5-ma’ruza Sanoat korxonalarini rekonstruktsiya qilish zaruriyati. Arxitektura yechimlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar



Download 56,16 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi56,16 Kb.
#912349
  1   2   3

5-ma’ruza
Sanoat korxonalarini rekonstruktsiya qilish zaruriyati. Arxitektura yechimlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.
Reja:
1. Sanoat korxonalarini rekonstruktsiya qilish zaruriyati.

  1. Arxitektura yechimlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.

Tayanch so’z va iboralar: hajmiy-rejaviy tizim, yangilanish, rekonstruktsiya, kegayish, konstruktsiyalarni kuchaytirish, demontaj ishlari.
1. Sanoat korxonalarini rekonstruktsiya qilish zaruriyati. Ishlab chiqarish binolarini rekonstruktsiyalashda quyidagi masalalar hal qilinadi:

  1. Modernizatsiya qilinadigan yoki yangi joylashtirilayotgan ishlab chiqarishning ehtiyojiga qarab binoning hajmiy-rejaviy tizimni ishlab chiqish, binoning vazifasi o’zgargan holda esa yangi joylashtiriladigan tsex talablari bilan bog’lanish lozim;

  2. Ishlab chiqarishning yangi talablariga ko’ra mavjud yuk ko’taruvchi, to’siq konstruktsiyalarning ekspluatatsiyaviy sifatini oshirish;

  3. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, hamda rekonstruktiv qurilish ishlarini o’tkazish sharoitlari, jumladan, texnologik jarayonlarni to’xtamasdan olib borish bilan bog’liq bo’lgan binoning asosiy parametrlarini (rejaning konfiguratsiyasi, xona)ning balandligi, ustun (setkasi) o’zgarishi;

  4. Modernizatsiya qilinayotgan ishlab chiqarish korxonasining ehtiyojini ta’minlash va ishchilarga talabdagi me’yoriy ish sharoiti yaratish uchun injenerlik tizimlarini modernizatsiyalash;

  5. Zamonaviy talablar, korxonaning umumiy kompozitsiyasi va sanoat estetikasini hisobga olgan holda binoning me’moriy badiiy sifatini va uning interьerlarini mukammallashtirish.

Ishlab chiqarish korxonasining texnikaviy qayta qurollanishi va rekonstruktsiya jarayoni, ko’p hollarda texnologik jihozlarni almashtirish, turli qism va bo’limlar nisbatini o’zgarishi va buning bilan bog’liq bo’lgan katta-kichik qayta rejalashlar bilan birga olib boriladi. Qisman yoki to’la qayta rejalashga bo’lgan ehtiyoj sanitariya yoki o’t o’chirish tavsiflarini qo’llash orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishni rekonstruktsiyalashda arxitektura yechimlarini shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar:

  1. Mehnat unumdorligini oshiruvchi va tsehlarda doimiy talabdagi mikroiqlim sharoitini saqlab turuvchi yangi texnologik jarayonlar va jihozlarni keng joriy etish;

  2. Ishlab chiqarishdagi talablarni va injenerlik ta’minotini oshishi va shu bilan bog’liq bo’lgan elektroenergiya, issiqlik energiyasi, hamda suv sarfining oshishi;

  3. Ishlab chiqarish jarayonlarini majmuiy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  4. Korxonaning tarkib topgan tizimini o’zgartirish ehtiyojidan kelib chiquvchi, ishlab chiqarishni tashkil qilishni yangi xududiy shakliga o’tish.

Ishlab turgan korxona sharoitida ishlar tavsifi binolarni loyihaviy yechimlari sohasida va ularni barpo etish texnologik jarayonlarida rekonstruktsiya ishlari yangi qurilishdan jiddiy farqlanadi. Bu esa yangi qurilishga xos bo’lmagan qator omillarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ish olib borish sharoitidagi yuqori darajadagi tig’izlik va qurilish – montaj ishlarini korxonaning asosiy faoliyati bilan qo’shib olib borish ehtiyoji tufayli nihoyatda murakkablashadi. Rekonstruktsiya qilinadigan binoning hajmiy-rejaviy konstruktiv yechimlari qurilish mashinalarining oqilona jamlamasidan foydalanish va qurilish – montaj ishlarini oqim usulida tashkillashtirish imkonini chegaralab qo’yadi. Bu esa bajariladigan ishlar mehnatsarfliligini oshishiga, ish vaqtini noishlab chiqarish sarflanishiga, qurilish mashinalaridan kamsamarali foydalanishga olib keladi. Yuqoridagilar birgalikda yaxshigina iqtisodiy yo’qotilishlarga sabab bo’lib, qator hollarda smeta xujjatlariga tegishli to’g’rilash koeffitsientlarini qo’llash imkoni bo’lmaydi. Bunday nohush oqibatlar ayniqsa qurilish konstruktsiyalarini montaj va demontaj qilish jarayonlarida namoyon bo’ladi.
Rekonstruktsiyalashda yangi qurilishga xos bo’lmagan, konstruktsiyalarni demontaj qilish, ularni kuchaytirish, ayrim konstruktiv elementlarni almashtirish, inshootni ajratish kabi majmuiy ishlarni bajarish ehtiyoji paydo bo’ladi. Konstruktsiyani kuchaytirish bo’yicha demontaj ishlarining xususiyati shundan iboratki, ularda hamisha binoning saqlab qolinadigan qismlari va kuchaytiriladigan konstruktsiyalarining ustivorligini ta’minlash bo’yicha bajariladigan majmuiy ishlar birga bo’ladi. Bu ishlar odatda ishlab turgan tsexlar sharoitida bajariladi. SHu sababli ularni mexanizatsiyalash qiyinlashadi. Bunda asosiy montaj qilish vositalari eng oddiy montaj moslamalari – lebedkalar, tallar, polispastlar , domkratlar, montaj balkalari ishlatiladi. SHu bois ishchi o’rinni tashkillashtirishda anchagina noishlab chiqarish mehnat sarflariga va ish olib borish jarayonida yuqori darajada mehnat sarfiga olib boradi.
Mavjud konstruktsiyalarni demontaj qilmasdan tsexlarni geometrik parametrlarini: kolonna oraliqlarini, ayrim konstruktiv elementlarni tanlov bo’yicha almashtirish ishlari maxsus ishlar toifasiga kiradi. Binolarning balandlik va rejaviy gabaritlarining chegaralanganligi ko’p hollarda montaj kranini qo’llash imkonini bermaydi. Bunday ishlarni bajarish uchun qulay bo’lgan maxsus mashinalar kompleksi hozirgi vaqtda yetarli emas.

Download 56,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish