natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun
asos bo’lib hisoblanadi. (2.1 rasm).
2.1. Rasm. Psixologiya fanining asosiy sohalari
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi
bilan mashg’ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning
maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm).
2.2.Rasm. Psixologiya fanining maxsus sohalari
Psixologiya
fanida
ilmiy
tadqiqotlaming
integratsiyalashuvi
va
differentsiatsiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan,
psixologiyaning jadal
rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga - psixologiya fanlari qator sohalarining,
19
shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi fanlararo
sohalaming yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab,
psixik jarayonlaming asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi
psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik
faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar
bilan uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning
alohida sohasi bo’lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi
masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi
psixik jarayonlaming
izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi),
neyropsixologiya (psixik jarayonlaming bosh miya ma’lum
tuzilmalari bilan
aloqasini o’rganuvchi) va psixokorrektsiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi
hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik
rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o’rganish
predmeti - psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet
mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat
jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi),
boshqaruvning
avtomatlashtirilgan
tizimlarini
loyihalash
va
ulami
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi
(«inson - qurilma» tizimida inson faoliyatini
o’rganuvchi mehnat
psixologiyasining bo’limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida
psixik faoliyatning xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada
inson faoliyati va shaxslararo munosabatlaming shakllanish qonuniyatlarini
tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o’rganish predmeti - odam va hayvon
psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi
mustaqil bo’limlarga shakllandilar.
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat
psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya,
san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish
psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf
psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo’yicha faoliyat maqsadiga ko’ra tafovut muhim ahamiyat kasb
etadi (yangi bilimlarga ega bo’lish va ulami qo’llash): asosiy va amaliy fanlar;
tadqiq etish predmetiga ko’ra - rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs
psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga
20
kelgan fanlar
sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya
va boshqalami keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari
bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi,
sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Turli mualliflar psixologiyaning lOOdan ortiq sohalarini sanab o’tadilar.
Lekin aslida hozirgi kunda ulaming soni bundan oshib ketgan.
SHuningdek, psixologiyaning maxsus bo’lim va yo’nalishlari bam mavjud:
differentsial psixologiya (odamlar o’rtasidagi individual tafovutlami o’rganadi),
qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy
va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi
(gerontopsixologiya),
aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo’lib bormoqda, oxirgi
yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya,
tahdid va terrorizm psixologiyasi,
xristianlik psixologiyasi, muloqot
psixologiyasi,
davriy
psixologiya,
biokonstitutsion
psixologiya,
«buyukshunoslik» psixologiyasi, o’sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi,
kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi,
psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko’zi ojiz kar-
soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish
psixologiyasi, tushlar va tush ko’rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi,
inqirozli va xavfli
vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir
psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik
psixologiyasi, o’quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-
atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat
muloqoti psixologiyasi, o’qituvchi psixologiyasi, tashqi ko’rinish psixologiyasi,
oliy
maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi,
OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi,
din psixologiyasi, tomalogiya, qo’rquv psixologiyasi, o’lim psixologiyasi,
muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki,
bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslami ifodalovchi umuman kutilmagan so’z
birikmalari
yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli
qog’ozlar egasi, narx-navo, so’roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori,
kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati,
muloqot, ishoratlar,
hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati,
o’qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o’yini, baxtsizlik, hissiy
munosabatlar,
ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga
tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o’tkazish, ishdan bo’shatish, bolalar
ijodiyoti, tarbiyasi og’ir o’smirlar, aqli zaif o’quvchi, bayram, tabassum,
21