Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Marketing — miks kompleksidagi narxning o‘rni



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

10.1- jadval 
 
Marketing — miks kompleksidagi narxning o‘rni 
 
 
 
Mahsulot 
Mahsulotning 
xaridor uchun qadri 
Narx 
Kommunikatsiya 
Distributsiya 
 
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo, narxlar 
ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. Masalan, 
poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib borayapti, deb 
faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, poyafzallar uchun 
yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, sotuvchilar 
poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar beradilar, chunki ularni 
ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. Fabrikani aynan poyafzal 
ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun ularga poyafzal do‘konlarining 
egalari ilgarigiga qaraganda balandroq narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi 
boshqa resurslarni ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi 
kuchini yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga 
talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida 
ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab 
chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talaboshganligi haqida 
axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga 
ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish 
ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. 
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi 
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida ko‘p 
zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib ketadi. Ushbu 
hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida poyafzal 
fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi miqdorda tayyorlashni 
befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek qolganda poyafzal ishlab 
chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun ularga balandroq chakana 
narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning oshgan narxi uni iste’mol 
qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm ishlab chiqarishni qisqartirish 
haqidagi xabar shu tariqa poyafzal iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning 
uchun poyafzal narxi nima sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan 
qat’iy nazar tovar narxi oshganligiga bir xilda qaraydi. 
Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchini 
rag‘batlantirishdir. 
Narxlarning 
o‘zgarishi 
ishlab 
chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni vaqtda 
bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimiz- da 


217 
poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga 
rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, ko‘paytirishni talab 
etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo bo‘ladi ham, zero 
poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular qo‘shimcha daromad 
olishi va bu daromad ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanishi mumkin. 
Bu esa poyafzalning narxi balandroqbo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga 
o‘z daromadlarini yanada oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, 
narxlar 
mexanizmi 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
miqdorini 
ko‘paytirishgina emas, ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni 
ham rag‘batlantiradi. Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan 
tushgan pul bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat 
bo‘lganligi sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish 
ular uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb 
faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq 
materialni izlashga rag‘batlantiradi. 
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu 
daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik 
faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab 
chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va 
xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarningo‘zgarishi iqtisodiy 
ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli guruhlarining daromadlari 
miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng 
zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l 
bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilarham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga 
bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish 
kuchining narxi, demak, daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif 
oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining 
narxi pasayadi. 
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik 
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik 
yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida 
marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot 
tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. 
Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin: 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish