Amaliy mashg’ulot pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida test topshiriqlarini tuza olish, test o‘tkazish jarayonining metodikasi. Topshiriqlar Topshiriq: fsmu texnologiyasi



Download 45,01 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi45,01 Kb.
#780317
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot kvalimetriya


AMALIY MASHG’ULOT
Pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida test topshiriqlarini tuza olish, test
o‘tkazish jarayonining metodikasi.

Topshiriqlar
1.Topshiriq: FSMU texnologiyasi


Savol:

Test o‘tkazish jarayonining metodikasi
haqida ma’lumot?


F-Fikringizni bayon eting

Talabalar tomonidan ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlarini aniqlashda foydalaniladigan nazorat turlaridan biri test topshiriqlari bo‘lib, ularni maqsadga muvofiq holda shakllantirish va o‘z o‘rnida foydalanish uchun mazkur jarayonning nazariy asoslarini bilish zarur.

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

Ta’lim-tarbiya jarayoni yaxlit sistema bo‘lib, uning tashkil etilishi, borishini nazorat qilish, olingan natijalarga muvofiq avvalo o‘qituvchining pedagogik faoliyatini tahlil etish, Reyting tizimiga muvofiq talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash va ularni korreksiyalash yo‘llarini
belgilashni taqoza etadi.

M-Ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring


Test topshiriqlari talabalar tomonidan to‘g‘ri javobni topish jarayonida muayyan bilish qiyinchiliklarini his etishi, muammoni hal etish maqsadida aqliy operatsiyalar: tahlil, sintez, qiyoslash,
umumlashtirish va xulosa yasash kabilarni bajarishi orqali ularda barkamollikka
zamin tayyorlaydigan sifatlar: iroda, ongli intizom, muayyan o‘quv muammolarini
hal etishga safarbarlik, chidamlilik, sabrtoqat, yutuqlarga erishish uchun bilimi va kuchini sarf etishi orqali shaxs sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

U- Fikringizni umumlashtiring

Har bir test topshirig‘i tegishli ta’lim turi bo‘yicha o‘quv rejadan o‘rin olgan o‘quv kurslari bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida tuzilishi shart. Integrativ testlar ham o‘zaro uzviy bog‘langan aloqador fanlar Davlat ta’lim
standarti va o‘quv dasturi mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilishi maqsadga
muvofiq.

2.Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering?
1. Test topshiriqlarining ta’limiy funksiyasi?
Test topshiriqlarining ta’limiy funksiyasi. Test topshiriqlari talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash barobarida, ularni o‘z bilimlarini orttirish maqsadida muntazam va tizimli fan asoslarini o‘rganishga undaydi.
2. Test topshiriqlarining tarbiyaviy funksiyasi?
Test topshiriqlarining tarbiyaviy funksiyasi. Test topshiriqlari talabalar tomonidan to‘g‘ri javobni topish jarayonida muayyan bilish qiyinchiliklarini his etishi, muammoni hal etish maqsadida aqliy operatsiyalar: tahlil, sintez, qiyoslash, umumlashtirish va xulosa yasash kabilarni bajarishi orqali ularda barkamollikka zamin tayyorlaydigan sifatlar: iroda, ongli intizom, muayyan o‘quv muammolarini hal etishga safarbarlik, chidamlilik, sabrtoqat, yutuqlarga erishish uchun bilimi va kuchini sarf etishi orqali shaxs sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
3. Reyting tizimi haqida ma’lumot?
Ta’lim-tarbiya jarayoni yaxlit sistema bo‘lib, uning tashkil etilishi, borishini nazorat qilish, olingan natijalarga muvofiq avvalo o‘qituvchining pedagogik faoliyatini tahlil etish, Reyting tizimiga muvofiq talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash va ularni korreksiyalash yo‘llarini belgilashni taqoza etadi. Talabalarning o‘quv rejadan o‘rin olgan kurslar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholashda nazorat turlaridan biri test topshiriqlari sanaladi.
3.Topshiriq.Mavzu yuzasidan asosiy quyidagi tushunchalarni “klaster”metodiga
soling?

1.Baholash mezonlari

2.Reyting nazorati

3.baholash turlari


Download 45,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish