222
marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning imiji, marka imiji sotish
sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining
yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda
sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridor- ning hech bo‘lmaganda sifatga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi
elementlaridan
biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan
bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx siyosatini
o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniq- ravshan
vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx
iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan.
Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek,
ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi
kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar,
savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga
oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat bilan
mutaxassislar bevosita narxga
oid raqobatdan qochishni, narxga oid
bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z
o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni
ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni
rag‘bat- lantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya
qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga
va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing
siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada
iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi
imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi bo‘lgan
xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu
”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan
keladigan foyda
bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan yuqori, deb
hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx bilan
bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib olgan odam
uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik oqlangan bo‘ladi.
Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar
kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va
mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar
tomonidan narxlarni ruhan idrok etish omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab
(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning harbir
guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing bo‘yicha
mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab orasidagi
bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, shuningdek, ushbu
mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik qaratilayotganini
ham bilishi
223
kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning narxga oid elastikligi
(o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik jihatdan u egri talabning
egilishidagi ma’lum burchak sifatida tasvirlanadi.
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi,
ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. Budjeti
cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch kelganlarida
ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga
bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho talab
qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo hamma xaridorlar ham
bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zga-
radigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat
darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda,
xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid qobiliyati)
xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar hajmi foizli
o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan chiqqan qismi
sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, tovarning sotuvchisi
unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Vaaksincha, talab qanchalik
elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z
mahsulotiga emas, boshqalarnikiga
narxlarni pasaytirish siyosatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo
hajmining va firma foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi
asosida belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi.
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat
darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada
bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisinarxlarni
hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini,
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi
o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari
kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi
raqobatchi firmalarning
o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va
boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan
belgilanadi. Taqqoslash raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini
so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan
bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand
qilmaslik firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik
faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan
(sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib,
narxlar darajasi
birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini
tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi
choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir
etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu bozordagi soliqqa tortish
tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta