Biotsenozning ekologik tuzilmasi turli biotsenozlar tirik organizmlarining malum ekologik guruhlari nisbati bilan tavsiflanib, bu uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi. O’xshash ekologik tuzilmaga ega bo’lgan biotsenozlar har xil turlar tarkibiga ega bo’lishi mumkin. Chunki u yoki bu ekologik o’rni, ekologiyasi o’xshash turlar tamonidan egallangan bo’lib, gurlari qarindoshlik nuqtai nazardan yaqin emas, balki ular biotsenozlarda bir xil funktsiyalarni bajaruvchi vikar turlar deyiladi. Tabiatda ekologik vikarlik keng tarqalgan. Biotsenozning ekologik tuzilmasi malum iqlim va landshaft sharoitlarida qonuniy ravishda shakllanadi. Masalan, turli mintaqalardagi biotsenozlarda fitofaglar bilan saprofaglar nisbati qonuniy
ravishda o’zgaradi. Biotsenozning ekologik tuzilmasi kam jamoalardagi o’simlik va hayvonlarning biror - bir abiotik omilga qarab ekologik guruhlar nisbatini ham bildiradi. Shunday qilib, biron - bir ekologik guruhlar vakillarining ishtiroki va ko’p bo’lishi ushbu biotopning malum darajada fizik - kimyoviy xususiyatlarini tavsiflab beradi.
Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir - biriga tasir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga e k o l o g i k t i z i m deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo’la oladi. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tamonidan kiritilgan. Ekotizim kontseptsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeotsenoz talimoti ham muvaffaqiyatli rivojlanib bordi.
Biogeotsenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif qilgan. («bios» - hayot, «geo» - er, «tsenoz» -umumiy yoki jamoa) manosini beradi. Ko’pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo bazi bir tomonlari bilan farqlanadi:
Biogeotsenozning asosiy komponentlari - atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlar) - biotsenoz deb atalib, muhit esa - ekotop deyiladi. Ekotop o’z navbatida klimatop (atmosfera) va edafatop (tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, yani kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin. Botqoqlikdagi do’nglik, o’rmondagi to’nka, biror hayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga misol bo’lsa, o’rmon, dasht, cho’l, o’tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenoega misol bo’la oladi. A.Tensli tarificha - ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgantirik va jonsiz komnonentlarning cheksiz barqaror tizimi hisoblanadi. Demak, ekotizim - mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvaqdagi o’simlik, kosmik kema, biosfera va hakazolar.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday biogeotsenoz o’z navbatida ekotizim bo’la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi.
Ekotizimlarda moddalar aylanishini taminlash uchun malum miqdorda zarur anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi kerak.
Bular: produtsent - hosil qiluvchilar konsumentlar - istemol qiluvchilar redutsentlar -parchalovchilar.
1. Produtsentlar - yashil o’simliklar – bo’lib, ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moldalarni sintez qilib, yorug’lik energiyasini bog’langan kimyoviy energiya sifatida to’playdi.
2. Konsumentlar – bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o’simliklar tamonidan to’plangan organik moddani istemol qiluvchilar hisoblanadi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o’txo’r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlarning ko’pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilardir. Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o’txo’r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, ko’y, echki va qoramollar kiradi.
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o’txo’r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo’r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo’lshi mumkin. Zamburug’lar biotsenozda turlicha rol o’ynaydi. Ular orasida o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r holda yashovchi va ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilar bo’lib, ular
Do'stlaringiz bilan baham: |