МуғаллиМ ҳәМ үзликсиз билиМлендириў
22
Yasovchi vositalarni esa –day, -cha, -chi, -ov kabi affiks va alla- prefiksi tashkil qiladi.
Boshqa so‘z turkumlariga qo‘shilmaydigan alla- prefiksi haqida A.G‘ulomov, A.Tixonov,
R.Qo‘ng‘urovlarning 1977-yildagi “O‘zbek tilining morfem lug‘ati”da: “alla-so‘roq
olmoshlari oldidan qo‘shilib gumon olmoshini hosil qiladi: alla/kim, alla/qayer, alla/qachon,
alla/nima, alla/nechuk” deb keltirib o‘tilgan . Bunga asosan alla- prefiksi otdan, olmoshdan
oldin qo‘shilib gumon olmoshlarini yasovchi qo‘shimcha ekan, degan fikrga kelishimiz
mumkin.
Falon olmoshi arab tilidan o‘zlashgan gumon olmoshi bo‘lib , shunday, shunday bir degan
ma’noda, shaxs yoki voqea-hodisa, ular haqidagi biror xususiyat, belgini bildiruvchi so‘zlar
o‘rnida ishlatiladi: falon kishi, falon narsa, falon joy va h.k. Shu bilan birga –cha affiksini
olib ravish o‘rnida ishlatiluvchi holat yoki miqdorga nisbatan noaniqlikni ifodalovchi gumon
olmoshini, -chi affiksini qabul qilib esa shaxsga nisbatan noaniqlikni ifodalab ot o‘rnida
qo‘llanadigan gumon olmoshlarini hosil qiladi.
Birov so‘zi –ov affiksini bir soniga qo‘shilishidan hosil qilingan son turkumiga xos
jamlovchi so‘z hisoblansa ham, deyarli hamma vaqt noaniq shaxsni bildiradi. Shuning
uchun bu so‘z gumon olmoshi sifatida qo‘llanadi. Chunki –ov jamlovchi qo‘shimcha songa
yuklashi lozim bo‘lgan lug‘aviy shakl ma’nosi xiralashib, noaniqlik, gumon ma’nosi yuzaga
chiqqan. Birov so‘zi ko‘pincha begona, boshqa, notanish, kimdir degan ma’noni ifodalaydi:
Birov eshikni taqqillatdi yoki Kimdir eshikni taqillatdi.
-dir qo‘shimchasini so‘roq olmoshlariga qo‘shish orqali ham gumon olmoshlari hosil
qilinadi. Bunda -dir qo‘shimchasi ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalaridan so‘ng
qo‘shilib keladi:
a) kim, nima olmoshlariga qo‘shilib, noaniq shaxs yoki narsani ko‘rsatadi: Shu payt
kimningdir dodlagan tovushi eshitildi;
b) qanday so‘ziga qo‘shilib, noaniq belgini ifodalaydi. Ko‘pincha bu xildagi gumon
olmoshi belgini ifodalovchi so‘zlar oldida keladi: Ko‘chamizda qanday-dir notanish ovozlar
eshitildi;
d) qayer, qayoq so‘zlariga qo‘shilib, o‘ringa nisbatan noaniqlikni ko‘rsatadi. Bunda
o‘rin-payt, jo‘nalish, chiqish kelishiklari affiksining birini albatta qabul qiladi:.U qo‘li bilan
qayoqnidir ko‘rsatdi.
d) qachon, nega so‘zi –dir yordamchisini olib, payt va sababga nisbatan noaniqlikni
bildiradi: Shiypon qachondir bir bo‘yalgan ekan. (A. Q.) Ba’zan qachon so‘zi va -dir
yordamchisi orasida -lar affiksi ishlatilib, uzoq vaqt ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir yaxshi
kun kelishiga ishonar edim. (S. Ahm.)
Kompozitsiya usulda olmosh yasalishi. Birdan ortiq o’zakni (mustaqil ma’noli morfemani)
qo’shish orqali yangi so’z yasalishi kompozitsiya usuli deyiladi . Bu usul bilan o‘zbek tilida
ayrim qo‘shma olmoshlar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: