X. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qo‗yish shartlari
149. Elektr energiyasi iste‘molchiga uning bilan tuzilgan elektr ta‘minoti
shartnomasiga muvofiq etkazib beriladi.
Elektr energiyasi iste‘molini cheklash, shuningdek iste‘molchilar yuklamalari
jadvallarini tartibga solish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish,
cheklashlar jadvaliga muvofiq, «O‗zbekenergo» davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
110
150. Quvvat va elektr energiyasi iste‘moli bo‗yicha cheklash va uzib qo‗yish
jadvallari iste‘molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan
birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi,
«O‗zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi va
yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo
bo‗lganda joriy etiladi.
151. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‗yish jadvallari yagona elektr
energetikasi tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqisligi hollarida elektr
stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yo‗l qo‗yib bo‗lmaydigan
sharoitlardaishlashining oldini olish, yagona elektr energetikasi tizimining barqaror
parallel ishlashini ta‘minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda
iste‘molchilarning tartibsiz uzib qo‗yilishini bartaraf etish uchun tuziladi.
152. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‗yish jadvallari joriy yilning 1
oktyabridan keyingi yilning 1 oktyabrigacha bo‗lgan davr uchun, iste‘molchi-
ning texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan tuziladi va
jadvallarga kiritilgan barcha iste‘molchilar uchun ularni bajarish majburiy
hisoblanadi.
Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:
yagona elektr energetika tizimida yoqilg‗i yoki gidroresurslar etishmaganda elektr
energiyasini (kVt soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya
iste‘molini iste‘molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya
bronigacha (cheklashga mansub bo‗lmagan ob‘ektlardan tashqari), iste‘molni 5 ta
teng navbatga bo‗lgan holda qisqartirilishi ko‗zda tutilishi lozim;
yagona elektr energetika tizimida quvvat etishmaganda quvvatni (kVtda) cheklash
jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta
yuklamalari o‗tishi soatlarida iste‘mol qilinadigan quvvatni, uni 5 ta teng navbatga
bo‗lgan holda, iste‘molchilarning avariya bronigacha kamaytirilishi ko‗zda
tutilishi lozim;
iste‘molni va quvvatni cheklash jadvallarini kiritish uchun vaqt bo‗lmagan
hollarda, yuzaga kelgan quvvat etishmasligi oqibatida avariya paydo bo‗lishi
xavfida qo‗llaniladigan quvvatni uzib joriy etish jadvali. Jadvalda yagona elektr
energetika tizimi iste‘molchilari iste‘mol qiladigan quvvatni, 5 ta teng navbatga
bo‗lgan holda to‗liq uzib qo‗yish ko‗zda tutilishi lozim, uzib qo‗yilishi mumkin
bo‗lmagan ob‘ektlar bundan mustasno.
153. Ayrim hollarda iste‘molchilarni uzib qo‗yishning maxsus jadvali ishlab
chiqiladi.
Elektr energiyasini uzib qo‗yish jadvaliga va maxsus jadvalga avtomatik
111
qurilmalarga, teleboshqarishga yoki doimiy xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar va
ishonchli telefon aloqasiga ega bo‗lgan podstansiyalar ustuvorlik bilan
kiritilishi lozim.
Iste‘molchilarga elektr energiyasi etkazib berilishi elektr ta‘minoti-ning
avariya bronigacha cheklab qo‗yilishi mumkin.
154. CHeklash va uzib qo‗yish jadvallarini amalga kiritish tartibi:
elektr energiyasi va quvvatini cheklash va uzib qo‗yish jadvallari «O‗zbekenergo»
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga
kiritiladi. Elektr energiyasini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar
dispetcherlik boshqaruvining barcha daraja-larida, operativ daftarga
cheklashning miqdori, boshlanish va tamom bo‗lish vaqtini yozgan holda uzatiladi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchilarga keyingi sutkalarda
elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi to‗g‗risida joriy
sutkaning soat 14 dan kechiktirmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom
bo‗lish vaqtini ko‗rsatgan holda ma‘lum qiladi.
Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur
bo‗lganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qat‘i nazar, cheklashning
amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste‘molchilarga etkaziladi.
Uzib qo‗yish jadvallari iste‘molchilar tomonidan, hududiy elektr tarmoqlari
korxonasidan uzib qo‗yish jadvallari joriy etilishi to‗g‗risidagi bildirishnoma
olingandan keyin, darhol joriy etiladi.
Elektr energiyasi iste‘molini uzoq davrga kamaytirish zarur bo‗lganda, quvvatni
uzib qo‗yish jadvaliga teng bo‗lgan elektr energiyasi va quvvatni cheklash jadvali
amalga kiritiladi.
YUridik shaxslar — cheklash va uzib qo‗yish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va
muassasalar, shu jumladan uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega bo‗lgan
tashkilotlar (cheklash va uzib qo‗yishga tegishli bo‗lmagan ob‘ektlardan tashqari)
cheklash va uzib qo‗yish jadvallarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari
tomonidan ko‗rsatilgan muddatda so‗zsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks
holda ular uzib qo‗yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi yuzasidan
energiya markazlaridan majburiy uzib qo‗yish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob
beradilar.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash
jadvallarini amalga kiritish to‗g‗risidagi farmoyish iste‘molchilar tomonidan
bajarilmaganda, ogohlantirishdan keyin, iste‘molchilarda elektr energiyasi va
quvvat iste‘molining belgilangan darajada kamayishini ta‘minlovchi miqdorda
elektr energiyasi etkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi.
112
Mazkur ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun
javobgarlik iste‘molchilar korxonalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |