O’QUVCHINING KASBGA MOYILLIGINI O’RGANISH. Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni o’quvchilarning kasbga moyilliklarini o’rganish metodlari bilan tanishtirish. Kasbga moyillikni o’rganish jarayonida keng qo’llaniladigan, Klimov Ye. tomonidan taklif qilingan kasblar klassifikatsiyasining («Inson-inson», «Inson-tabiat», «Inson-texnika», «Inson-belgilar tizimi», «Inson-badiiy obraz») mohiyatini tushuntirish. «Differentsial-diagnostik so’rovnoma»ni o’tkazish va olingan natijalarni tahlil qilish.
JIHOZ: «Differentsial-diagnostik so’rovnoma» matni va javoblar varaqasi.
O’quvchining kasbga moyilligini o’rganish uchun Ye.A.Klimov tomonidan taklif etilgan «Differentsial -diagnostik so’rovnoma» (DDS) qo’llaniladi.
Kasb tanlash, kasbga yo’llash ishlari bilan uzoq yillar davomida shug’ullanib kelgan atoqli psixolog olim Ye.A.Klimov kasblarning besh asosiy tipini farqlaydi:
Odam - Tabiat (qishloq xo’jaligi, agronom, biolog, veterinar, zoolog, geolog, ximik va sh.k.);
Odam - Texnika (texnik - texnolog, quruvchi, elektrik, mexanik, mashinasoz, texnik va sh.k.);