miyaga kelgan so’zlami iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga
kelgan tasawurlar rag’bat-so’z va sinaluvchining javobi o’rtasidagi bir xil
tasavvurlaming turi, qaytarilishi, vaqtiga ko’ra qayd etiladi.
S.L. Rubinshteyn tajribaning to’rt xil o’ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan
edi. Birinchidan, tajribada kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan
kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan hodisani yuzaga
keltiradi.
Ikkinchidan, tadqiqotchi o’rganilayotgan jarayonning kechishi va
ifodalanishi sharoitlarini o’zgartirishi mumkin. Uchinchidan, tajribada
o’rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalami o’matish
maqsadida, alohida sharoitlami o’zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud.
Va, nihoyat, to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik
qayta ishlanishini qo’llagan holda sharoitlaming
miqdoriy nisbatlarini ham
o’zgartirishi mumkin.
Tajriba metodining muhim afealligi
shundan iboratki, bunda tadqiqotchi
sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini
kutib o’tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlami o’zi yaratganligi
uchun bu sharoitlami, hamda, ulaming sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham
to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi.
Sharoitlaming tadqiqotchi
tomonidan yaratilishi ulami bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday
takrorlash, bir tomondan, olingan natijalaming ob’ektiv tasdiqlanishi bo’lib
xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ulami miqdoriy
baholash imkoniyatlarini ochib beradi.
Shu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo’llashdagi maxsus
yaratilgan sharoitlar o’rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan
chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo’rquv, o’zining
ijobiy tomonlarini ko’rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o’z
navbatida olingan ma’lumotlaming buzib ko’rsatilishiga olib keladi.
Keyingi
yillarda
psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari
keng
ko’lamda olib borilmoqda.
Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash,
aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning
holatlari, xususiyatlarini
baholash yoki aniqlash maqsadida qo’llaniladigan test sinovlari ham kiradi.
Test
deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo’yicha chegaralangan,
miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlami o’matish uchun
mo’ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida
odamlami o’zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o’rganish,
ular psixologiyasi
va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o’zini tutishini
belgilovchi qat’iy qoida bo’yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo’lgan vazifalar
to’rlamidan iborat. Testlaming bajarilishi javoblaming to’g’riligi mezoni
36
bo’yicha baholanadi. To’g’ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab
qo’yilgan. Testning rag’bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda
qabul qilinishi kerak.
Testlarga berilgan javoblami ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki,
olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko’rsatkichlari,
masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so’nggi
natijalari test ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topadi. Ulaming tashhislashdagi
ahamiyati, odatda, ko’p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo’li bilan
olingan ko’rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.
Testlar bir necha mezonlarga ko’ra tasniflanadi. Maqsadga ko’ra, tanlash,
ajratish, tasniflash teslariga bo’linadi. Mazmuniga ko’ra: a) umumiy qobiliyatlar
uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga
erishish testlari, mezonli-yo’naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko’ra testlar
individual va guruhli bo’lib, quyidagi turlarga bo’linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalaming shakliga ko’ra);
- blankli testlar («qalam va qog’ozli») -
sinaluvchiga taqdim etilish
shakliga ko’ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to’rt turga bo’linadi: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: