1-MA’RUZA. KIMYO MAQSADI VA VAZIFASI. KIMYONING ASOSIY
QONUNLARI.
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari
2. Kimyo fanining paydo bo'lish tarixi.
3. Modda va materiya tushinchalari
4. Dalton atomistikasi. Elementlarning atom massalari va ularni aniqlash.
5. Kimyoning asosiy qonunlari.
Tayanch so’zlar:
modda, atom, molekula, daltonidlar, bertoloidlar, materiya,
proton, elektron, neytron, ion, allotropiya, valentlik, agregat holatlar, atom massa,
ekvivalent, ekvivalent hajm, molyar massa, zichlik.
O’quv mashgulotining maqsadi:
Talabalarga elementlarning atom massalari
haqida tushuncha berish, absolyut va nisbiy atom massalarni tushintirish.
Kimyo fanining maqsad va vazifalari, ahamiyati.
Hozirgi vaqtda kimyo xalq xo‘jaligida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Tabiatdan
faqat xom ashyo, ruda, toshko‘mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xom
ashyoni kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlab xalq xo‘jaligi uchun zarur mineral o‘g‘itlar,
pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar
tayyorlanadi.
Kimyo fani tabiiy materiallarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo‘shimcha
mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Turli
moddalar hosil qilishning birmuncha yangi samarali usullarini topadi va hokazo.
Bunda dastlabki ilmiy tekshirish institutlari va laboratoriyalari tashkil etildi, ular
kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yilliklar mobaynida sobiq ittifoqda qudratli
kimyo sanoati barpo etildi. Vatanimizda topilgan fosforli va kaliyli tuz konlari
asosida tog‘-kimyo kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, sintetik kauchuk, kalsiy karbid,
plastmassalar, texnika maqsadlarida ishlatiladigan rezina buyumlar ishlab
chiqariladigan korxonalar qurildi. Sun’iy tola, bo‘yoq, dorivor moddalar va
kinoplyonkalarning yangi xillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kimyo sanoatining azotli o‘g‘itlar,
kaliyli o‘g‘itlar, plastik massalar, xlor va uning hosilalari ishlab chiqariladigan
organik sintez tarmoqlari ancha kengaydi. Kimyoviy tolalar, sintetik etil spirt,
qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan organik preparatlar va
boshqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun bir qancha yangi korxonalar
qurildi hamda borlarining ko‘pi takomillashtirildi. Radiotexnika, elektrotexnika,
aviatsiya, avtomobil sanoatlarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan
sintetik materiallarning turi hamda ularni ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Yangi
sintetik materiallar tabiiy materiallarning o‘rnini bosibgina qolmay, ularni ishlatish
4
natijasida sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnika darajasini
yuksaltirish uchun keng yo‘l ochiladi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatini yuksaltirish viskoza, kapron, atsetat tolalar,
shuningdek, lavsan, nitron, xlorin va boshqa sintetik tolalar ishlab chiqarishni
ko‘paytirishga imkoniyat yaratib berdi. Ulardan texnikaviy buyumlar va xalq
iste’mol mollari, gazlamalar, trikotaj, poyafzal tayyorlash mumkin bo‘lib qoldi va
hokazo.
Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini kimyolashtirish sanoat va qishloq xo‘jaligining
hamma sohalarida ishdab chiqarishning kimyoviy usullaridan keng ko‘lamda
foydalanishni ta’minlabberdi. Qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish har xil agrotexnika
tadbirlari bilan birga amalga oshirilganda paxtachilik hosildorligi va chorvachilik
mahsuldorligi yuqori darajada ortadi.
Hozirgi zamon kimyosi xalqimiz hayotining farovonligini yuksaltirishga har
taraflama yordam bermoqda. Sobiq ittifoqning boshqa respublikalari kabi
O‘zbekistonda ham kimyo fani va kimyo sanoati rivoj topdi. Bizning
respublikamizda bir necha ilmiy tadqiqot institutlari, Fanlar Akademiyasining kimyo,
bioorganika, o‘simlik moddalari kimyosi, neft va gaz hamda boshqa institutlarida,
o‘nlab oliy o‘quv yurtlarining kafedralarida, muammoli laboratoriyalarida kimyo
fanining tarmoqlari taraqqiy etdi. Respublikamizda bu sohada yirik olimlar (O.S.
Sodiqov, S.Yu. Yunusov, K.S. Ahmedov, M.N. Nabiev, X.U. Usmonov, Yo.Yu.
Aliev, Sh.T. Tolipov, X. R. Rustamov, M.A. Asqarov, A.S. Sultonov va boshqalar)
yetishib chiqdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning bir qancha shahar va hududlarida kimyo
korxonalari, zavodlari qurildi. Sho’rtan gaz kimyo kompleksi, Ustyurt gaz kimyo
kompleksi, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Navoiy azot korxonasi, Samarkand
chinni zavodi, Farg‘ona azot korxonasi, Olmaliq, Qo‘qon kimyo zavodlari, Muborak
Neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy zavodi va
boshqalar, xalq xo‘jaligini kerakli mahsulotlar bilan ta’minlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |