«Qoraqalpoq xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» ajning «Elektr energiyasini hisoblash uskunalaridan foydalanish xizmati» to‘g‘risida



Download 8 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi8 Kb.
«Qoraqalpoq xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning «Elektr energiyasini hisoblash

uskunalaridan foydalanish xizmati» to‘g‘risida
«O‘zbekenergo» DAKning buyrug‘isga asoslanib «Qoraqalpoq xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda 2007-yilda 20 nafar xodimdan iborat «Elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va almashtirish guruhi» tashkil qilindi.

2012-yilga kelib bu guruhning ish faoliyatining kengayishi munosabatidan «Elektr energiyasini hisoblash uskunalaridan foydalanish xizmati» (EEXUFX) bo‘lib toshkil etildi. EEXUFX jamiyatimizning barcha tuman va shaharlaridagi elektr energiyasi iste’molchilariga elektr hisoblagich usukunalarini almashtiradi va o‘rnatadi. Hozirgi vaqtda xizmatda 85 ta xodimlar o‘z ishlarini faol yuritib kelmoqda.http://old.kkaetk.uz/data/uploads/foto/monter.jpg

Bugungi kunda xizmat tomonidan Nukus shahri hududidagi maishiy iste’molchilarda mavjud bo‘lgan hisobga olish priborlarini almashtirish hamda elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron hisobga olish priborlarini o‘rnatish (yangidan ulanadigan iste’molchilardan tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Ya’ni eski elektr hisoblagichlarni yangi zamonaviy IC-kartali oldindan to‘lov amalga oshiriladigan ko‘p funktsiyaga ega elektron elektr hisoblagichlarga olmashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xar bir o‘rnatilgan elektron elektr hisoblagichlarga raqamlangan plombalar o‘rnatiladi va elektron hisoblagich o‘rnatilganligi to‘g‘risida 2 (ikki) nusxada dalolatnoma tuziladi va bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi nusxasi EEHUFXga olib kelinib topshiriladi va ro‘yhatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ning 6-bo‘lim 66-bandiga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish va hisob-kitob qilish uchun elektr hisoblagichlar hududiy elektr tarmoєlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasiga chiqarilmoqda.http://old.kkaetk.uz/data/uploads/foto/schetchik.jpg

Hozirda o‘rnatilayotgan bir fazali DDSY283M, DDSY283, CE-102 energomera, DDSU28 universal va boshqa-da markali elektron elektr hisoblagichlar ko‘p funktsiyaga ega bo‘lib, iste’molchilarning foydalanish quvvatini cheklash, transformatorlarning ortiqcha yuklanib yong‘in kelib chiqishining oldini-olish maqsadida elektr hisoblagichlarni cheklab qo‘yish imkoni mavjud.

Agar iste’molchining cheklangan quvvatlikdan foydalanish quvvati oshib ketsa 60 sekunddan keyin avtomatik holatda o‘chirish funktsiyasi ishlab, elektr hisoblagich o‘chadi va 3 daqiqadan keyin elektr hisoblagich oynasi (displeyi)da 180 sekund orqaga sanaydi hamda elektr hisoblagich qayta ishga tushadi. Agarda iste’molchi foydalanayotgan quvvatini kamayttirmasa shu holat takrorlanadi. Bu elektron hisoblagich oldin-ola to‘lash funktsiyasiga ega bo‘lib, kiritilgan kV/soat (kVt) elektr energiyasi uchun elektr hisoblagichda 9999 kV/soatni ko‘rsatsa, o‘nda bu elektr hisoblagichga ortiqcha kV/soat kiritilmaydi. Elektr hisoblagichlarga o‘zi bilan faqat bir dona plastik karta qo‘shib kelinadi. Plastik karta elektr hisoblagichning zavod raqami bilan raqamlab, kompyuterdan programmalashtirilib 30 kV/soat kiritiladi va iste’molchilarga o‘rnatish uchun ro‘yhatdan o‘tkaziladi.
http://old.kkaetk.uz/data/uploads/foto/domiki.jpg
Elektr hisoblagichlarning funktsiyalari:

• TOTAL- Jami iste’mol qilingan elektr energiya.

• ODD- Iste’mol qilinmagan elektr energiya.

• POWER- Elektr energiyaning miqdori.

• LIMIT- Cheklangan quvvatlik.

• BUY - Amalga oshirilgan to‘lovlar soni.

• LOW - Ogohlantirish.

• ID- Elektr hisoblagich zavod raqami.



• CUT- Elektr hisoblagichning o‘chirilganligini bildiradi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa