Vi. Bob. Sug’orish uchun suv manbalari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#711200
  1   2   3
Bog'liq
c6z5EjPRGG3ROlEj26txj0DkyQI5vJ8lWnDMrzhg




VI.Bob. Sug’orish uchun suv manbalari.
6.1.Suv manbasining turlari, xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar 
Suv resurslari - gidrosferadagi doimiy va tabiatda aylanish jarayonida qaytadan tiklanib turuvchi suv 
zaxirasi bo’lib, unga okeanlar, dengizlar, daryolardagi suvlar, muzliklar, yer osti va tuproqdagi suvlar, 
atmosferadagi suvlar kiradi. 
Suv zaxiralarini miqdorini baxolashda uning doimiy (statistik) va qaytadan tiklanib turuvchi suv resurslari 
tushunchasi mavjud. 
Doimiy (statistik) suv zaxiralari statistik xisoblashlarda foydalaniladigan mavjud barcha suv miqdoridir. 
Qaytadan tiklanib turuvchi suv resurslari zamonda (vaqtda) o’zgaruvchi, ya’ni bir turdan boshqa turga 
o’zgarib turuvchi suvlar bo’lib, yer sharida suvning aylanishi xamda quruqlik va okeanlar o’rtasida suv 
almashinuvi natijasida xar yili tiklanib turadi (16.1-rasm). U asosan daryolarning yillik oqimiga tengdir. 
yer sharida suvning taqsimoti 16.1-jadvalda keltirib o’tilgan. 
6.1-rasm. yer sharida suvning aylanishi
Er sharida suvning taqsimoti
6.1-jadval 
№ 
Nomlanishi 
O’lchov birligi 
Qiymati 

Okean suvlari 
mln. km3 
1120-1300 

Atmosfera suvlari 
mln. km3 
0,013 

Er osti suvlari 
mln. km3 
60-100 

Tuproq suvlari 
mln. km3 
50-90 

Muzliklar suvlari 
mln. km3 
20-30 

Ko’l va daryo suvlari 
mln. km3 
1-4 

O’simlik va tirik organizmdagi suvlar 
mln. km3 
0,006 
Sug’orma dexqonchilikda suv manbalari 
Sug’orma dexqonchilikda suv manbalar bo’lib: 



er usti suvlari: tabiiy daryolar va ko’llar, sun’iy suv omborlari; 
maxalliy oqim: tabiiy va sun’iy xovuzlarda yig’ilgan atmosfera yog’inlari suvlari; 
er osti suvlari; 
chiqindi suvlar; 
tashlama va zovur suvlari; 
dengiz suvlari (qayta ishlangan) hisoblanadi. 
Suv manbalari to’yinish tavsifiga ko’ra bir qancha guruxlarga bo’linadi 
muz-qor erishi xisobiga (Amudaryo, Zarafshon, So’x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog’i Oqsuv, 
Oqbo’ra, Panj, Vaxsh va boshqalar) -4500 m.dan yukori, muzning erishi 25-30 % (10-15); iyul-avgust, 30-
50 % (iyul-sentyabr)
qor-muz erishi xisobiga (Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar) -3400-4500 m. 
qorning erishi 30-40 % (yillik-15%); may-iyun. Eng kam suv yoz oxiri. 
qor erishi xisobiga (Oxangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G’ovasoy, Kosonsoy va boshqalar) -2000-3400 
m. qorning erishi 30-40 % (yillik-15%); mart-may. Eng kam suv avgust-sentyabr.
qor erishi-yomg’ir xisobiga to’yinuvchi (G’uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg’ob, Tajang va boshqalar) -2000 
m. Asossan mart-aprelda qorlarning va yomg’ir suvlari hisobiga - 80%. YOzning 2 yarimida suv xam 
bulmay qolishi mumkin. 
Bir marta sug’orish uchun suv manbasi bo’lib, limanlarda ushlab qolinadigan maxalliy oqimlar xizmat 
qiladi. 
Sug’oriladigan maydonlarda bir nechta suv manbalari mavjud bo’lsa, ularni tanlash texnik-iqtisodiy 
xisoblar orqali amalga oshiriladi.
Suv manbalaridan foydalanishda albatta ulardan kompleks foydalanish, ya’ni qishloq xo’jaligi, kommunal 
xo’jalik, sanoat, gidroenergetika, baliqchilik, suv transporti va boshqalarni suv bilan ta’minlash masalalari 
ko’riladi. 
Suv manbalarining ko’rsatgichlari 
Sug’orish uchun suv manbalari quyidagi ko’rsatgichlari bilan baxolanadi: suvining sifati, yillik va 
vegetatsiya davridagi suv oqimi miqdori, suv oqimining yillar bo’yicha o’zgarib turishi, suv sarfi rejimi, 
satxi va bosimining rejimi, sug’oriladigan maydonga nisbatan joylashganligi.
Suvining sifati uning temperaturasi, mexanik oqiziqlar miqdori, mineralizatsiyasi va kimyoviy tarkibi, 
bakteriologik tarkibi bilan xarakterlanadi. 
6.2.Suv manbasining sug’orish qobiliyati va boshqrish shartlari 
Manbadagi suv xajmi uning sug’orish qobiliyatini belgilaydi. Manbaning sug’orish qobiliyati - xisobiy suv 
bilan ta’minlanganlik yilida uning suvi bilan qancha maydonni sug’orish mumkinligidir. Suv manbasining 
sug’orishlik qobiliyati qishloq xo’jaligi ekinlarining sug’orish rejimini o’zgartirish, ya’ni kam suv iste’molli 
ekinlarni yetishtirishni rejalashtirish, sug’orish tizimining FIK qiymatini oshirish orqali amalga oshiriladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish