81
buning uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qo‗shimcha texnik
shartlar olishga majburdir.
22. Elektr qurilmalari iste‘molchilarning
elektr tarmoqlaridan quvvat
oladigan subiste‘molchilar texnik shartlarni, hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining ruxsati bilan, iste‘molchilardan oladilar va loyiha hujjatlarini
iste‘molchi bilan kelishadilar.
Agar subiste‘molchining yuklamasi ortishi sababli iste‘molchining tashqi
elektr ta‘minoti sxemasini o‗zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
bilan tuzilgan elektr ta‘minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va
Yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko‗paytirish talab etilsa, iste‘molchi
yuklamani ko‗paytirishga texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan
oladi.
23. Ob‘ektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlarida
quyidagilar ko‗rsatiladi:
ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasi uzatish
liniyasi), ob‘ektni ta‘minlovchi havo va kabel liniyalari bajarilishi kerak bo‗lgan
kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta‘minoti sxemasi
variantlarini ishlab chiqish zaruriyati ko‗rsatiladi;
Yangi iste‘molchi ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo‗yicha
asoslangan talablar (simlar
kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini
almashtirish yoki ko‗paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);
qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika,
aloqa, izolyatsiya va o‗ta kuchlanishdan himoyaga qo‗yiladigan talablar;
reaktiv quvvat o‗rnini to‗ldirishga qo‗yiladigan talablar;
elektr energiyasini hisobga olishga qo‗yiladigan talablar;
davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashti-ruvchi
qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi priborlarning o‗rnatilishiga
qo‗yiladigan talablar;
iste‘molchi yuklamasining sutkalik jadvalini tartibga solish bo‗yicha talablar;
elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo‗llash bo‗yicha tavsiyalar;
hududiy elektr tarmoqlarining ta‘minlovchi
liniyalariga ulanadigan
iste‘molchilar elektr qurilmalariga qo‗yiladigan o‗ziga xos talablar (zaxira energiya
manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi,
ta‘minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo‗l qo‗yilishi, yagona elektr
energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo‗lganda bunday tok qabul
qilgichlarning elektr ta‘minotini saqlash maqsadida ayrim zaxiralanuvchi
ta‘minlovchi liniyalarga mas‘ul yuklamalarni ajratish va shu kabilar);
82
korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalari-ni
ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‗yicha loyiha echimlarini ishlab chiqish
to‗g‗risidagi talablar;
iste‘molchi tarmog‗iga ulanadigan subiste‘molchilar ro‗yxati (ularning
yuklamalari va elektr energiyasi iste‘moli to‗g‗risidagi
asosiy istiqbol
ma‘lumotlarini ko‗rsatgan holda);
texnik shartlarning, ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me‘yorlarini
hisobga olgan holda belgilangan amal qilish muddati.
24. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab
chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta‘minoti
loyihalari (ishchi loyihalari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va
«O‗zdavenergonazorat» DI bilan kelishilishi kerak, iste‘molchilarni 10 kVt
gacha quvvatli elektr ta‘minoti loyihalari bundan mustasno.
25. Iste‘molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‗liq Yangi elektr
qurilmalarini va elektr tarmog‗i xo‗jaligining ob‘ektlarini loyihalash va
qurish, ishlab turganlarini kengaytirish
va rekonstruktsiya qilish
iste‘molchilarning mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi.
26. Iste‘molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo‗lsa, hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining talabi bo‗yicha o‗z elektr tarmoqlariga boshqa elektr energiyasi
iste‘molchilarining elektr qurilmalarini ulashi shart.
III
Do'stlaringiz bilan baham: