bo`yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga
olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo`limidagi shaxsiy tarkibni
hisobga olish ma'lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo`yicha avval
to`langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha
marotaba turli hisob-kitob-to`lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo`lmagan va qisqa muddat ishlagan
shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish
bo`yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob
qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to`g`riligiga katta e'tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag`batlantirishga qaratilgan turli
to`lovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko`ra mukofotlar, tovon
tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo`shimcha to`lov va
ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik
va boshqalar uchun to`lovlar hujjatlarda to`g`ri rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni
qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag`batlantirish va
turli qo`shimcha to`lovlar va mukofotlarni hisoblash to`g`risida ichki Nizom ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni
hisoblash rahbar buyrug`i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to`g`risidagi ichki
Nizomning tamoyillariga muvofiq bo`lishi lozim.
O`rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to`g`riligini tekshirganda o`rtacha ish
haqi to`g`ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to`lovlar to`g`ri
hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo`yicha
buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.
376
Do'stlaringiz bilan baham: |