O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BIOTSENOZ 
 
 
 
 
 
 
 
ABIOTIK MUHIT 
 
 
 
 
 
 
 
 
BIOGEOSENOZ
Yorug‗lik 
Harorat 
Namlik 
Tuproq 
Tog‗ 
jinslari 
Havo 
Yashil о‗simliklar 
kompleksi 
(produtsentlar) 
Mikroorganizmlar 
kompleksi 
(redutsentlar) 
Hayvon organizmlari 
kompleksi 
(konsumentlar) 


59 
2.2. Litosferaning xususiyati va ekologik muammolari. 
Litosfera(litos-tosh, sfera-shar, qobiq)deganda yerning 30-80 km. 
qalinlikdagi qattiq qobig‗i tushuniladi. Unumdorlik xususiyatiga ega 
bo‗lgan yer yuzasining ustki g‗ovak qatlami tuproq deyiladi. 
Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g‗oyat beqiyosdir. 
Tuproq biosferadagi modda aylanma harakatida asosiy rol o‗ynaydi. 
Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, 
moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim 
rol o‗ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat 
bo‗lib, iqlim, tog‗ jinslari, o‗simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning 
o‗zaro murakkab ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi. 1 gramm tuproqda 
milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o‗simliklar uchraydi. Yer inson 
uchun bebaho boylik bo‗lib hisoblanadi. Odamlar o‗zlari uchun zarur 
bo‗lgan oziq-ovqat, kiyim-kechakni yerdan olishadi. Kimyogarlar sintetik 
ovqatlar, tolalar tayyorlash uchun qanchalik urinmasinlar, inson uchun 
oziq-ovqatni, kiyimlarni, asosan yer yetishtirib beradi. Shuning uchun ham 
insoniyat tarixida bo‗lib o‗tgan urushlaming asosiy maqsadi boshqalarming 
unumdor yerlarini tortib olish bo‗lgan. Bundan bir necha million yillar 
ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat edi. Unga suv, shamol, issiq va 
sovuq havo harorati ta‘sir etib yemirganligi va tuproqqa aylanganligini fan 
allaqachon isbotlagan. Hosildor yerlarda o‗simliklar, hayvonlar paydo 
bo‗lgan. Chunki o‗simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali 
so‗rish xususiyatiga ega. Ammo inson bu boylikni saqlashni, undan 
oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. 
Tuproq hech qanday boshqa tabiiy boylik bilan almashtirib 
bo‗lmaydigan tabiiy resursdir. Uning o‗rnini bosadigan sun‘iy tuproq 
yaratish mumkin emas. Tuproq tugaydigan, ammo tiklanadigan resurslarga 
kiradi. Aniqlanishicha, 1 gramm tuproqda 1 mlndan oshiq sodda hayvonlar 
va tuban o‗simliklar uchraydi. Uning tarkibida 60 ga yaqin moddalar 
mavjud. Tuproq ko‗plab zararli va zararsiz mikroorganizmlarning hayot 
muhitidir. Shuningdek, tuproqda xilma-xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi 
organizmlar ham uchraydi. Tuproq tabiatdagi iflos moddalarni biologik 
yo‗l bilan tozalovchi, singdiruvchi, minerallashtiruvchi muhim vositadir. 
Tuproq o‗zini-o‗zi tozalash xususiyatiga ega. Shunday qilib tuproqning 
tabiat va jamiyat hayotidagi roli juda kattadir. 
Sayyoramizda mavjud bo‗lgan tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti 
davomida katta o‗zgarishlarga uchradi. Kishilik jamiyatining tarixiy 
taraqqiyoti davomida 2 mlrd gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar 


60 
yaroqsiz holga keldi. Hozirgi kunda sayyoramizda cho‗llanish, sho‗r bosish 
jarayoni tufayli yiliga 7 mln gektarga yaqin unumdor yer yaroqsiz holga 
kelmoqda. Hozirgi kunda sayyoramizda dehqonchilikda foydalanib kelina- 
yotgan yer 1,5 mlrd gektarga yaqin bo‗lib, u jami quruqlikning 10 % ini 
tashkil qiladi, o‗tloq va yaylovlar esa 2,6 mlrd ga ni yoki sayyoramizning 
17 % ini ishg‗ol etadi. Inson tuproq resurslaridan noto‗g‗ri foydalanishi 
oqibatida uning eroziyasi kuchaydi. Bu ayniqsa, sug‗orish sistemasida 
qo‗yilgan xatolikdir. Yer eroziyasi o‗rmon va to‗qayzorlaming yo‗qotilishi 
orqali sodir bo‗ldi. Aniqlanishicha, har kuni sayyoramiz bo‗yicha 3500 ga 
unumdor tuproq eroziyaga uchramoqda. 0‗zbekiston Respublikasining 
tog‗li rayonlarida, Mirzacho‗l, Zarafshon vodiysida va Amudaryoning quyi 
oqimidagi anchagina yerlar eroziyaga uchragan. Eroziyaga uchragan 
yerlaming hosildorligi 20—40 % ga kamayishi ma‘lum. 
Dunyo bo‗yicha aholi sonining sezilarli darajada ko‗payishi 
mahsulotlarga bo'lgan talabni bir necha marta (2 marta) oshirdi. Oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‗lgan talabning osha borishi, o‗z navbatida, tuproq 
eroziyasini kuchaytiradi. Chunki kishilar hosilni ko‗paytirish uchun yangi 
yerlami o‗zlashtirib, irrigatsion inshootlar qura boshlaydilar. Dastlab 
hosildorlik oshadi, keyinchalik yer eroziyaga uchrab, hosildorlik keskin 
kamayadi. Yerdan ko‗p hosil olay deb, uni eroziya holatiga keltirish ko‗p 
mamlakatlarda sodir bo‗lmoqda. Yaponiya, Xitoy, Nepal, Indoneziya, And 
mamlakatlarining tog‗li hududlaridagi yerni terrasa usulida haydab 
foydalanib kelishgan. Bunday yerlar ko‗chish, o‗pirilish orqali tez-tez 
yemirilgan. Shuningdek, kuchli yog‗ingarchiliklardan yerning yuza 
qavatidagi unumdor gumus qismi tez yuvilib ketgan. Ikkinchi jahon 
urushidan keyin arzon azot o‗g‗iti ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgach, 
AQSH va boshqa mamlakatlarda dehqonchilikda dukkaldi ekinlar bilan 
almashlab ekish usulidan voz kechiladi. Tuproq eroziyasining yuzaga 
kelishi sabablaridan yana bin AQSH va sobiq Ittifoq qishloq xo‗jaligida 
yirik texnikalarning qo‗llanilishi bo‗ldi. Bular mehnat unumdorligini 
oshirsa ham, ulaming ishlashi uchun ekin maydonlari kengaytirilib, 
daraxtlar bilan o‗ralgan kichik maydonlardan voz kechildi. Ko‗p joylarda 
ham ihota daraxtlari bo‗lmagan keng ekinzor yerlarda tuproq eroziyasi 
kuchaydi. 
Geolog Shildon Jatsonning hisob-kitobiga qaraganda, tuproq 
yuzasidagi unumdor gumus qismi yog‗ingarchiliklar ta‘sirida yuvilib, 
daryolarga, undan dengiz va okean suvlariga chiqish miqdori yiliga 24 
mlrd tonnaga yetdi. Masalan, Xitoydagi Xuanxe daryosidan 1980-yilda 1,6 
mlrd tonna, Gang daryosidan 1,4 mlrd tonna, Amazonkadan 363 mln 


61 
tonna, Missisipi daryosidan 300 mln tonna, Nil daryosidan 111 mln tonna 
unumdor tuproq okeanga oqib chiqqan. Yerning sun‘iy yo‗ldoshi orqali 
aniqlanishicha, Shimoliy Afrikadan Atlantikaga tushadigan mayda chang 
to‗zoni yiliga (1972— 1981-yillar) 100—140 mln tonnani tashkil etgan. 
AQSH olimlarining keltirgan ma‘lumotlariga ko‗ra, mamlakatda jami 413 
mln akr (1 akr (=) 0,4047 gektar) yerdan 1,53 mlrd tonna unumdor tuproq 
yer yuzasidan ajralgan. Hozirgi kunda sayyoramizda jami haydaladigan yer 
23 mlrd tonna unumdor qismidan ajralmoqda. Hosildorligi kamaygan 
bunday tuproqqa kimyoviy o‗g‗it berib, uning hosildorligini biroz oshirish 
mumkin, ammo uning strukturasini yaxshilab bo‗lmaydi. Sayyoramizda 
yildan yilga aholi soni ko‗payib borayotgan bir paytda bu holat odamlarni 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash muammosini yana ham keskin- 
lashtiradi. BMTning keltirgan dalillariga qaraganda, yaqin 10 yillarda 
dunyo bo‗yicha unumdor yerlarning yarmiga yaqinidan ajralib qolish 
mumkin. Masalan, sobiq Ittifoqda turg‗unlik yillarida qurilgan irrigatsion 
inshootlar (suv omborlari va kanallar) ta‘siridan 12 mln gektar unumdor 
yerning meliorativ holati buzilib, sho‗rlanib va zaxlanib ketdi, tarkibi 
buzildi. Har kuni 110 gektar, yilida 39,160 gektar unumdor yer, yo‗l, 
sanoat korxonalari va turar joylar qurish uchun olindi. Mutaxassislarning 
hisob-kitoblariga qaraganda, 250 yildan keyin (yer tarkibining buzilishi 
davom etaversa) sayyoramizda 1 gektar ham ekinzor yer qolmas ekan. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish