6-mavzu: Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari. Reja: Biotsenoz haqida tushuncha. Uning tuzilmalari va xususiyatlari



Download 11,69 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi11,69 Kb.
#768567
  1   2   3
Bog'liq
6-mavzu


6-mavzu:Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari.
Reja:
1.Biotsenoz haqida tushuncha. Uning tuzilmalari va xususiyatlari.
2.Biogeotsenoz haqida tushuncha. Uning tuzilmalari va xususiyatlari.
3.Ekotizmlar haqida tushuncha. Uning tuzilmalari va xususiyatlari.
Tirik organizmlarning bir - birlariga o’zaro tasiri muhitning biotik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil qiladi. Har bir tur normal hayot kechirish uchun u yakka holda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi.
Demak, «biotsenoz» (lotincha «bios» - hayot, «tsenoz» umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Bu termin nemis biologi Mebius (1877 y) tamonidan berilgan. Agarda bir qancha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa - fitotsenoz (o’simliklar jamoasi), agar bir qancha tur hayvonlar birgalikda qavm bo’lib yashashiga - zootsenoz (hayvonlar jamoasi)deyiladi.
Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin: Oddiy lishaynik dungligidan tortib to o’rmon, dasht, cho’l kabi yirik landshaftlarni; daraxt tanasi, botqoqliklardagi moxlardan iborat dungliklar, chumoli uyasi va boshqa uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar ishlatiladi. Biotsenoz egallab turgan muhit - biotop deyiladi, biotop - biotsenozning yashash muhitidir. «Bios» - hayot; «topos» - shash joyi demakdir.. Biotsenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi.
Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenodagi turlarning xilma - xilligi, miqdori, ularning fenologik holati va hakazo etiborga olinadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi - jamoaning shakllanishi davrida bu erdagi turlar har xil holatda joy oladilar. Ayrim turlar - tuproqda, uning yuzasida, suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit), barglarida (epifil) yopishib yashashi mumkin, tarqalishi mumkin. Buning natijasida fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandlikda qavatma - qavat joylanishi tushuniladi. Gidrofit jamoalarida qavatlilik suv yuzasi, suv qatlami va er ostidagi suv zamin kabi ko’rinishlarga ajratiladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik o’rmonlardagi biotsenozlar turlarga boy bo’lsa, qurg’oqchil va sovuq joylardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to’yinganligi deyiladi. Yuqorida takidlaganidek, o’simlik jamoasi deyilganda bir xildagi muayyan uchastkalarda guruh bo’lib yashayotgan tuban va yuksak o’simliklar yig’indisi tushuniladi. Har qanday o’simliklar jamoasi ham turlar tarkibi, turlar o’rtasidagi o’zaro sifat va miqdor munosabatlari, qavatlilik, gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot shakllarining xilma-xilligi, yashash joyi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi va bir - biridan farqlanadi.
Fitotsenozni tashkil qilishda o’simliklar orasida son jihatdan ko’pchilikni tashkil qiluvchi yoki ko’zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur dominant (xukmron) tur deyiladi. Demak, ular miqdor jixatdan ko’p uchraydi. Ular asosan organik massa to’plovchi hamda fitotsenozning fonini va xarakterini belgilaydi. Masalan: qarag’ayzor o’rmonlardagi oddiy qarag’ayni, O’rta Osiyo tog’larining archazorlaridagi archaning bir necha turlarini, saksovulli cho’llarida esa saksovul va boshqa o’simliklarni ko’rish mumkin.
Edifikator turlar esa - jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo’lib, fitotsenozning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistonning qumli cho’llarida daraxt ko’rinishidagi edifikator tur - oq saksauldir.
Dominant turlarga nisbatan kamroq uchraydigan, ammo fitotsenozda malum ahamiyatga ega bo’lgan turlar - subdominant turlar deb ataladi.

Download 11,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish