XXIII bob. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish
242. Bilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
umumlashgan bir turdagi muhim belgilarni o‘zlashtirish;
oddiy izlanishlar orqali tajribalar o‘tkazish;
jonli va jonsiz tabiat haqidagi tushunchalarni bilish;
predmetlar, ularning tuzilishi, yasalgan materiallar, predmetlardan nima maqsadda
foydalanishni bilish;
oddiy mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish;
manbaalardan olingan ma’lumotlardan foydalana olish (kitoblar, jurnallar, kattalarning
hikoyalari, televediniya va radio).
1-§. Elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish
243. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda elementar matematik
ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining talablari hisoblanadi:
miqdor, sonlar va sanash, geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlarini namoyish etish;
fazoda mo‘ljal olish va vaqt bo‘yicha ilk tushunchalarga ega bo‘lish.
244. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda elementar matematik
ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
“ko‘p” va “bitta” buyumlarni ajratish, “ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” so‘zlarining
ma’nosini tushunish;
tevarak-atrofdan bitta va ko‘p o‘xshash buyumlarni topa olish;
buyumlarning o‘lchamini aytish, “katta”, “kichik” so‘zlarining ma’nosini tushunish, qizil,
katta, kichik, yumaloq va shu kabi boshqa sifatlarga ega bo‘lgan barcha buyumlarni ajrata
olish;
doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllarini bir-biridan farqlash;
shar, kub, silindrlarning nomini ayta olish va ularni farqlash;
5 gacha sanash va 5 tagacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash;
buyumlarni baland-past, uzun-qisqa, qalin-yupqaligiga ko‘ra farqlash;
u yoki bu buyumning o‘ziga nisbatan joylashuvini so‘z bilan ifodalay olish, “yaqin” va
“uzoq”, “orqada” va “oldinda”, “tepada” va “pastda”, “chapda” va “o‘ngda” kabi so‘zlarni
tushunish;
sutkaning turli vaqtlarini (kun va tun, ertalab, kunduzi, kechqurun) farqlash, kecha,
bugun, ertaga, tez, sekin kabi vaqtni ifodalovchi so‘zlarni tushunish, o‘z nutqida qo‘llash;
“lego” turidagi bo‘laklardan sodda model yig‘ish va 5 — 8 ta qismlardan pazllar yasash;
qog‘ozdan buklash yo‘li bilan sodda shakllar yasash.
245. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaning muloqot, o‘ynash vaqtida sonlardan foydalanishini rag‘batlantirish;
buyumlarning belgilari, o‘lchamlari, og‘irligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha
saralaydigan o‘yinlar tashkil etish;
bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish;
bir buyum o‘rniga boshqa buyumdan foydalanishni talab qiladigan o‘rgatuvchi
mashg‘ulot, o‘yinlarni o‘tkazish;
bolaga buyumlarni kuzatish, ularning joylashuvi, belgilari, o‘lchamlariga e’tibor
qaratish imkoniyatini berish;
bolaning buyumlarning ko‘proq yoki kamroq ekanligi nuqtai nazaridan so‘zlashini
rag‘batlantirish;
boladan buyumlarning o‘lchami, shakli va rangini solishtirish hamda ular o‘rtasidagi
tafovutlar to‘g‘risida so‘zlab berishni iltimos qilish;
bolaga oson bajara oladigan topshiriqlar berib borish;
bolaga ikki-uch harakatlardan iborat topshiriq berish;
bolaga buyumlarning joylashgan o‘rni haqida savollar bilan murojaat qilish.
246. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan munosabatlarda ularning individual
xususiyatlari va bolalar egotsentrizmini e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |