86
ko‗p funksiyali elektron hisobga olish priborlari bilan ta‘minlangan bo‗lishlari
kerak.
40. Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlari ko‗rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining
ta‘sirini
mumkin
qadar
kamaytirgan
holda
axborotlardan
ruxsatsiz
foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta‘minlangan bo‗lishi lozim.
41. Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan
elektron hisobga olish
priborlari bo‗lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr
tarmoqlariga hamda iste‘molchilar va subiste‘molchilarning elektr tarmoqlariga
ulanish taqiqlanadi.
42. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste‘molchilar elektr ta‘minoti-ning bitta
manbaidan ta‘minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi
uchun alohida o‗rnatilishi lozim.
43. Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va
energiyani o‗lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda
iste‘molni hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan hisobga
olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o‗rnatiladi va Elektr uskunalarining
tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Hisobga olish priborlari, o‗lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu
jumladan aloqa liniyalari, Iste‘molni hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun
hisobga olish priborlari va tizimlari o‗z balansida bo‗lgan korxona javob beradi.
Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr
energiyasi sarfining
belgilangan me‘yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari
alohida sexlarda, ko‗p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologik
liniyalarida, binolarda, alohida ob‘ektlarda o‗rnatiladi.
44. Ko‗p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish
maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan
joylarda o‗rnatiladi.
Har bir xonadonga o‗rnatishdan tashqari,
uy-joylarda uyning umumiy
ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar)
uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‗yicha hisob-kitob qilish uchun
hisobga olish priborlari o‗rnatiladi.
45. Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan
iste‘molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‗ljallangan elektr energiyasi va
quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste‘molchining mablag‗lari hisobiga
sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o‗tkaziladi va o‗rnatiladi hamda hududiy
87
elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan ro‗yxatdan o‗tkaziladi va
plombalanadi.
46. Hisobga olish (tok va kuchlanishni o‗lchash transformatorlarining ishdan
chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining
shikastlanishi va ularning yo‗qolishi) iste‘molchining aybi bilan buzilgan taqdirda
hisobga olish
priborlarini almashtirish, ta‘mirlash, davlat qiyoslashidan o‗tkazish
va o‗rnatish, shu jumladan ulash bo‗yicha hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining xizmatlariga haq to‗lash iste‘molchining mablag‗lari hisobiga
amalga oshiriladi.
47. Iste‘molchi o‗lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz
ekspluatatsiya qilinishini hamda o‗z balansida bo‗lgan va o‗zi foydalana-
digan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini ta‘minlashi shart.
SHartnoma bo‗yicha elektr energiyasidan maishiy iste‘mol uchun foydalanuv-
chi iste‘molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko‗rgan taqdirda,
elektr
tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish
priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta‘minlash majburiyati
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi, ushbu Qoidalarda
belgilangan
holatlar bundan mustasno.
48. Hisobga olish priborlarida:
kojuxlar mahkamlangan joyida, to‗lov hisoblagichlari bilan birgalikda
foydalaniladigan o‗lchov transformatorlarida esa — alohida ajratilgan joylarda
«O‗zstandart» agentligining yoki uning hududiy bo‗linmasining belgilangan
namunadagi plombasi bo‗lishi kerak;
hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov
bloklarida, o‗tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi
o‗lchov transformatorlari simlarida — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning
(yoki uning vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo‗lishi
kerak.
Hisobga olish priborlarini va o‗lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan
qiyoslashdan o‗tkazish «O‗zstandart» agentligi tomonidan belgilangan
muddatlarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
vakili bilan birgalikda
iste‘molchining mablag‗lari hisobiga amalga oshirilishi kerak.
49. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o‗zida tegishli amal qilish
muddati ko‗rsatilgan, o‗z nomi yozilgan guvohnomasi bo‗lgan taqdirda, sutkaning
istalgan vaqtida, priborning ko‗rsatkichlarini yozib olish va ko‗rikdan
o‗tkazish uchun iste‘molchilarning (maishiy iste‘molchilardan tashqari) elektr
energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to‗sqinliksiz borib ko‗rish
huquqiga ega.
50. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‗lchov
88
transformatorlarini boshqa joyga o‗rnatish va almashtirish faqat hududiy elektr
tarmoqlari korxonasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
51. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‗zgartirish yoki uning buzilishi
bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday ishlarni bajarish uchun iste‘molchi, ishlarni
boshlashdan oldin, bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma
ravishda xabardor qilishi shart. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan
vaqtinchalik sxemalar
yoki hisob-kitoblar bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: