Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


114 
15-Amaliy ish 
1000 Voltgacha elektr uskunalaridan foydalanishda himoya vositalarini 
qo‘llash va sinash. 
 
1.1. Qoidalarning maqsadi va qo‗llanilishi 
1.1.1. Ushbu Qoidalar «O‗zbekenergo» Davlat aksionerlik kompaniyasi 
qaramog‗idagi 
barcha 
qurilish-montaj 
tashkilotlari, 
trestlar, 
zavodlar, 
mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun 
taalluqlidir. 
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta‘mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi 
va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi 
yoki kasbi hajmida bilishlari shart. 
1.1.2. Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‗yiladigan 
talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me‘yorlari bo‗yicha 
ko‗rsatmalar keltirilgan. 
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini 
ishlatish man qilinadi. 
1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish harakteriga qarab ikki 
turga bo‗linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST 
12. 4. 011-75). 
Elektr uskunalari konstruktsiyalarining himoya vositasi funksiyasini 
bajaruvchi (muntazam to‗siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) 
qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi. 
1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
izolyatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‗lchov, yerga ulagichni o‗rnatish 
uchun), izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash 
operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‗rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish 
ko‗rsatgichi va hokazolar; 
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta‘mirlash ishlarini olib borish uchun 
ishlatiladigan izolyatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish 
ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolyatsiyalovchi 
dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari; 
dielektrik qo‗lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi 
qoplamalar va izolyatsiyalovchi tagliklar; 
shaxsiy ekranlovchi komplektlar; 
ko‗chma yerga ulagichlar; 
to‗siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar; 
xavfsizlik plakatlari va belgilari. 


115 
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr 
uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‗zoynagi va kaskalar, protivogazlar, 
qo‗lqoplar, montyorning himoya belbog‗lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy 
himoya vositalarini qo‗llash mumkin. 
1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish 
mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi 
qisqichlar, kuchlanish ko‗rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi 
kuchlanish ko‗rsatgichlari; 
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‗tkazuvchi 
qismlarga tegib turib ta‘mirlash ishlarini olib borishda ko‗llaniladigan 
izolyatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyatsiyalovchi narvonlar, 
havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolyatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, 
teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‗ljallangan ko‗chma 
minoralar va hokazolar). 
1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi dielektrik 
xususiyati chidamli bo‗lgan materiallardan (chinni, qog‗ozbakllet quvurlari, ebanit, 
getinaks, yog‗och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va 
hokazolardan) tayyorlanishi zarur. 
O‗ziga nam tortuvchi materiallar (qog‗ozbakelit quvurlar, yog‗och va 
boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz 
ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‗lishi kerak. 
1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‗llaniladigan 
qo‗shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
dielektrik qo‗lqoplar; 
dielektrik etiklar; 
dielektrik gilamchalar; 
shaxsiy ekranlovchi komplektlar; 
izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; 
dielektrik qalpoqlar; 
ko‗chma yerga ulagichlar: 
to‗siq qurilmalari; 
xavfsizlik plakatlari va belgilari. 
1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida qo‗llaniladigan 
asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
izolyatsiyalovchi shtangalar; 
izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar; 
kuchlanish ko‗rsatgichlari; 
dielektrik qo‗lqoplar; 


116 
izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari. 
1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalari uchun qo‗shimcha 
elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
dielektrik kalishlar; 
dielektrik gilamchalar; 
ko‗chma yerga ulagichlar; 
izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; 
to‗siq qurilmalari; 
xavfsizlik plakatlari va belgilari. 
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa 
ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar 
asosida, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat 
chastotasida ishlayotgan o‗zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish 
havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza 
qilish me‘yorlari va qoidalari» hamda boshqa tegishli me‘yoriy texnik hujjatlar 
bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab 
aniqlanadi. 
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‗shimcha himoya 
vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan 
shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam 
kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham 
ishlatiladi. 
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning
1
eng 
Yuqori qiymatida ishlatishga mo‗ljallangan bo‗lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 
20690-75). 
1
Bu yerda va bundan keyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun 
mo‗ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish