Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


-§. Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif iste‘molchilari bilan hisob-



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

3-§. Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif iste‘molchilari bilan hisob-
kitoblar qilish 
88. 750 kVA quvvatga ulangan sanoat iste‘molchilari va ularga tenglashtiril-gan 
iste‘molchilardan tashqari barcha iste‘molchilar bir stavkali tarif bo‗yicha hisob-
kitob qilishadi. 
89. Elektr energiyasidan reklama, chiroqlar bilan bezatish, bino va inshootlar-ni 
yoritish uchun foydalanuvchi iste‘molchilar, iste‘mol quvvatidan qat‘i nazar, 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsatini olishga va tegishli tarif guruhi 
bo‗yicha hisob-kitob qilishga majburdirlar. 


95 
Elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv ta‘minoti maqsadida 
foydalanilganda «O‗zdavenergonazorat» DIga boshqa turdagi energiya o‗rniga
elektr energiyasidan foydalanishni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslar taqdim 
etilishi zarur, shahar qurilishi me‘yorlari va qoidalarida ko‗zda tutilgan ovqat
tayyorlash va xonalarni isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish holatlari 
bundan mustasno. 
Isitish va issiq suv ta‘minoti maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni 
kelishish tartibi «O‗zdavenergonazorat» DI tomonidan belgilanadi. 
4-§. Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, turar 
joylar va aholi punktlarining kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari hamda 
turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari bilan hisob-kitoblar 
90. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsion 
tashkilotlar umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi
uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta‘minoti
shartnomasiga asosan elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha mansublik
chegarasini hisobga olish nuqtasida 
o‗rnatilgan hisobga olish priborlarining ko‗rsatkichlari bo‗yicha, belgilangan 
tarifga muvofiq hisob-kitob qiladilar. 
91. Qabul qilish komissiyasining dalolatnomalariga asosan Yangi uy-joylarni o‗z 
balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni
elektr tarmog‗iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 
har bir uy-joyda o‗rnatilgan Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat 
qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish 
priborlari uchun (elektr hisobla-gichning tartib raqami, turi, ishlab chiqaruvchi 
zavod, davlat qiyoslashidan 
o‗tgan yili, hisobga olish priborining ko‗rsatkichlari va xonadonning tartib raqami 
bilan) vedomost taqdim etishi lozim. 
Avvaldan foydalanib kelingan uy-joylarda yoki alohida fuqarolarga xususiy 
mulk huquqi bilan tegishli bo‗lgan uylarda hamda bog‗ uchastkalari, shaxsiy 
avtomashinalar uchun garajlar va shu kabilarda elektr simini ulashga ruxsat olish 
uchun iste‘molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli ariza berishi 
shart. 
92. Uy-joylarning elektr uskunalari va elektr tarmoqlarini ekspluata-siya qilish 
uchun ijozat berish ular ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan belgilangan 
tartibda qabul qilingandan va tegishli hujjatlar rasmiylash-tirilgandan keyin amalga 
oshiriladi. 
93. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi 
binolarining egalari va ijarachilar (yuridik shaxslar) bilan elektr ta‘minoti 
shartnomasini tuzadi va ularga shaxsiy hisob raqamlari ochadi. 


96 
94. SHaxsiy hisob raqamini boshqa iste‘molchiga qayta rasmiylashtirish hamda 
hisobga olish priborlarini ko‗chirish faqat hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasiningruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Ilgari elektr tarmog‗iga ulangan turar joy va noturar joy fondi binosiga 
ko‗chib kirgan Yangi egasi 5 kun davomida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 
bilanelektr ta‘minoti shartnomasini tuzishi va shaxsiy hisob raqamini o‗z
nomiga rasmiylashtirishi shart. SHaxsiy hisob raqami ko‗rsatilgan muddatda 
rasmiylashtirilmasa to‗lov to‗lanmaganligi uchun butun javobgar-lik turar joy
va noturar joy fondi binosining Yangi egasi zimmasiga yuklanadi. 
Uy-joylarning hamda turar joy va noturar joy fondi binolarining oldi-sotdi 
shartnomalarini ro‗yxatdan o‗tkazish faqat elektr energiyasi uchun qarzlar
to‗liq to‗langandan keyin amalga oshiriladi. 
95. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi 
binolarining egalari bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni, turar joy
va noturar joy binolarini ijarachilarga (yuridik shaxs bo‗lgan ijarachilar
bundan mustasno) yoki yollovchilarga topshirishidan qat‘iy nazar, umumiy 
hisobga olish pribori bo‗yicha amalga oshiradi.
Ijarachilar bilan yollovchilar o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblar bo‗yicha nizolar 
belgilangan tartibda ko‗rib chiqiladi. 
96. Kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda hisob-kitob davrida iste‘mol 
qilingan elektr energiyasini alohida oilalar o‗rtasida taqsimlash nazorat hisobga 
olish priborlarining ko‗rsatkichlari bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Nazorat hisobga olish priborlarini o‗rnatish uchun hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining ruxsati talab qilinmaydi.
Nazorat hisobga olish priborlarining to‗g‗ri ishlashini nazorat qilish, 
ularning ko‗rsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun o‗zaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish majburiyatlari yashovchilarning zimmasiga yuklanadi. 
Umumiy foydalaniladigan joylarda iste‘mol qilingan elektr energiyasi 
miqdori alohida oilalar o‗rtasida amalda yashovchilarning soni bo‗yicha 
taqsimlanadi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan umumiy hisobga 
olish pribori orqali foydalanuvchi fuqarolar o‗rtasida hech qanday hisob-kitoblarni 
amalga oshirmaydi. 
97. Elektr energiyasi uchun to‗lov hujjatlari bo‗yicha o‗z vaqtida haq to‗lash, turar 
joy va noturar joy fondi binosidagi hisobga olish priborining saqlanishi va 
butligini ta‘minlash borasida mazkur Qoidalarga rioya qilinishi uchun javobgarlik 
turar joy va noturar joy fondi binosining egasi zimmasiga yuklanadi. 


97 
98. Hisobga olish priborlari zinapoya maydonchalarida o‗rnatilgan taqdirda 
ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda uy-
joy tasarrufida bo‗lgan idora, tashkilot javob beradi. 
Zinapoya maydonchalarida o‗rnatilgan hisobga olish priborlari shikastlangan yoki 
o‗g‗irlangan taqdirda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni 
o‗z hisobidan tiklashi shart. 
99. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, uy-joy mulkdorlari va turar 
joylardagi hamda boshqa binolardagi xonalarni ijarachilarga (yuridik
shaxslarga) ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining ruxsatisiz ijarachilarga tegishli bo‗lgan elektr qurilmalarini (elektr 
energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat‘i nazar) uyning ichki elektr
tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas. 
100. Ijarachilar (yuridik shaxslar) turar joy va noturar joy fondi binosining egasi 
bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr 
energiyasidan foydalanish bilan bog‗liq masalalarni hal etish uchun hududiy
elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi shart. 
Ijarachi binodan ko‗chib ketadigan bo‗lsa turar joy va noturar joy fondi 
binosining egasi ijarachidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining u ko‗chib 
ketish kunigacha elektr energiyasi uchun hisob-kitobni amalga oshirganligi
haqidagi ma‘lumotnomani talab qilishi shart. Ko‗chib ketgan ijarachilarning elektr 
energiyasi uchun qarzlari bo‗yicha javobgarlik ijaraga beruvchi zimmasida bo‗ladi. 
101. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan bo‗linish chegarasidan 
iste‘molchilargacha bo‗lgan umumiy uy-joy elektr tarmoqlarining uzluksiz
elektr ta‘minoti bilan bog‗liq bo‗lgan texnik holatini ta‘minlash va ularga xizmat 
ko‗rsatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzgan
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari 
javob beradi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish