Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


VIII. Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

VIII. Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi 
bo‗yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar
131. Reaktiv energiya va quvvat o‗rnini to‗ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) 
bitta hisobga olish nuqtasi bo‗yicha o‗rtacha oylik elektr energiyasi iste‘moli 15 
ming kVt soatdan ortiq bo‗lgan sanoat iste‘molchilari va ularga
tenglashtirilganiste‘molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan
yuradigan) temir yo‗l va 
shahar transporti, qishloq xo‗jaligi iste‘molchilariga nisbatan amalga oshiriladi. 


106 
132. Reaktiv energiya va quvvat o‗rnini to‗ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) 
reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish priborlarining ko‗rsatkichlari
asosida belgilanadi hamda eng katta reaktiv yuklamaning 1 kVAR uchun to‗lov va 
(yoki) iste‘mol qilingan reaktiv energiyaning 1 kVAR soati uchun to‗lov tarzida 
undiriladi. 
133. Ustamalar iste‘molchi ta‘minlanadigan elektr tarmog‗ining katta yuklamali 
soatlarida iste‘molchi tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv 
energiya va quvvat iste‘mol qilinganda va yagona elektr energetika tizimining 
kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan qo‗llanadi. 
134. Iste‘molchi tomonidan elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlari-da 
yagona elektr energetika tizimi tarmog‗ida reaktiv energiya hosil qilinganda va 
elektr tarmog‗ining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmog‗idan reaktiv 
energiya iste‘mol qilinganda, agar iste‘molchi bunday ish rejimida ishlashi
zarurati shartnomada ko‗rsatilgan bo‗lsa, energiya tizimi tomonidan tarifdan 
chegirmalar taqdim etiladi. 
135. Elektr tarmog‗ining katta va kichik yuklamali soatlari — bu sutkaning 
iste‘molchi tomonidan reaktiv quvvatning iste‘mol qilinishi (hosil qilinishi) 
tufayli yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlarida elektr 
energiyasining qo‗shimcha ravishda yo‗qotilishiga olib keladigan davrlaridir. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog‗ining katta va kichik 
yuklamali soatlarini, iste‘molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv 
yuklamasi jadvallarini tahlil qilgan holda, har qaysi iste‘molchi uchun yakka 
tartibda belgilashi mumkin. 
Har sutkadagi katta va kichik yuklamali soatlar yig‗indisi 24 soatga teng, shu 
jumladan: 
katta yuklamali soatlar — 07 soat 00 daqiqadan 23 soat 00 daqiqagacha; 
kichik yuklamali soatlar — 23 soat 00 daqiqadan 07 soat 00 daqiqagacha. 
136. Reaktiv energiya va quvvatning iste‘mol qilinishi hamda hosil qilinishi 
hisobga olishni avtomatik tizimlari hamda to‗xtatgichli yoki xotirali hisobga olish 
priborlari yordamida qayd etiladi. 
Elektr tarmog‗ining katta va kichik yuklamali davrlarida kontakt soatlar orqali 
ishga tushiriladigan to‗xtatgichsiz hisobga olish priborlari qo‗llanishiga yo‗l 
qo‗yiladi. 
Elektrlashtirilgan temir yo‗l va shahar transportini harakatlantirish uchun
kuch beradigan yordamchi stansiyalar to‗xtatgichsiz bitta hisobga olish pribori
bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar reaktiv energiya iste‘mol yoki hosil
qilinishi yig‗indisi uchun tarifga belgilangan ustamalarga muvofiq amalga 
oshiriladi. 


107 
137. Iste‘molchining amaldagi reaktiv quvvatini nazorat qilish elektr 
tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida 30 daqiqali eng katta reaktiv yuklamani 
qayd etadigan hisobga olish priborlari bo‗yicha amalga oshirilishi kerak. Reaktiv 
quvvatning eng katta miqdorini yagona elektr energetika tizimining eng katta 
yuklamali soatlarida qayd etishga ruxsat beriladi. 
Elektr energiyasi uzatishning ta‘minlovchi liniyalari bir nechta bo‗lsa 
hisoblanadigan reaktiv quvvat sifatida, maxsus qurilma — jamlagich bilan 
aniqlanadigan 30 daqiqalik jami reaktiv yuklamaning eng katta miqdori qabul 
qilinadi. 
Jamlagich bo‗lmaganda, jami yuklamaning eng katta miqdori har bir ta‘minlovchi 
liniya bo‗yicha hisobga olish priborlarining ko‗rsatuvchi elementlari vositasida 
qayd etilgan eng katta miqdorlarning yig‗indisi sifatida aniqlanadi. 
Energiya tizimi tomonidan iste‘molchini elektr tarmog‗ining katta yuklamali 
soatlarida reaktiv energiyani hosil qilish va (yoki) uning kichik yuklamali 
soatlarida reaktiv energiyani majburiy iste‘mol qilish zarurati aniqlansa, energiyani 
hisobga olish usuli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi o‗rtasida 
kelishiladi hamda elektr ta‘minoti shartnomasida aks ettiriladi.
138. Bitta hisobga olish nuqtasi bo‗yicha o‗rtacha oylik elektr energiyasi 
iste‘moli 15 ming kVt soatdan ortiq bo‗lgan sanoat iste‘molchilari va ularga 
tenglashtirilgan iste‘molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) 
temir yo‗l va shahar transporti, qishloq xo‗jaligi iste‘mol-chilari bilan tuzilgan 
elektr ta‘minoti shartnomasida quyidagilar ko‗rsatiladi: 
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi 
tarmog‗idan bir oyda iste‘mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi 
tarmog‗idan iste‘mol qilinadigan 30 daqiqalik reaktiv quvvatning iqtisodiy 
qiymati; 
reaktiv quvvat iste‘molining elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida va 
(yoki) reaktiv energiyani shu soatlarda bir oy ichidagi iste‘molining
texnikaviy chegaralari. Bu chegaralardan oshib ketganda hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisoblash nuqtasida kuchlanishni elektr 
tarmog‗ining eng katta yuklamali soatlari uchun elektr ta‘minoti shartnomasida 
belgilangan darajasidan pasayib ketishi 
uchun javob bermaydi; 
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika 
tizimining elektr tarmog‗iga bir oyda hosil qilingan va (yoki) uning kichik 
yuklamali soatlarida majburiy iste‘mol qilingan reaktiv quvvat va (yoki) 
energiyaning chegaraviy qiymatlari. 
Elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning 


108 
iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv
energiya iste‘molining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan yagona elektr energetika tizimining har qaysi 
bog‗lamasi bo‗yicha elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob-kitoblari asosida 
belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo‗lmaganda to‗lov faqat amalda 
iste‘mol qilingan reaktiv energiya uchun aktiv energiya bo‗yicha amaldagi 
tarifning 5foiziga teng narx bo‗yicha, qo‗shilgan qiymat solig‗isiz, undiriladi. 
139. Elektrlashtirilgan temir yo‗l transportining harakatlantiruvchi 
podstansiyalari va metropoliten podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan 
foydalanilishi yuzasidan elektr ta‘minoti shartnomasida bir oyda reaktiv
energiya iste‘mol qilishning iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi ko‗rsatiladi. 
Temir yo‗l transportining o‗zgarmas va o‗zgaruvchan tokli harakatlantiruv-chi 
podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste‘mol va hosil qilinishining iqtisodiy 
qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmog‗i bilan ulangan harakatlantiruvchi 
podstansiyalar bo‗yicha yig‗indi tarzida ko‗rsatiladi, ularning energiya iste‘moli 
uchun 
hisob-kitoblari bitta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
140. Bir oydagi reaktiv energiya iste‘mol va hosil qilishning hamda elektr 
tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati
va texnik chegaralari elektr ta‘minoti shartnomasida qayd etiladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish