68
Ozon qavati zichlashtirilsa, qalinligi 3-5 sm atrofida bo‗lib,
yer sathidan
22-25 km yuqorida joylashgan, uni olimlarimiz ―biologik qalqon‖ deb ham
ataydilar.
Ozon qatlamiga bo‗ladigan ichki ta‘sirlarga insoniyat faoliyati kuchli
ta‘sir etmoqda. Kosmik parvozlar, reaktiv samolyotlar parvozi,
avtomobillar va boshqa manbalardan chiqayotgan gazlar, ayniqsa, sovitish
tizimlaridagi freon gazi bu qatlamning yemirilishiga kuchli ta‘sirini
ko‗rsatmoqda.
0‗tgan XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmidan keyin
sayyoramizdagi barcha mamlakatlarda sanoat,
transport vositalari va
qishloq xo‗jaligi tez sur‘atlarda rivojlandi. Aholisi bir necha milliondan
iborat yirik, sanoati taraqqiy etgan shaharlar paydo bo‗ldi. Sanoat
korxonalaridan, ayniqsa, kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan
zavodlardan, transport vositalaridan, qishloq xo‗jaligida qo‗llanilayotgan
moddalardan, otilayotgan vulqonlardan hamda neft mahsulotlarining yoqib
yuborilishidan chiqqan zaharli gazsimon moddalardan atmosfera havosi
ifloslanmoqda.
Mutaxassislarning
hisob-kitobiga qaraganda, so‗nggi yuz yil ichida
inson faqat yonilg‗i hisobiga havoga 400 mlrd tonnadan ortiq is gazini
chiqargan. Shuningdek, oltingugurt oksidi, azot oksidi, ammiak,
xlor va
boshqa gazlar havoga turli miqdorda chiqarilib turilmoqda.
Atmosferada karbonat angidrid gazining ko‗payib borishi natijasida
o‗ziga xos ―issiqxona‖ vujudga keldi. Bu esa Yer havosi haroratining
oshishi xavfini tug‗dirdi.
Har yili sayyoramizda ishlab chiqarish ehtiyojlari va yonish
jarayonlari uchun 10 mlrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada
kislorodning miqdorini tiklovchi va ko‗paytiruvchi yashil o'simliklar
maydoni yildan yilga kamayib bormoqda. Oqibatda kelajakda atmosferada
kislorodning kamayish xavfi tug‗ilmoqda.
Atmosfera havosi avtomobillardan chiqqan zaharli gazlar tufayli eng
ko‗p ifloslanmoqda. Hozirgi vaqtda avtomobillar sonining ko‗payib borishi
atmosfera va uning yerga yaqin qatlamlarida azot,
oltingugurt, uglerod
gazlari, qo‗rg‗oshin birikmalari va boshqa zaharli moddalar miqdorining
ko‗payib ketishiga olib kelmoqda. Avtomobillaming ko‗p qismi shaharda
mavjud bo‗lgani uchun ulardan chiqqan zaharli moddalar shaharlarda zich
joylashgan aholi sog‗lig‗iga ko‗proq ta‘sir etadi.
Atmosfera havosini avtomobillardan ifloslantirmaslik uchun ularning
dvigatellarini, ayniqsa, karburatorlarini takomillashtirish va nosozligining
oldini olish, kelgusida elektroavtomobilga o‗tish, avtobuslarni trolleybus,
69
tramvaylar bilan almashtirish kabi choralarni ko‗rish
katta ahamiyatga
egadir.
Ma‘lumki, atmosferaning quyi qatlami — troposferaning qalinligi
10—12 km bo‗lib, unda havoning 80% i to‗plangan. Ushbu qatlamda suv
va boshqa kimyoviy elementlarning aylanma harakati sodir bo‗ladi. Yer
atmosfera havosining o‗rtacha harorati Yer yuzasidan qaytgan radiatsiya
miqdoriga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: