Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Sensomotorikani rivojlantirish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

3-§. Sensomotorikani rivojlantirish
264. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sezgi organlari yordamida o‘z
harakatlarini tartibga solishga qodirligi ularda sensomotorika rivojlanishining talabi
hisoblanadi.
265. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sensomotorika
rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
koptokni o‘z sherigiga turli dastlabki holatlardan irg‘itish, bir joyda turib yoki oldinga
harakatlanib, polga, yerga urish, uni bir yoki ikki qo‘li bilan ilib olish, bu jarayonda chapak
chalish va boshqa topshiriqlarni bajarish;
koptokni, qum solingan qopchani gorizontal va vertikal holatdagi mo‘ljalga 3-4 m
masofadan tashlash.
266. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolani koptoklar, qum solingan qopchalar bilan ta’minlash;
bolaning minoralar, shakllar qurishi, xamir, plastilin qorishi, rasm chizishi va bo‘yashi
mumkin bo‘lishi uchun unga turli materiallar va o‘yinchoqlardan foydalanish imkoniyatini
yaratish;
qalam va bo‘rchalarni berayotganda buyumlarni qanday chizish kerakligini og‘zaki
o‘rgatish.
267. Bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagi
talablarga rioya qilish lozim:
serharakat faoliyatni birmuncha xotirjam faoliyat va dam olish bilan uyg‘unlashtirish;
ichiga narsa solinadigan koptoklarning vazni 0,5-1 kg dan og‘ir bo‘lmasligiga e’tibor
qaratish;
mashqlarni bajarish vaqtida bolaning xavfsizligini ta’minlash.
4-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish
268. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zini parvarishlay olishlari va madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarini orttirishlari lozim.
269. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
kun davomida tanasi tozaligi, kiyimlari, sochlari, ust-boshi ozodaligini kuzatib turish;
to‘g‘ri, tartibli ovqatlanish, qoshiq, sanchqilardan foydalanish va ayni paytda stol
atrofida o‘tirganda gavdasini to‘g‘ri tutib turish;
mustaqil ravishda hojatxonadan foydalanish va gigiyena qoidalariga amal qilish;
mustaqil ravishda xonasini yig‘ishtirish va o‘yinchoqlarini o‘z joyiga terib qo‘yish;
to‘g‘ri ovqatlanishning muhimligini anglash;
salomatlik to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishning muhimligini tushunish;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini bilish.
270. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalarini tushuntirish;
sog‘lom turmush tarzining asoslari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;
gavdasini tutishini kuzatish, yassitovonlilikning oldini olish;
gigiyena va etika mavzularida sahna ko‘rinishi tashkil etilishiga ko‘maklashish;
sog‘liqni saqlash bo‘yicha turli vaziyatlar yaratish va hal qilish;
infeksiyalar nimaligi va ularning qanday yo‘llar bilan yuqishini tushuntirish;
nima uchun bolalikdanoq sog‘liqni saqlash to‘g‘risida qayg‘urish lozimligini
tushuntirish;
bolaning vanna, hojatxonadan mustaqil foydalanishiga ruxsat berish;
bolaga o‘yinchoqlarni yig‘ishi va tozalashi, uyquga tayyorlanishiga yordam berish;
noma’qul xatti-harakatlar (sigaret chekish, spirtli ichimlik iste’mol qilish) haqida so‘zlab
berish;
bolaning mustaqil ravishda ovqatlanishi, ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng stol ustidagi idish-
tovoqlarni yig‘ishtirishiga ruxsat berish.


271. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini
ta’minlash maqsadida ularning yashashi va harakatlanishi uchun jarohatlanish, jismoniy, aqliy
va ruhiy zo‘riqishning oldini oladigan qulay sharoitlarni yaratish lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish