Qo‘shma olmoshlar
Hech (bo‘lishsizlik olmoshi)
kim (so‘roq olmoshi)
hech kim
(bo‘lishsizlik olmoshi)
narsa (ot)
hech narsa
(bo‘lishsizlik olmoshi)
qachon (so‘roq olmoshi)
hech qachon
(bo‘lishsizlik olmoshi)
qaysi (so‘roq olmoshi)
hech qaysi
(bo‘lishsizlik olmoshi)
bir (son)
hech bir
(bo‘lishsizlik olmoshi)
qanday (so‘r.olmoshi)
hech qanday
(bo‘lishsizlik olmoshi)
vaqt (ot)
hech vaqt
(bo‘lishsizlik olmoshi)
qayer (so‘roq olmoshi)
hech qayer
(bo‘lishsizlik olmoshi)
mahal (ot)
hech mahal
(bo‘lishsizlik olmoshi)
МуғаллиМ ҳәМ үзликсиз билиМлендириў
23
Bir (olmoshlashgan son)
necha (so‘roq olmoshi)
bir necha
(gumon olmoshi)
nima (so‘roq olmoshi)
bir nima
(gumon olmoshi)
narsa (ot)
bir narsa
(gumon olmoshi)
Nima (so‘r.olmoshi)
qiladi (fe’l)
Nima qiladi?
(so‘roq olmoshi)
Kim (so‘r. olmoshi)
Ersa (shart mayl. fe’l)
kimarsa→kimsa
(gumon olmoshi)
Ma’lumki, so‘zlar birikib yangi lug‘aviy ma’no kasb etsa, u yasama qo‘shma so‘z
deb ataladi. Yuqoridagi jadvalda ham ana shunday so‘zlar berilgan.
Hech bo‘lishsizlik olmoshi olmosh, son, ot turkumidagi so‘zlar bilan birikib keladi:
1) hech kim, hech nima, hech narsa, hech kimsa olmoshlari shaxs va narsaga
nisbatan inkorni ifodalaydi va egalik, kelishik qo‘shimchalarini olib, gapda otlar
kabi vazifa bajarib keladi: Uyda hech kimsa ko‘rinmas edi.
2) hech qaysi, hech qanday, hech bir olmoshlari narsaning belgisiga nisbatan inkor
ifodalaydi: Hech qaysi ish o‘z vaqtida bajarilgan ishdan barakali bo‘lmaydi.
Bu olmoshlar otlashib qo‘llanishi ham mumkin: Bularning hech qaysisi hozirgi
sharoitni tushun-maydi.
3) hech qachon, hech vaqt, hech qayer olmoshi payt va o‘ringa nisbatan inkor
ma’nosini bildiradi va gapda ravish o‘rnida qo‘llanadi: Qalandarov hech qachon
bunaqa mehmonni kutgan emas edi. (A.Q.)
Bir so‘ziga so‘roq olmoshlari va narsa so‘zi birikib ham gumon olmoshlarini hosil
qiladi. Bunda son+olmosh, son+ot shaklidagi qo‘shma va yasama olmoshlar hosil bo‘ladi.
Kim so‘roq olmoshi esa ersa shart maylidagi fe’l bilan birikib kimarsa, kimsa deb
ataluvchi gumon olmoshini yasagan.
Yuqoridagilarning fikrlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. O‘zbek tilidagi olmoshlar ham boshqa mustaqil so‘z turkumlari singari o‘z
yasalish tizimiga ega.
2. Olmoshlar 3 xil: semantik, kompozitsiya va affiksatsiya usullari bilan yasaladi.
3. Ot va sifat turkumlaridagi ayrim so‘zlar kishilik olmoshlariga ko‘chib semantik
usulda kishilik olmoshlari yasalgan.
4. Affiksatsiya usuli bilan yasalgan olmoshlarda yasovchi vosita bo‘lib –day, -cha,
-chi, -ov, alla- qo‘shimchalari hisoblanadi. Bu qo‘shimchalar yordamida ayrim
son, so‘roq, gumon olmoshlaridan yangi olmoshlari yasalgan va bu olmoshlar
yasashga asos qism bo‘lgan o‘zakka yaqinroq, ammo farq qiluvchi ma’no kasb
etadi.
5. Ot, son, fe’l, olmoshlarning ayrimlari olmosh+fe’l, son+ot, son+olmosh,
olmosh+olmosh, olmosh+ot, olmosh+son formasida birikib yasama qo‘shma
olmoshlarni hosil qiladi.
Adabiyotlar:
1. O’zbek tili grammatikasi. 1-tom, O’zbekiston “Fan” nashriyoti, Toshkent, 1975-yil.
2. Q.Sapayev, Hozirgi o’zbek tili, Toshkent, 2009-yil.
3. M.Asqarova, X.Abdurahmonov, O’zbek tili grammatikasining praktikumi, Toshkent, 1981-yil.
4. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili (1-qism), Toshkent, 1980-yil.
5. G.N.Zikrillayev, O’zbek tili morfologiyasi, Toshkent, 1994-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |