Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


VII. Elektr energiyasi iste‘molchilari hamda hududiy elektr tarmoqlari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

VII. Elektr energiyasi iste‘molchilari hamda hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining huquq va majburiyatlari
125. Elektr energiyasi iste‘molchilari quyidagi huquqlarga ega:
o‗zining elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq hududiy elektr 
tarmoqlariga ulash;
sifat ko‗rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‗lgan elektr energiyasi 
olish;
elektr energiyasi etkazib berishning to‗xtatib qo‗yilishi sabablari to‗g‗risida 
belgilangan tartibda axborot olish;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ular iste‘mol qiladigan elektr 
energiyasi hajmlarining o‗zgartirilishi to‗g‗risida belgilangan tartibda takliflar 
kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini o‗zgartirish bo‗yicha 
taklif mo‗ljallanayotgan o‗zgartirishdan oldin 10 kundan kechikmay (joriy oy
tugagungacha) berilishi kerak;
elektr energiyasi to‗liq hajmda etkazib berilmasligi yoki sifat ko‗rsatkichlari 
davlat standartlariga muvofiq bo‗lmagan elektr energiyasi etkazib berilishi 
oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta‘minoti korxonasi
tomonidan 
etkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
elektr ta‘minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan 
nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo‗ysunishi bo‗yicha Yuqori tashkilotga, 
mansabdor shaxsga murojaat qilish.
Elektr energiyasi iste‘molchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‗lishi mumkin.
(125-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 
92-sonqaroritahririda — O‗R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang. 
126. Elektr energiyasi iste‘molchilari quyidagilarga majbur:
elektr ta‘minoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini 
iste‘mol qilish rejimiga rioya etish;
elektr ta‘minoti shartnomasiga muvofiq, kelgusi hisob-kitob oyi uchun elektr 
energiyasi va iste‘mol qilinadigan quvvat hajmi uchun o‗z vaqtida haq to‗lash 
(maishiy iste‘molchilardan tashqari);
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur 
texnik holatini va Iste‘molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik 
texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta‘minlash, hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasiga yoki elektr ta‘minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining 
nosozligi to‗g‗risida xabar qilish;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


103 
«O‗zdavenergonazorat» davlat inspeksiyasining elektr qurilmalarining texnik 
holati yaxshilanishiga va ishlatishning tashkil etilishiga, shuningdek elektr 
energiyasidan oqilona foydalanilishiga yunaltirilgan yozma ko‗rsatmalarini o‗z 
vaqtida bajarish;
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarining talablari bajarilishini 
ta‘minlash;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga 
olish priborlarini ko‗rishiga imkon berish.
Elektr energiyasi iste‘molchilari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining talabiga ko‗ra quyidagilarni hisobga olishi va xabar qilishi shart:
iste‘mol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi 
miqdori;
yagona elektr energetika tizimining eng ko‗p va eng kam yuklamali davrlarida 
reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
yagona elektr energetika tizimining eng ko‗p yuklamasining o‗tish davrida aktiv 
energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.
(126-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 
92-sonqaroritahririda — O‗R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda)
127. Ob‘ektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan 
iste‘molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi uzatish 
xizmatlarini ko‗rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish huquqiga ega emas. 
128. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagilarga majbur: 
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans bo‗yicha mansublik chegarasi-ga 
elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgan hajmda uzluksiz etkazib berish; 
o‗zining elektr tarmog‗i xo‗jaligi ob‘ektlarida elektr energiyasi sifat 
ko‗rsatkichlarini davlat standartlarida belgilangan darajada saqlab turish; 
elektr tarmog‗i xo‗jaligi ob‘ektlarining rejali ta‘mirlanishi tufayli elektr energiyasi 
bilan ta‘minlashdagi mumkin bo‗lgan uzilishlar to‗g‗risida kamida 3 sutka oldin 
ogohlantirish; 
iste‘molchilarga elektr energiyasi etkazib berishning to‗xtatib turilishi va 
buning sabablari to‗g‗risida ma‘lum qilish; 
joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini ko‗rsatgan 
holda, o‗z vaqtida xabar qilish; 
iste‘molchiga energiya ta‘minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi 
etkazib berilishini ta‘minlash; 
iste‘molchilarning elektr energiyasining to‗liq etkazib berilmaganligi yoki 
elektr ta‘minotidagi boshqa qoida buzilishlari to‗g‗risidagi arizalarini, 
iste‘molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‗rib chiqish, 


104 
ularni qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste‘molchi-larga ushbu Qoidalarga
muvofiq batafsil javob yuborish; 
o‗zining elektr tarmog‗i xo‗jaligi ob‘ektlarida elektr energiyasining texnologik 
isroflarini qisqartirish bo‗yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 
elektr energiyasining elektr tarmoqlari bo‗linish chegarasida hisobga olinmagan 
iste‘molini aniqlash; 
iste‘molchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmini etkazib 
berishning texnik imkoniyatlarini va ulardagi tijorat hisobini olish tizimlarining 
qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini baholash bo‗yicha xulosa berish; 
iste‘molchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarini o‗z hududiy elektr 
tarmoqlariga ulanishi yuzasidan texnik shartlar berish; 
iste‘molchilarga etkazib berilgan elektr energiyasini belgilangan tartibda 
hisobga olib borish; 
iste‘molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh 
kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga
o‗zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini
ko‗paytirish 
(kamaytirish) mumkin bo‗lmagan taqdirda — bu haqda, rad etish sababini
ko‗rsatgan holda, iste‘molchiga xabar qilish; 
uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‗lgan iste‘molchilarga belgilangan 
tartibda elektr energiyasi etkazib berilishini ta‘minlash. 
129. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr ta‘minoti 
korxonasi quyidagi hollarda elektr energiyasini iste‘molchiga etkazib berishni 
belgilangan tartibda to‗xtatib qo‗yishi mumkin va uzib qo‗yish oqibatlari uchun 
javob bermaydi: 
(129-bandning birinchi xatboshi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-sonqaroritahririda — O‗R QHT, 2010 y., 
20-son, 152-modda) elektr energiyasi elektr ta‘minoti shartnomasidagi
miqdordan ortiqcha sarflanganda yoki elektr energiyasi iste‘molining belgilangan 
rejimi buzilganda; 
elektr energiyasi elektr ta‘minoti shartnomasisiz iste‘mol qilinganda; 
«O‗zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslashdan o‗tkazilgan 
elektr energiyasini hisobga olish priborlari bo‗lmaganda; 
elektr energiyasi (quvvati) uchun elektr ta‘minoti shartnomasida belgilangan 
miqdorda va muddatda to‗lov to‗lanmaganda; 
elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan 
ulanganda yoki quvvat elektr ta‘minoti shartnomasida belgilangan miqdordan 
oshirib yuborilganda;


105 
(129-bandning 
oltinchi 
xatboshisi 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-son qarori tahririda — O‗R QHT, 2010 
y., 20-son, 152-modda) elektr qabul qilgichlar hisobga olish priborlaridan
tashqari ulanganda yoki elektr energiyasini hisobga olish sxemasi buzilganda,
shu jumladan hisobga olish priborlarining va o‗lchash transfor-matorlarining 
plombalari buzilganda; 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisobga olish priborlarini 
ko‗rishga qo‗yilmaganda. 
Elektr manbaidan uzib qo‗yilishi texnogen va avariya oqibatlariga olib 
keladigan, o‗ta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarida 
qarzdorlik paydo bo‗lgan taqdirda haq to‗lanmaganligi uchun elektr energiyasi
etkazib berishni cheklash, belgilangan tartibda, elektr ta‘minoti-ning texnologik va 
avariya bronigacha, to‗liq uzib qo‗yish esa — faqat sud qaroriga ko‗ra amalga 
oshirilishi mumkin. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, «O‗zdavenergonazorat» DIning yozma 
buyurtmanomasiga binoan, elektr energiyasi isrofgarchilik bilan sarflangan 
hollarda, elektr qurilmalarining avariyaga olib keladigan yoki odamlar hayotiga 
xavf tug‗diradigan qoniqarsiz texnik holatida iste‘molchiga elektr energiyasi 
etkazib berishni to‗xtatadi. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan barcha holatlarda yagona elektr energetika tizimi 
tarmoqlariga qayta ulash va elektr energiyasini etkazib berish iste‘molchi 
tomonidan ushbu bilan bog‗liq harajatlar to‗langanidan keyin amalga oshiriladi. 
130. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi:
iste‘molchi elektr energiyasi iste‘molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, 
elektr energiyasi iste‘moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib 
ketishiga yo‗l qo‗ygan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan
belgilangan elektr energiyasi iste‘molini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalarda 
past sifatli elektr energiyasi etkazib berilganligi uchun; 
zaxira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr-
tezlikli o‗chirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini etkazib berishdagi 
tanaffuslar uchun iste‘molchi oldida moddiy javobgar bo‗lmaydi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish