Restoran biznesi fanining maqsad va vazifalari. Reja: 1.Restoran servisini tashkil qilish» fanining maqsadi. 2.Umumiy ovqatlanish korxonalarida restoranlarning tutgan o’rni. Restoran servisini tashkil qilish» fanining maqsadi. - «Ресторан сервисини ташкил этиш» фани турли тоифадаги умумий овқатланиш корхоналарида хизмат кўрсатишнинг маълум стандартларига мувофиқ бошқариш ва ташкил этиш масалаларини кўриб чиқади. Курснинг мақсади умумий овқатланиш корхоналарини бошқарувнинг усуллари ва асосий талабларини шакллантиришдан иборатдир. Ушбу фан бўйича умумий овқатланиш ташкилотларини бошқаришнинг мақсад ва вазифалари, ташкилотни бошқариш вазифалари ва тамойиллари, ташкилотларнинг асосий турлари, уларнинг таснифланиши, ҳамда хорижий ресторан ташкилотлари ҳақида тасаввурга эга бўлиш мумкин.
Fanni o‘qitishdan maqsad - bakalavrlarga turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatishda restoran xizmatlarini tashkil qilish va usullarini o‘rgatish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlantirish korxonalarining turlari va vazifalari, umumiy ovqatlantirish korxonalari bozorida restoran xizmatlarining o‘rni to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi.
Vazifalari: - Umumiy ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishi;
- Restoranlar va umumiy ovqatlantirish korxonalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi;
- Turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida;
- Restoran boshqaruvida kadrlarni tanlash va joylashtirishni tashkil etish;
- Restoranda xizmat qiluvchi xodimlarning vazifalari;
- Restoran xo‘jaligida sanitariya-gigiyenik talablarni tashkil etish;
- Restoranda taomnoma va uni tuzish tartibi;
- Restoran xizmatlarida texnologik jarayonlar tavsifi;
Restoran o‘zi nima? - Restoran — oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlaridan keng assortimentda murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega boʻlgan taomlarni, shu jumladan buyurtma boʻyicha tayyorlanadigan taomlarni, ekzotik taomlarni, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, keng assortimentda alkogolli, issiq va sovuq ichimliklarni, sotib olingan mahsulotlarni, shu jumladan tamaki mahsulotlarini istemolchilarga taklif qiladigan korxona. Restoranlarda tushliklar va kechqurungi nonushta tashkil etiladi.[1][2][3]
- Restoran murakkab tarzda tayyorlangan taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan umumiy ovqatlantirish korxonasidir. Bular ichiga buyurtma va firma taomlari, vino-aroqlar, tamaki va qandolat mahsulotlari kiradi. Mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat qilinadi.
- Restoranlar bir-biridan tayyorlab beriladigab taomlar assortimenti va joylashgan joyi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |