Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra,
uning falsafa bilan
aloqasi
yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va
rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi
sifatida namoyon bo’ldi.
Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan
muammolaming murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning
ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal
etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda
ular falsafiy-idrok orqali
ko’rish bilan hal etiladi.
Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va
ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik
muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy
muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha
laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan,
lekin hal etilishi zarur
bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat
qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan
xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy
falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib
chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning
shaxsga
va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning
metodologik muammolarini kiritish mumkin.
Yaqin yillardan beri fanda faylasuflaming ishtirokisiz psixologlaming
mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni,
ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq
muhokama etila boshladi. Faylasuflaming o’zlari ham bu muammolami
psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya
fanida yetarli darajada
o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari
mumkin emas.
Yana shunday muammolar mavjudki, ulami hal etishda psixologlar va
faylasuflaming hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq
natijalar berdi. Bu, awalo, epistemologiya - atrof-olamning
inson tomonidan
o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini
belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje
tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (SHveytsariya,
Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va
bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi.
Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar
samarali ish olib bormoqdalar.
26
Sotsiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va
guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolami ishlab chiqishda
ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy
psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlami o’rganish metodlarini
o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlami
to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan
keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish
kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga
qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar
nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sotsiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu
ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina
muammolar
mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy
psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va
boshqalar kiradi. SHuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish
va ijtimoiy
ko’rsatmalar, ulami shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham
kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib,
boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari
alohida
e’tiborga
loyiq.
O’zida
zarur
tajribani jamlagan insonni
ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar,
sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot,
radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega,
Ijtimoiylashtirishning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi zamonaviy
tasavvurlar asosidagi ijtimoiy ta’lim nazariyasiga ko’ra,
insonning bulq-atvori
uning turli ijtimoiy vaziyatlarda turli odamlar bilan muloqoti, o’zaro
ta’sirlashuvi va hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, boshqa odamlarai kuzatish,
ularga taqlid qilish, hayotiy misollarda ta’lim va tarbiya topish natijasi bo’lib
hisoblanadi.
Xususiy bo’lsada,
Do'stlaringiz bilan baham: