Aim.uz
Qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi va mahsulot yetishtirishni rejalashtirish
Dehqonchilik tarmoqlarini tashkil qilish, korxonaning perspektiv va yillik rejalarini hamda ishlab chiqarish bo`limi va bo`g`inlarining xo`jalik hisobi topshiriqlarini ishlab chiqishda hal qiluvchi omil – qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligini rejalashtirishdir. Ekinlar hosildorligini rejalashtirish eng murakkab va shu birga eng asosiy ko`rsatkich hisoblanadi. Chunki hosildorlik ishlab chiqarishning hamma xususiyatlari, ularning ekinga ta’sirini o`zida mujassamlashtiradi. Ishlab chiqarishning ayrim omillari ekinlar hosildorligiga bevosita ta’sir etsa va bu ta’sirni ma’lum darajada miqdor jihatdan hisoblash imkoni bo`lsa-da (masalan, meneral va organik o`g`itlar, suv ta’minoti, yerning zaxini qochirish, yangi nav urug`lik, chuqur shudgor qilish va hokazolar), lekin boshqalari ekinlar hosildorligiga bilvosita ta’sir etganligi uchun ularning ta’sirini bevosita miqdor jihatdan hisobga olish ancha qiyin (mehnatni tashkil qilish, mehnatga haq to`lash ishlarni o`z vaqtida o`tkazish va hokazo).
Hosildorlik o`simlikchilik tarmoqlari faoliyatini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun hosildorlikni ilmiy asoslangan holda rejalashtirish shu tarmoqning iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy shartidir. Qishloq xo`jaligi korxonalari ishlab chiqarish dasturining bajarilishi moddiy-texnika ta’minoti, mehnat resurslariga bo`lgan talab, ayrim jamoa va ishchilarning moddiy manfaatdorligi hamda ishlab chiqarishning boshqa sohalari hosildorligi darajasiga bog`liqdir. Shuning uchun ham qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligini rejalashtirish va uning ilmiy asoslanganligini oshirishga keyingi vaqtlarda katta e’tibor berish talab qilinmoqda.
Qishloq xo`jaligi korxonalarining biznes rejasi hamda istiqbol rejasini tuzishda korxona faoliyatining bir necha yilligini chuqur tahlil qilish talab qilinadi. Bundan maqsad, korxona ishlab chiqarish xo`jalik faoliyatidagi ayrim qonuniyatlar, erishilgan yutuq va kamchiliklarni ochib tashlash, rejalarning bajarilishi va bajarilmasligiga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv sabablarni aniqlash, erishilgan yutuqlar, ilg`or xo`jalik, ilmiy tadqiqot ishlari yutuqlari bilan taqqoslash va ilg`or yutuqlarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ishlarini belgilashdan iborat.
O`simlikchilik bo`yicha ishlab chiqarish dasturining asosiy ko`rsatkichi bo`lgan hosildorlikni rejalashtirishda uning oldingi 3-5 yillik haqiqiy darajasini o`rganish, ilg`or jamoalar va tajriba xo`jaliklarida erishilgan hosildorlik bilan taqqoslash talab qilinadi. Shu bilan bir qatorda haqiqiy hosildorlik bilan rejalashtirilgan hosildorlik o`rtasidagi tafovutlar sabablarini aniqlashga e’tibor berish kerak. Buning uchun ekinlarni ekish, o`g`it me’yori, ekinlarga solish vaqti va usullari, ekinlarning almashlab ekish dalalarida joylashishi, suv bilan ta’minlanishi va yerning meliorativ holati, ekiladigan urug` navi, ishlarni bajarish agrotexnika muddatlari va ishlab chiqarishning boshqa tashkiliy va texnologik omillari chuqur va har tomonlama o`rganilishi kerak.
Hosildorlikni oshirishning samarali vositalaridan biri mineral va organik o`g`itlardan to`g`ri foydalanishdir. Shuning uchun bir gektar yerga o`g`it solishning rejadagi me’yori keyingi 3-5 yildagi darajasi bilan taqqoslanadi. Xo`jalikda keyingi uch yilda ekinlarga berilgan o`g`it me’yori 1-ilovada keltirildi. Korxonaning yer, iqlim, agrotexnika va iqtisodiy sharoitlarini to`la hisobga olgan holdagina hosildorlikni to`g`ri rejalashtirish va ilmiy jihatdan asoslash mumkin.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ko`paytirishning asosiy yo`li jadallashtirish, yerlarning iqtisodiy unumdorligini (hosildorligini) oshirishdir. Tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holati va suv bilan ta’minlashni yaxshilash, organik va mineral o`g`itlardan keng foydalanish jami agrotexnika tadbirlarini qisqa muddatda yuqori darajalarda bajarish orqali erishish mumkin. Bundan tashqari, hosildorlikka ta’sir etuvchi omillarning xar biri o`zi alohida ta’sir etmasdan, balki o`zaro bog`liq va bir-birini to`ldirgan holda ta’sir etgandagina yuqori natija beradi, bunda hal qiluvchi omil mehnatdir. Boshqa hamma omillar shu mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, ekin yeri uchun qilingan mehnat unumdorligiga, ya’ni ekinning hosildorlik darajasiga tabiiy sharoitlar, tabiiy omillar ham katta ta’sir ko`rsatadi. Qulay ob-havo sharoitidagiga qaraganda unumdorlikka yoki hosildorlikka erishish imkonini beradi. Natijada ob-havo qulay kelgan yillarda noqulay kelgan yillardagi singari bir xil hajmda mehnat sarf qilinsada, lekin hosildorlik yuqori bo`ladi.
Bu hol ekinlar hosildorligini rejalashtirishda bir yillik natija bilan cheklanib qolmay, balki kamida 5-6 yillik o`rtacha darajaga asoslanishni talab qiladi. Rejalashtiriladigan hosildorlik qancha uzoq muddatga hisoblanadigan bo`lsa, erishilgan o`rtacha hosildorlik darajasini shuncha uzoq muddatga asos qilib olish maqsadga muvofiqdir.
Hosildorlikning erishilgan darajasini o`rganish va tahlil qilishda korxona joylashgan hududdagi davlat urug` sinash uchastkalari, tajriba stantsiyalari va ilg`or xo`jaliklar hamda brigadalarning hosildorlikni oshirish tajribalari umumlashtirilishi kerak. Tahlil qilish orqali o`rtacha hosildorlik hamda o`rtacha yillik o`sish sur’atlari aniqlanadi. Qabul qilinganyoki erishilgan o`rtacha yillik o`sish sur’atiga ko`ra, ma’lum istiqbol yilga hosildorlik darajasi rejalashtiriladi. O`rtacha hosildorlik darajasi quyidagi formulaga binoan aniqlanishi mumkin:
Bunda: X - ekin hosildorligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |