Yangi tovarni yaratishning asosiy bosqichlari
1.
G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish
avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi. Izlanishlar
tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib borilishi shart.
Bundan tashqari izlanishlar olib borilishi kerak. Firma o‘nlab ajoyib
g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma faoliyatiga mos
kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma rahbariyati yangi turdagi
tovar ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga ega bo‘lishlari lozim.
Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdan maqsadi nima ekanligini
aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul tushumlarini oshirish yoki
bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va yana boshqa maqsadlarda
yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari rahbariyat mavjud tovarlarni
takomillashtirish orqali yangi tovar yaratish yoki original tovar ishlab
chiqarish borasida firma imkoniyatlarini taqsimlay bilishi kerak.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulot- ni
qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog‘liq.
Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib, bu
jarayon yangi mahsulot to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan boshlab,
toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylangungacha bo‘lgan jarayonni
o‘z ichiga oladi.
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga
qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni tezda
qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi. Iste’molchilar
yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasi- ga qarab ularni
super novator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, super konservator
210
guruhlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovar-larni
ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda, supernovator va novatorlarning
iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni
topishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularning talab va ehtiyojlarini
o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish, kelayotgan xat va
shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin. Yangilik bo‘lgan
g‘oyalar manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning fikr-mulohazalaridir.
Olimlar mavjud tovarni mukammallashtirish, takommillashgan variantlarini
ishlab chiqish yoki original tovarlarni ish- lab chiqarish uchun zarur yangi
materiallarni kashf etish imkoniyatiga, potensialiga egadirlar. Bundan
tashqari raqobatchi firmaning xaridor e’tiborini jalb etgan tovarlari
xususiyatlarini ham o‘rganish kerak. Yangi tovarlar yaratish borasida
g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan olish mumkin. Chunki ular
xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari bilan
yaxshi tanish bo‘ladilar.
2.
G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllan- tirish
bosqichida iloji boricha ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi g‘oyalarni
tanlash bosqichida esa ularning miqdori kamaytiriladi. Bu maqsad yo‘lida
birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsadi keraksiz g‘oyalarni
iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz kechishdir. Ko‘pgina firmalarda
mutaxassislar yangi turdagi tovar g‘oyasini standart blankalarda bayon etib,
yangi tovarlar bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari
kerak. Bunday hujjatda tovarning bayoni, shu tovar bozori, raqobatchilar
haqida ma’lumot, bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining
taxminiy hisob- kitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan
vaqt va sarf- xarajatlar, shu mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan
foyda miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya juda ajoyib bo‘lgan taqdirda
ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning yo‘nalishi,
maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma uchun
zararga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar g‘oyalarni
baholash va tanlashning maxsus tizimlarini ishlab chiqadilar.
Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish.
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib
chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning
uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va zararning ko‘rsat-
kichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa,
tovarni loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni
boshlanadi.
3.
Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil
bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba
211
konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. Shu
vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda
loyihadagi tovarni haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi, uni
ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya nuqtayi nazaridan maqsadga
muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab
chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik
(buyumlarni loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardaniborat bo‘ladi. O‘z
navbatida, texnik tayyorlash buyumlarning hayotiylik davrini bir qismini o‘z
ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik jihatdan tayyorlash, ularni ishlab
chiqarish va foydalanish.
4.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot xillarini
loyihalashtirish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini takomillashtirib
borishdan iborat. U quyidagi bosqichlarda olib beriladi:
Texnik topshirish.Texnik takliflar.
Eskiz loyihasini tuzish.
Texnik loyihani tuzish.
Ishchi loyihani aniqlash.
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni
«Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» fan sohalaridan olish
mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish zarur.
5.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalash-
tirish ishlari bir yoki bir necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik
hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan tugallanadi. Bu namunalar ushbu
talablarga javob berishi kerak:
Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni o‘zida
mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak.
U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.
Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib
ketmasligini
ta’minlash lozim.
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar,
hatto yillar o‘tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyat- larni
o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor bo‘lgandan keyin ular
sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.
6.
Bozor
sharoitida
sinov.
Tovar
laboratoriya
sinovlaridan
muvaffaqiyatli o‘tsa, iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni bozor
sharoitida sinash uchun kichik partiyada sotuvga chiqaradi. Bu bosqichda
tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi bozor sharoit- larida sinaladi,
bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari o‘rganiladi. Shu orqali
bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi aniqlanadi. Tovarning turiga
qarab bozor sharoitidagi sinovlar ham turli-cha bo‘ladi.
7.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma
212
rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqar- maslik
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi turdagi tovar
bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi
kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun
alohida marketing rejasini tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil
etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda
mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi turdagi
mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik
bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda
keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida muvaffaqiyatga
erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllan-tirish, jiddiy tadqiqotlar
o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar
qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z
maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z vaqtida tark etishi lozim.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib
bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun
doimo yangi turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning
talablarini qondirish mumkin. Shuning uchun ham marketingning eng muhim
masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta
o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
8.
Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi
turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisob- lanadi. Bu
ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va to‘lovsiz xizmatlar
iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol fondi,
ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat to‘lovlari
va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining
iste’mol fondi ko‘rsatkichiga nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini
qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |