18. № Davolovchi – profilaktik tish pastalari
1. Davolovchi – profilaktik tish pastalariga qo‘yiladigan talablar?
_Tish yuvish pastalari neytral bo‘lishi, tozalovchi va silliqlovchi xususiyatga ega bo‘lishi, yaxshi ko‘rinishga, mazaga va hidga ega bo‘lishi kerak. Ular tozalovchi, dezinfekstiyalovchi, zararsiz bo‘lishi, davolovchi va profilaktik xususiyatga ega bo‘lishi zarur_
2. Davolovchi profilaktik tish pastalarining tarkibiy qismi?
Odatiy tarkibga qushimcha ravushda biologik aktiv qoshimchalar, vitaminlar, shifobaxsh osimliklar ekstrakti va eritmasi, tuzlar, mikroelementlar va fermentlar bilan boyitilgan boladi
3. Davolovchi profilaktik tish pastalarining ijobiy xususiyatlari? _________
Mazkur tish pastalari parodont va shilliq qavat to‘qimalariga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatib, milklardan qon oqishini, patologik cho‘ntaklardan yiring oqishini to‘xtatadi, milklar yallig‘lanishini to‘xtatadi, parodont va shilliq qavatlarda qon va modda almashinuvi jaraѐnini faollashtiradi.
4. Davolovchi profilaktik tish pastalarining turlari?
1. Osimlik moddalari tutuvchi
2. Tarkibida tuzlar saqlovchi
3. Tarkibida fermentlar saqlovchi
4. Tarkibida biologik aktiv moddalar saqlovchi
5. Karieska qarshi tarkibli tish pastalari
5. Davolovchi profilaktik tish pastalariga misollar keltiring!___
Lesnaya,Blendomed,Colgate,Grest,Chorodeyka, Paradontox,Paradontol,
Romashka,Protekter, Gembel va b.
6. Davolovchi profilaktik tish pastalar qanday bemorlarga tavsiya qilinadi.
Parodont xastaliklari bor, tishlarida koplab karies va uning asoratlari mavjud bemorlarga tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Karies profilaktikasida parodont va nokaries kasalliklari mavjud xollarda mazkur pastalarning samarasi yuqori ekanligi isbotlangan.
7. Davolovchi profilaktik pastalar tarkibiga kirgan komponentlar nechi guruhga bolinadi?
1. Osimlik moddalari tutuvchi
2. Tarkibida tuzlar saqlovchi
3. Tarkibida fermentlar saqlovchi
4. Tarkibida biologik aktiv moddalar saqlovchi
5. Karieska qarshi tarkibli tish pastalari
8. Tarkibida tuzlar saqlovchi tish pastalariga qanday minerallar kiradi?
Balzam tish yuvish pastasi o‘z tarkibida shifobaxsh mineral tuzlar kompleks mikroelementlar saqlashi tufayli parodont to‘qimasiga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi va yaxsht tozalovchi xususiyatga ega.
―YUbileynaya tish pastasi o‘z tarkibida shifobaxsh Morshinsk mineral suvidan ajratilgan yuqori kaliyli konsentrat va sulfat-magniyli komponent saqlashi tufayli milk va shilliq parda qon aylanishiga ijobiy tasir qilib toqimalar oziqlanishini yaxshilaydi. YAlliglanishga qarshi yuqori samarali tasir korsatib, yaxshi tozalovchi xususiyatga ega
9. Fermentlar tutuvchi tish pastalariga nimalar kiradi?
O‘z tarkibida fermentlar saqlovchi tish pastalari tish yumshoq karashlarini, ovqat qoldiqlarini, nikotinli karashlarni yaxshi eritib tozalash xususiyatga ega bo‘lgan shaxsiy gigiena vositalaridan hisoblanadi Belo-rozovaya, Osobaya, CHarodeyka
10. Biologik aktiv moddalar tutuvchi tish pastalari tarkibiga nimalar kiradi?
Mazkur guruhga kiruvchi tish pastalari o‘z tarkibida biologik aktiv qo‘shimchalar, xususan vitamin ―V‖, pantotenat kalsiy, boroglitserin tutib, yuqori darajada yalliglanishga qarshi samara berib, toqimaning tiklanish regeneratsiyasini taminlaydi. Bulardan tashqari ular bakteriostatik, antiseptik, bakteritsid, fungostatik, fungitsid tasirga ega bolganligi bois, ushbu pastalarni stomatitlarda, kandidozlarda, glossit, xeylitlarda, parodont yalliglanishlarida tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir.
Prima‖, ―Boroglitserinovaya‖, ―YAgodka‖ tish yuvish pastalari shular jumlasidandi
Do'stlaringiz bilan baham: |