Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Boshqariladigan narxlar 
bu – darajasi 
boshqaruvning 
mos 
keluvchi 
organlari 
tomonidan 
nazorat qilinadigan 
narxlar. 
Ularningorasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin 
(korxona o‘zmahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash 
huquqiga egabo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi 
narxlar). 
Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Xarid qilish - sotish bahosi 
– shartnomaga asoslangan yetkazib berish 
shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va 
uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifoda- lanadi. 
Jahon bahosi 
- tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. 
Monopol baho 
- monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho. 
Transfert bahosi 
- bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa 
bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo 
xizmatiga yoki chet el savdo filialiga. 
Harakatlanuvchi narx 
- shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd 
etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma 
kelishuviga ko‘ra). 
Sirpanuvchi narx 
- bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorla-nadigan 
mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma tuzilayotganda 
unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi 
mumkin. 
Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mav- sumiy) 


220 
narxlar farqlanadi. 
Doimiy narx 
- bu amal qilish muddati kelishilmagan narx. 
Vaqtinchalik (mavsumiy

narx 
- bu vaqtning ma’lum davrida 
(mavsumda) amal qiluvchi narx. 
Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, 
brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx 
(yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx(tovarlar 
bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta). 
Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab 
chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq transport 
xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar (Franko, FOB, FOS 
va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida qanday 
taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farqqiladi. 
1.
Franko-mahsulot 
yetkazib 
beruvchining 
ombor 
narxlarida 
mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga yetkazib 
berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish xarajatlarini 
iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot yetkazib beruvchi 
esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot yetkazib beruvchi 
omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. Mahalliy sanoat mahsulotlari, 
shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va boshqalar ham ana shunday 
narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni o‘z transport vositalari bilan 
yetkazib beruvchining omboridan tashib olganida ham o‘sha franko narxlar 
qo‘llaniladi. 
2.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari 
mahsulot yetkazib 
beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha 
(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini ham 
o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish xarajatlari 
bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan joyda uni 
tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari bu xil franko 
narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol yetkazib beruvchini materialning 
to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib olib borilish javobgarligidan ozod 
etadi. 
3.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlarimahsulotni 
o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga) tashib borish bilan 
bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga chiqarish, teplovozlar 
manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga (kemalarga) ortish 
xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan transport tashkilotlari 
tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni taroziga solish) to‘lovlar 
mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklanadi. Mazkur xarajatlardan 
tashqari mahsulot jo‘natish stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha 
o‘rtada bo‘ladigan barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko- 
jo‘natish sanksiyasi baholarida) iste’molchi ko‘taradi. 


221 
Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi 
farqlanadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish