76
14-Amaliy ish
Elektr energiyadan foydalanish qoidalari
Bir vaqtning o‗zida ishlab chiqarilishi va iste‘mol qilinishi bilan
tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida elektr energiyasini etkazib
berish,hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot
tarmog‗iga bevosita ulangan iste‘molchi o‗rtasida tuzilgan elektr ta‘minoti
shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga
oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun hujjatlariga muvofiq
«O‗zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va
belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‗yicha davlat inspeksiyasi
(keyingi o‗rinlarda «O‗zdavenergonazorat» DI deb ataladi) tomonidan
tasdiqlanib, sungra o‗rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o‗tkaziladi.
Iste‘molchi va elektr ta‘minoti korxonasi o‗rtasidagi shartnomada quyidagilar
nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste‘mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati
ko‗rsatkichlariga rioya qilish bo‗yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari;
elektr tarmoqlarining balans bo‗yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va
elektr qurilmalariga xizmat ko‗rsatish chegaralari;
hisobga olish priborlarini o‗rnatilgan joyi;
iste‘molchilarning elektr energiyasi uchun haq to‗lash bo‗yicha tarif guruhlari;
foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur exnik
holatini va xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha shartlar;
iste‘molchilarni, subiste‘molchilarni elektr tarmog‗iga ulash tartibi
(iste‘molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa
ma‘lumotlar);
elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bron darajasigacha etkazib
berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab
chiqarishning, ko‗rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste‘molchilar
tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy
xizmat ko‗rsatilishi kerak bo‗lgan iste‘molchilar uchun);
tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
fors-major holatlari;
tomonlarning rekvizitlari.
Elektr ta‘minoti shartnomasini tuzish, uni o‗zgartirish, bekor qilish yoki amal
qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun huj-jatlariga,
shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
77
Subiste‘molchilar elektr ta‘minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari
korxonalari roziligiga binoan iste‘molchilar bilan tuzadilar.
4. Iste‘molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun
«O‗zstandart» agentligi yoki uning o‗lchov vositasi turini tasdiqlash
to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo‗lgan hududiy
bo‗linmalari tomonidan ro‗yxatdan o‗tkazilgan Elektr energiyasini hisobga
olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan
elektron hisobga olish priborlari qo‗llanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchi bilan birgalikda
iste‘molchilar iste‘mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash
uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste‘molchilardan
tashqari) ko‗rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‗lganda hisobga olish
priborlarini ulash sxemasini tekshirib ko‗rishi kerak.
Aholida Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‗ra maishiy iste‘molchilarning hisobga
olish priborlari ko‗rsatkichlarini birgalikda yozib olish, zaruriyatga qarab,
hududiy
elektr
tarmoqlari
korxonalari
xohishi
yoki
iste‘molchilar
buyurtmanomalari bo‗yicha amalga oshiriladi.
5. Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o‗zgargan taqdirda, hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida un besh kun oldin qarorni
ommaviy axborot vositalarida e‘lon qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining
2010 yil 17 maydagi 92-son qaroritahririda — O‗R QHT, 2010 y., 20-son, 152-
modda)
Bunda elektr energiyasiga tariflar o‗zgargan sanadan qat‘i nazar, elektr
ta‘minoti shartnomasi o‗z kuchida qoladi va iste‘molchi olingan elektr energiyasi
va quvvati uchun Yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab u bo‗yicha haq
to‗lashga majburdir. (5-bandning ikkinchi xatboshi O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-son qaroritahririda — O‗R QHT,
2010 y., 20-son, 152-modda) Bunda iste‘molchi, tarif oshirilgan taqdirda, elektr
energiyasining to‗lov kunidan boshlab 12 oydan ko‗p bo‗lmagan vaqt uchun avans
tarzida haq to‗langan miqdori
uchun qo‗shimcha to‗lovlardan ozod qilinadi.
6. O‗z tarmoqlari orqali subiste‘molchilarga elektr energiyasini etkazib
beruvchi iste‘molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta‘minoti
shartnomasini, subiste‘molchilarning elektr energiyasi iste‘molini hisobga
olgan holda, elektr energiyasining umumiy (yig‗ma) miqdori bo‗yicha tuzadilar.
7. Iste‘molchi o‗ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat
78
miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‗lgan qo‗shimcha elektr
qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta‘minoti
uchun qo‗llanishdan tashqari).
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchiga (maishiy
iste‘molchilardan tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr
ta‘minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‗zaro kelishgan
elektr energiyasi etkazib berish rejimiga rioya qilgan holda etkazib berishga
majburdir.
9. Sanoat iste‘molchilari va ularga tenglashtirilgan iste‘molchilar
quyidagilarga majbur:
mahsulot birligini ishlab chiqarish, (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr
energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan — umumiy
ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bo‗yicha; yillik,
choraklik va oylik —progressiv me‘yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (o‗zgartirilishi) va
Yangi texnika joriy etilishi bilan ularni qayta ko‗rib chiqish;
umuman korxona bo‗yicha, shu jumladan ko‗p energiya sarflaydigan
uskunalar,
sexlar va iste‘molchilar guruhlari bo‗yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish
hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiya-sidan
foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz
sarflanishi va isrof bo‗lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish
bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlari-ning
energiya
o‗tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta‘minoti sxemalarini
takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab
chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mo‗ljallanayotgan prognoz
hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi me‘yorlaridan kelib chiqib, ularni
kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr
energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;
mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan
me‘yorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bo‗yicha belgilangan
tadbirlarning bajarilishini ta‘minlash;
elektr energiyasini tejash bo‗yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. «O‗zdavenergonazorat» DI
tomonidan iste‘molchida energiyadan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq)
nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo‗yicha
tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, hududiy
elektr tarmoqlari korxonasi aniqlangan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish
79
holatlaridan kelib chiqqan holda energiya iste‘mo-lining shartnomadagi
miqdorini kamaytirishga haqlidir.
10. Elektr tarmog‗i xo‗jaligi ob‘ektlaridagi avariyalarning oldini olish va
bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta‘minlash ishlari bilan bog‗liq
kechiktirib bo‗lmaydigan chora-tadbirlarni ko‗rish zarur bo‗lganda, iste‘molchi
bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan
holda, elektr energiyasini uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yo‗l qo‗yilishi
mumkin.
11. Ob‘ektning elektr ta‘minoti loyihasida ko‗zda tutilgan, o‗zaro
zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta
avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo‗yilishi (sabablaridan qat‘i
nazar) elektr ta‘minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
12. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste‘mol qilish sohasidagi
me‘yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga
muvofiq «O‗zdavenergonazorat» DI tomonidan amalga oshiri-ladi.
13. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste‘molchi elektr
qurilmalarining avariya xavfi tug‗diradigan yoki odamlar hayotiga xavf
soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda «O‗zdavenergonazorat» DI
elektr energiyasi etkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‗xtatib
qo‗yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo‗yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan
energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
15. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste‘molchilarni
foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati
va xavfsizligi ta‘minlanishi, elektr energiyasi iste‘molining belgilangan rejimiga
rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek elektr energiyasidan
foydalanish paytida paydo bo‗ladigan avariyalar, yong‗inlar, elektr energiyasini
hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to‗g‗risida
hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan
ozod qilmaydi.
16. Elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning texnik holatiga va ularni
ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo‗yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi
qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
17. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik O‗zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma‘muriy kodeksiga, Jinoyat
kodeksiga, «Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa
80
qonun hujjatlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste‘molchi
o‗rtasida tuziladigan elektr ta‘minoti shartnomasida belgilab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |