Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


IV. Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati yuzasidan



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

IV. Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati yuzasidan 
tomonlarning javobgarligi 
34. Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat 
ko‗rsatilishi yuzasidan iste‘molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari
korxonasi o‗rtasidagi javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans
bo‗yicha mansubligi bilan belgilanadi va bu elektr ta‘minoti shartnomasiga
ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo‗yicha mansubligini va
tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo‗yicha javobgarligini chegaralash 
dalolatnomasida qayd etiladi. 
Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko‗rsatish chegaralarini va ularning 
holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasining va iste‘molchining vakillari tomonidan imzolanadi. 
1000 Volt va undan Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va 
ularga xizmat ko‗rsatish yuzasidan javobgarlik chegaralari: 
yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan elektr uzatish havo 
liniyasining o‗tish izolyatori ulanmasida va simning ochiq taqsimlash
qurilmalari izolyatorlari portal tortiladigan shodasining taranglovchi qisgichidan 
chiqishda; 
elektr uzatishning ta‘minlovchi yoki chiquvchi liniyalarini kabelli yoki havodagi 
kirish simlari ulanish uchliklarida belgilanadi. Bunda oldingi jumlada keltirilgan 
ulanmalarning holati uchun podstansiyani ekspluatatsiya qiluvchi korxona javob 
beradi. 
Turli tashkilotlarga tegishli, (yopiq yoki ajratgichlar orqali) tarmoqlangan 
simlarga ega bo‗lgan 1000 Volt va undan Yuqori kuchlanishli elektr uzatish 
liniyalarining holati va ularga xizmat ko‗rsatish yuzasidan javobgarlik chegarasi 
asosiy liniyaning tarmoqlanish qilingan tayanchida belgilanadi. Asosiy elektr 
uzatish liniyasi tasarrufida bo‗lgan korxona tarmoqlangan simlarni ulovchi 
qisqichlarning holati uchun javob beradi. 
1000 Voltgacha kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat 
ko‗rsatish uchun iste‘molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
o‗rtasidagi javobgarlik chegarasi: 
havodagi tarmoqlanishda — bino yoki quvur tayanchida o‗rnatilgan birinchi 
izolyatorlarda; 
kabel bilan kiritishda — binoga kirish joyida ta‘minlovchi kabelning 
ulanish uchliklarida belgilanadi. 
Bunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, muassasalarga va boshqa 


85 
noishlab chiqarish iste‘molchilariga tegishli uylardagi elektr tarmog‗ining
balans bo‗yicha mansublik chegarasidagi ulanmalarning holati uchun hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasi javob beradi. 
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlariga ko‗ra 
javobgarlikning boshqa asoslangan chegaralari ham belgilanishi mumkin. 
35. Iste‘molchi elektr qurilmalarning texnik holati va Iste‘molchilar-ning 
elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
etilishi, elektr energiyasining oqilona sarflanishi, elektr energiyasi iste‘molining 
belgilangan rejimlari bajarilishi, elektr energiyasi sifatining ta‘minlanishi, 
shuningdek «O‗zdavenergonazorat» DI ko‗rsatmalarining o‗z vaqtida
bajarilishi uchun javob beradi. 
36. Iste‘molchi yuridik shaxs sifatida tugatilgan taqdirda uning elektr 
qurilmasiga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi 
etkazib berish taqiqlanadi. 
Agar elektr energiyasi etkazib berish to‗xtatilmagan bo‗lsa, u holda buning 
oqibati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda javob beradi. 
37. Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish 
qoidalarida va Iste‘molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda 
xavfsizlik texnikasi qoidalarida hisobga olinmagan ishlab chiqarishning va
elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishning o‗ziga xos (er osti, portlash xavfi 
bo‗lgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqa) shartlari mavjud 
bo‗lganda, iste‘molchilar ushbu elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va
ularga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha maxsus yo‗riqnoma-larga ega bo‗lishlari shart. 
38. Iste‘molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta‘minlash bo‗yicha 
ekspluatatsion harajatlar uchun subiste‘molchilar, iste‘molchi bilan
subiste‘molchi o‗rtasida tuzilgan alohida shartnoma bo‗yicha elektr energiyasining 
umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq to‗laydilar. 
Ekspluatatsion harajatlarni subiste‘molchiga beriladigan elektr energiyasi 
tarifiga qo‗shishga ruxsat etilmaydi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish