Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


VI. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

VI. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi 
1-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari 
52. Bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda
iste‘molchilar yoki subiste‘molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan 
elektr energiyasi uchun iste‘molchilar bilan hisob-kitoblar elektr
energiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflari bo‗yicha
elektr ta‘minoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. 
53. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste‘molchilarni tarif 
guruhlari bo‗yicha taqsimlanishi Elektr va issiqlik energiyasi
iste‘molchilarining tarif guruhlari to‗g‗risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi. 
54. Elektr energiyasiga tariflar bir stavkali va ikki stavkaliga bo‗linadi. 
Bunda: 
— bir stavkali tarif iste‘molchiga etkazib berilgan har bir kVt soat elektr 
energiyasi uchun haq to‗lashdan; 
— ikki stavkali tarif yagona elektr energiyasi tizimining eng katta yuklam-asida 
ishtirok etuvchi, buyurtma berilgan har bir kVt quvvat uchun (asosiy to‗lov) va 
etkazib berilgan elektr energiyasining har kVt soati uchun iste‘molchi tomonidan 
haq to‗lashdan (qo‗shimcha to‗lov) iborat bo‗ladi. 
55. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishda, iste‘molchida ko‗p tarif-li 
hisobga olish pribori mavjud bo‗lgan taqdirda, belgilangan tartibda
tasdiqlangan tabaqalashtirilgan tarif qo‗llanishi mumkin. Tabaqalashtirilgan
tarif sutkaning quyidagi davrlarida iste‘mol qilingan har bir kVt soat elektr 
energiyasi uchun haq to‗lashdan iborat bo‗ladi: 
yarim tig‗iz davr — asosiy tarif (sutkaning yorug‗ vaqti); 
tig‗iz davr — eng Yuqori tarif (yagona energiya tizimining eng katta yuklamali 
vaqti — ertalabki va kechki «eng katta miqdor»); 
tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorong‗i vaqti). 
Asosiy tarif (T)ning miqdori iste‘molchilarning har bir guruhi uchun 
belgilangan tartibda tasdiqlangan tarifga muvofiq bo‗ladi.


89 
56.Bir necha tarif guruhlariga ega bo‗lgan iste‘molchilar bilan hisob-kitob-lar, har
bir tarif guruhiga o‗rnatilgan hisobga olish priborlari ko‗rsatkichlari bo‗yicha 
amalga oshiriladi.
57. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar elektr ta‘minoti shartnomasiga 
muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste‘molchining o‗zi
tomonidan yoziladigan to‗lov hujjatlari bo‗yicha amalga oshiriladi. 
58. Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste‘molchilarga elektr energiyasi etkazib 
berish oldindan to‗langan haq doirasida amalga oshiriladi. 
59. Elektr ta‘minoti shartnomalarida (maishiy iste‘molchilardan tashqari) 
hisobot davrida elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgan miqdorga nisbatan
5foizdan ko‗p elektr energiyasi iste‘mol qilinganda, hisob-kitob davri uchun
elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgandan ortiq iste‘mol qilingan jami
hajm uchun belgilangan tarifning 50foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari
korxonasifoydasiga jarima sanksiyalari to‗lanishi ko‗zda tutiladi. 
60. Hisobga olish priborlaridan ko‗rsatkichlar yozib olinmagan taqdirda hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 
tomonidan iste‘molchi bilan birgalikda aniqlangan amalda iste‘mol qilingan elektr 
energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilgan holda, elektr energiyasi
iste‘molining shartnomadagi miqdori bo‗yicha hisob-kitob qiladi. 
61. Elektr ta‘minoti shartnomasi bo‗yicha iste‘molchi sifatida maishiy 
iste‘mol uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs ish ko‗rganda, 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchi tomonidan u foydalangan elektr 
energiyasi uchun haq to‗lanmagan taqdirda, elektr ta‘minoti shartnomasining 
bajarilishi bekor qilinishi mo‗ljallanayotgan kundan kamida bir oy oldin 
iste‘molchini ogohlantirgan holda, elektr ta‘minoti shartnomasi bajarilishini bir 
tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
62. To‗lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish priborlari ko‗rsatkichida 
noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste‘molchi hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, iste‘molchi murojaat qilgan kundan 
boshlab un sutkadan kechiktirmay, hisob-kitobni tekshirishi, zarurat bo‗lganda
esa hisobga olish priborini ko‗rikdan o‗tkazishi kerak. 
Hisobga olish priborlarini ko‗rikdan o‗tkazish yoki to‗lov hujjatidagi 
xatoliklar to‗g‗risida murojaat qilish iste‘molchini to‗lov hujjatidagi to‗lovni 
belgilangan muddatda to‗lash majburiyatidan ozod qilmaydi. 
Agar hisobga olish priborlari ko‗rsatkichlaridagi aniqlik chegarasidan og‗ishlar 
mazkur hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq 


90 
bo‗lmasa, bunday chetga chiqishlar yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan chetga 
chiqishlar deb hisoblanadi. 
Agar to‗lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini ko‗rikdan 
o‗tkazishdan keyin (shu jumladan iste‘molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-
kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‗lov hujjatini 
yozishda amalga oshiriladi. 
63. Hisobga olish pribori iste‘molchining aybi bilan buzilgan (plombasi 
buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish 
sxemasi o‗zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar 
ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‗g‗irlangan hollarda, hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchini elektr tarmog‗idan uzib qo‗yishga 
haqlidir va hisobga olish priborlari 
oxirgi marta o‗zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab 
butun o‗tgan, ammo da‘vo muddatidan ko‗p bo‗lmagan, davr uchun elektr
qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste‘molchining elektr ta‘minoti 
shartnomasida ko‗rsatilgan ishlash soatlari bo‗yicha energiya sarfini qayta hisoblab 
chiqishi shart. Bunda hisobga olish pribori ko‗rsatkichini yozib olish ulash 
sxemasini tekshirish deb hisoblanmaydi. 
64. Elektr energiyasi sarfini qayta hisob-kitob qilish iste‘molchini elektr 
energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
65. Elektr energiyasini hisobga olish iste‘molchining aybisiz vaqtinchalik 
buzilganda etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy
elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‗yicha, hisobga olish buzilishiga
qadar bo‗lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan 
keyingi davrdagi o‗rtacha sutkalik sarf bo‗yicha amalga oshiri-ladi. 
Elektr energiyaning o‗rtacha sutkalik sarfi bo‗yicha hisob-kitob qilish davri bir 
oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur. 
Agar hisobga olish priborini, ob‘ektiv sabablarga ko‗ra, ko‗rsatilgan muddatda (tok 
transformatorining, hisobga olish priborining yo‗qligi, o‗tib bo‗lmaydigan yo‗llar 
va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‗lmasa, iste‘molchiga etkazib
berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash 
muddati iste‘molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki tomonlama 
bitimi bilan belgilanishi kerak. 
66. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi o‗rtasida hisob-kitob 
qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi tarmoqlarining balans bo‗yicha 


91 
mansublik chegarasida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 68-bandida 
ko‗rsatilgan holatlar bundan mustasno. 
67. Hisob-kitob davrida iste‘molchilarga etkazib berilgan elektr energiya-si 
miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomoni-dan 
qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‗rtasidagi tafovut,
«O‗zdavenergonazorat» DI tasdiqlagan me‘yorlar miqyosida ushbu elektr
tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo‗lishiga ketgan elektr energiyasi 
texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hududiy elektr tarmoq-larining davr 
harajatlariga o‗tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig‗ini hisoblashda 
chegirilmaydi.
Mazkur band Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilish-ning 
avtomatlashtirilgan tizimi bilan qamrab olinmagan elektr tarmoqlari-ga nisbatan 
2011 yil oxirigacha bo‗lgan davrda amal qiladi. 
68. Hisobga olish pribori elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha mansublik 
chegarasida o‗rnatilmaganda, elektr tarmog‗ining chegarasidan hisobga olish
pribori o‗rnatilgan joyigacha bo‗lgan uchastkadagi elektr energiyasining 
texnologik sarfining hajmi iste‘molchi bilan birgalikda hisoblash yo‗li orqali
aniqlanadi va elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha mansubligiga qarab hududiy
elektr tarmoqlari korxonasining va iste‘molchining hisobiga o‗tkaziladi.
69. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo‗yicha 
iste‘molchining elektr tarmog‗i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning 
elektr tarmog‗iga uzatilganda, iste‘molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi
texnologik sarfining bir qismi, iste‘molchining elektr tarmog‗iga kelib tushgan
elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining elektr tarmog‗iga iste‘molchi tomonidan uzatilgan elektr
energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda yagona elektr energetikasi tizimining
elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o‗tkaziladi. 
70. Iste‘molchining aybi bilan elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatil-gan 
elektr energiyasi hajmi to‗liq iste‘mol qilinmagan taqdirda, avans tari-qasida 
to‗langan mablag‗lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi
hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
71. Iste‘molchining elektr energiyasi uchun qarzi bo‗lgan taqdirda uning avans 
to‗lovi hisobiga o‗tkazilgan mablag‗lari qarzni qoplashga yunaltiriladi va avans 
to‗lovi sifatida hisobga olinmaydi. 
72. Iste‘molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob 
bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad
etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta‘minoti shartnomasi-ga
muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda iste‘molchining bankdagi
hisob raqamiga to‗lov talabnomasi qo‗yish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 


92 
73. Iste‘molchi egallab turgan binosidan uni berish, sotish yoki boshqa 
sabablarga ko‗ra ko‗chib ketgan taqdirda, u bu haqda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiya-si 
uchun ko‗chib ketish kunigacha to‗liq hisob-kitob qilishi shart, shundan sung
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ob‘ektga elektr energiyasi etkazib berishni 
to‗xtatadi. Yangi iste‘molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr 
tarmog‗iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
74. Tomonlar, ularning xohish va harakatlariga bog‗liq bo‗lmagan tabiiy ofatlar 
yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bo‗lmaydigan 
va oldindan bilib bo‗lmaydigan favqulodda holatlarni o‗z ichiga olgan engib 
bo‗lmas kuch (fors-major) oqibatida o‗z zimmasiga olingan majburiyatlarni
bajara olmasa, tomonlardan hech biri o‗z majburiyatlarini to‗liq yoki qisman 
bajarmaganligi uchun javob bermaydi. 
75. Agar ko‗rsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada 
belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta‘sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-
major holatlarining amal qilish, ammo elektr ta‘minoti shartnomasining amal qilish 
muddatidan ko‗p bo‗lmagan vaqtga uzaytiriladi. 
76. Elektr qurilmalari iste‘molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan ulangan taqdirda,
elektr qurilmalari elektr tarmog‗idan darhol uzib qo‗yiladi,iste‘molchi-dan esa
ruxsatsiz iste‘mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste‘-molchi rasmiy 
ravishda davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan kundan boshlab o‗tgan vaqt mobaynida 
(tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‗lganda) yoki da‘vo muddati uchun ulangan elektr 
uskunalarining belgilangan quvvat bo‗yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi 
hisobidan undiriladi. 
Bunda ruxsatsiz iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatining undiri-lishi elektr
energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
77. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat 
zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to‗lovni yig‗ish funksiyalari-ni 
belgilangan tartibda xususiy operatorga o‗tkazishi mumkin. 
Elektr energiyasi uchun to‗lovni yig‗ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy 
operatorlar o‗z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish