Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


XXVI bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

XXVI bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik
1-§. Nutq
280. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining
talablari hisoblanadi:
nutqni tinglash va tushunish;
so‘zlashish va muloqot yuritishga qodir bo‘lish;
nutq-tovush madaniyatini shakllantirish;
oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
so‘z boyligini faollashtirish;
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
bog‘lanishli nutqni shakllantirish;
ijodiy hikoya qilishni shakllantirish.
281. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlari
hisoblanadi:
musobaqalar va munozalarda ishtirok etish, u yerda eshitgan ko‘rsatmalarini to‘g‘ri
bajarish;
ayrim maxsus so‘zlarning ma’nosini bilish;
eshitgan hikoyalarni osonlikcha bayon qilish;
ona tilini juda yaxshi bilish, fikrni oddiy va umumiy foydalanishdagi gaplar yordamida
ifodalash;
mavjud til tizimi (tovush, so‘z, gap) to‘g‘risida elementar (oddiy) tasavvurga ega bo‘lish;
so‘zdan tovushni, unli va undosh tovushlarni ajrata olish;
narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytish, bir-biri bilan solishtirib, ayrim farqlarini
tushunish;
o‘z nutqida uyushiq bo‘lakli, sodda, yoyiq va qo‘shma gaplarning turli xillaridan
foydalana olish;


o‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuza olish;
shaxsiy tajriba, mazmunli rasmlar asosida hikoya tuza olish;
gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuza olish;
surat (rasmlar) bo‘yicha mazmunli hikoya tuzish;
umumlashtiruvchi so‘zlar, antonimlar, solishtirmalardan foydalanish;
harakatlarni rejalashtirish uchun nutqdan foydalanish;
o‘z tuyg‘ulari va niyatlarini nutq yordamida ifodalab, tengdoshlari va katta yoshdagilar
bilan muloqotda ishtirok etish;
turli hikoyalarni so‘zlab berish, hikoyalarni o‘ylab topishga harakat qilish, qofiya va so‘z
o‘yiniga qiziqish bildirish;
kitoblar, teleko‘rsatuvlardan nutqning turli parchalarini yodlab olish va ishlatish.
282. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
musobaqa, munozara va boshqa tadbirlarni tashkil etish, savollar berish va bolani
to‘g‘ri javob berish yoki ko‘rsatmalarni bajarishga rag‘batlantirish;
bolaning yangi so‘zlardan foydalanish va ularning ma’nosini bilish istaklarini
rag‘batlantirish;
bolaga muntazam ravishda hikoyalar aytib turish, teatrga olib borish, bola bilan
taassurotlarini muhokama qilish;
rasmga qarab mazmunli hikoya tuzish, nutqni rivojlantirish bo‘yicha maxsus trening va
o‘yinlar o‘tkazishga yordam berish, qofiya va so‘z o‘yinlari, she’rlarni ifodali o‘qish, ertaklarni
aytib berish, shaxsiy hayotdan hikoya tuzishga ko‘maklashish;
bolani ijodiy dramatik, rol ijro etiladigan o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish.
283. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola bilan munosabatlarda samimiyat, do‘stonalik
va himoya etilganlik muhitini saqlab turish lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish