M - ekin maydoni;
n - yillar soni;
i - ekin turi.
Ancha uzoq (besh, o`n va hokazo yillar) davrdagi rivojlanishning o`rtacha yillik o`sish sur’atini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
1) Yillik o`sish sur’atlarining xossasi sifatida, ya’ni:
2) Oxirgi davrdagi mutlaq miqdorning dastlabki (bazis) davrdagi mutlaq miqdorga bo`lgan nisbati hosilasi sifatida, ya’ni:
Bu formulada: - o`rtacha o`sish sur’ati;
ma - har yilgi mutlaq miqdor;
m1 - bazis miqdor;
n - yillar soni.
Almashtiriladigan o`rtacha hosildorlik darajasi erishilgan o`rtacha (besh yillik) hosildorlikning o`rtacha o`sish sur’atiga ko`paytirish orqali aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari, hosildorlikni prognozlashda quyidagi to`g`ri tenglama formulasidan foydalanish mumkin:
Bunda: Un - prognozlashgan hosildorlik;
A - bazis qilib olingan bundan oldingi hosildorlik darajasi, ts;
V - o`rtacha qo`yilgan hosildorlik, s;
n - yillar soni.
«A» - funksiyaning to`g`ri parametri quyidagicha aniqlanadi:
«V» - funksiyaning parametri quyidagicha aniqlanadi:
18-jadval ma’lumotlariga ko`ra tenglama parametlari quyidagicha bo`ladi.
Hosil bo`yicha 2002-yilda paxta hosildorligi gektar boshiga 32,64 sentnerni tashkil qilishi kerak edi. Lekin shu yili ob-havoning qulay kelishi natijasida paxta hosildorligi bir oz yuqori bo`lgan. Umuman, bu usul hosildorlikning o`rtacha yillik o`sishini to`g`ri ko`rsatib beradi. To`g`ri chiziqli tenglamadan foydalangan holda keyingi yillarga paxta hosildorligini prognozlash mumkin. Masalan, 2007-yilgi hosildorligi 34,6 s/ga ni tashkil etishi mumkin.
13-jadval
O`zbekiston Respublikasi paxtachiligi misolida «A» va «V» funksiyalari parametrini hisoblash
Yillar
|
Yillarning tartib raqami
X
|
Haqiqiy hosildorlik darajasi, s/ga
U
|
Tartib sonini hosildorlikka ko`paytirish
XU
|
Tartib sonining kvadrati
X2
|
2002
|
1
|
30,0
|
30,0
|
1
|
2003
|
2
|
31,6
|
63,2
|
4
|
2004
|
3
|
30,2
|
90,6
|
9
|
2005
|
4
|
31,3
|
125,2
|
16
|
2006
|
5
|
33,3
|
166,5
|
25
|
2007
|
6
|
33,2
|
163,2
|
36
|
|
|
|
|
|
Hosildorlikni unga ta’sir etuvchi eng asosiy omillar ta’sirini hisoblab chiqish orqali rejalashtirish mumkin. Bunda ta’siri aniqlanadigan omildan boshqalari bir xil – o`zgarmagan bo`lishi kerak. Ta’siri hisoblanadigan shunday omillarga mineral va organik o`g`itlarning qo`llanishi, yangi urug`lik navlari, suv ta’minoti va hokazolar kiradi. Ilmiy tadqiqot institutlari ma’lumotlariga ko`ra, qo`shilgan hosilning yarmi mineral o`g`itlar hissasiga to`g`ri keladi. Paxtachilikda yerning tabiiy unumdorligi gektar boshiga o`rtacha 12-14 s hosil olishini ta’minlaydi. Qolgan hosil, ya’ni qo`shimcha hosil yerga qo`shimcha mehnat va mablag` sarflash natijasida, mehnat unumdorligi oshishi hisobiga yetishtirilgan. Haqiqatda sarf qilingan sof miqdordagi o`g`itning bir birligiga yetishtirilgan hosil bilib olingandan keyin uni rejalashtirilgan qo`shimcha o`g`it sarfiga ko`paytirish orqali qo`shimcha olinadigan hosil miqdori aniqlanadi:
bu yerda: Ur - rejalashtirilgan hosildorlik, ts-ga;
X - erishilgan o`rtacha hosildorlik, ts-ga;
Ukm - qo`shimcha o`g`it sarflash me’yori, ts;
Kx - o`g`it sarflash natijasida mehnat unumdorligi oshish hisobiga olinadigan hosil koeffitsiyent.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |