62
tarkibida bo‗lib, ulardagi murakkab kimyoviy reaksiyalar, ya‘ni
modda
almashinuvi jarayoni suv ishtirokida o‗tadi. Odam tanasining 60—80 %
ini suv tashkil etadi. Agar lirik organizm 10—20 % gacha suv yo‗qotsa, u
nobud bo‗ladi. Mutaxassislarning fikricha, kelgusida metall zaxiralari
tugab qolsa, unining o‗rniga plastmassadan tayyorlangan materiallar
ishlatiladi, hayvon va o‗simlik mahsulotlaridan olinadigan oziqa moddalar
yetishmasa, uning o‗rniga sintetik moddalardan tayyorlangan oziqa
moddalar iste‘mol qilinadi, hatto havo o‗rnida
ham gazlar aralashmasi
ishlatilishi mumkin, ammo hech qachon suvning funksiyasini boshqa
biron modda bajara olmaydi. Suv tugamaydigan resurslar qatoriga kirib,
uning aylanma harakati natijasida suv zaxiralari tiklanib turadi. Kishilar
suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko‗l bo‗yida uylar,
shaharlar qurib yashaganlar, ko‗chmanchi
xalqlar doimo suv bor joyni
izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo‗lgan joylarga
intiladilar. Suvda cho‗milib turish kishi salomatligini saqlashda va
chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek,
―Bizning sayyoramizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning
mo‗jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv yetarli bo‗lishi
kerak‖.
Agar biz dunyo xaritasiga nazar tashlasak, yerimizning to‗rtdan uch
qismini okean, dengiz, ko‗l va daryolar egallaganini ko‗ramiz. Dengiz va
okean suvlari sho‗r bo‗lib, ichish va sug‗orish ishlariga yaramaydi.
Iste‘mol qilishga yaraydigan toza suv miqdori juda oz.
Gidrosferadagi
umumiy suv hajmining atigi 2,24% ga yaqinini chuchuk suv tashkil etadi.
Aholining chuchuk suvga bo‗lgan talabini qondirish uchun ko‗pgina
mamlakatlar yerosti suvidan foydalanmoqdalar. Masalan, Daniya, Avstriya
100%, Gollandiya 70—80 %, Germaniya 40 % ehtiyojini yerosti suvi
hisobiga qondiradi. AQSH ning ko‗p shtatlarida yerosti suvlari qurib
qolgan. Buning sababi joylarda aholi soni va sanoat tarmoqlarining
ko‗payishi va yerosti suvining ko‗p olinaverishidir. Keyingi yillarda
shaharlarning suvga bo‗lgan talabi 10 martadan oshdi, ya‘ni
zamonaviy
shahar aholisi (bir kishi hisobiga) sutkasiga 300—500 litr suv sarflaydi,
holbuki har bir kishi uchun sutkasiga 25 litr suv zarur. Rivojlangan
mamlakatlarda har bir kishi bir yilda o‗z ehtiyoji uchun 1,5—2 mln litr suv
sarflasa, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu qiymat 20—30 ming litrni
tashkil qiladi.
Ma‘lumki, hozirgi kunda dunyo bo‗yicha 240 mln gektar yer
sug‗orilib, dehqonchilik qilinadi. Shuning uchun ham suvni eng ko‗p talab
63
qiladigan katta iste‘molchisi qishloq xo‗jaligi hisoblanadi. Dunyo bo‗yicha
1 gektar yerni sug‗orish uchun 8—12 kubometr suv sarflanadi, 1 gektar
sholi yetishtirish uchun 12—30
mln litr suv kerak, 1 tonna paxta
yetishtirish uchun 10 ming litr suv zarur. 0‗zbekistonda 2,8 mln gektar
sug‗oriladigan yer mavjud, ya‘ni respublikamizning suvga bo‗lgan ehtiyoji
kattadir.
Sanoatda, ayniqsa, kimyo korxonalarida toza suv ko‗p miqdorda
ishlatiladi. Masalan, 1 tonna rezina ishlab chiqarish uchun 3500 tonna, 1
tonna shakar ishlab chiqarish uchun esa 100 tonna chuchuk suv zarur.
Issiqlik va AESlarda stansiyalar agregatlarini sovitishda ko‗p miqdorda suv
ishlatiladi. Masalan, quvvati 4,8 mln kvt soat bo‗lgan Sirdaryo issiqlik
elektr stansiyasi kondensatorini sovitish uchun sekundiga 150—180 litr
kub suv sarflaydi. Kelgusida sanoat tarmoqlarining ko‗payishi va madaniy
ehtiyojlar uchun yanada ko‗p suv zarur bo‗ladi. Urbanizatsiya jarayonining
taraqqiyoti aholining suvga bo‗lgan talabini yanada kuchaytiradi.
Ko‗pgina joylarda, ayniqsa, Osiyo va Afrika qit‘alarida
joylashgan
mamlakatlarda suv juda tanqis. Masalan, Angolada bir litr ichimlik
suvining qiymati 120 litr benzinga teng. Ba‘zi mamlakatlar, masalan,
Malta davlatining atrofi dengiz suvi bilan o‗ralgan bo‗lsa ham ichimlik
suvini boshqa mamlakatlardan sotib olib kelib o‗z xalqini ta‘minlaydi.
Kelgusida chuchuk suv eksporti va importi yanada kuchayadi.
Mamlakatimizning ba‘zi joylarida ichimlik suvi juda tanqis.
Masalan, bir kunda bir kishiga o‗rtacha 15 litr suv zarur bo‗lsa, Orol
yaqinidagi Mo‗ynoq aholisiga bir kunda bundan bir necha marta kam
ichimlik suvi to‗g‗ri keladi. Respublikamizning 80 foiz aholisi toza suv
bilan ta‘minlangan. Respublikamizdagi mavjud suvning 90,2 % i
Do'stlaringiz bilan baham: