Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Narxni iste’molchiga yo‘naltirish metodi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Narxni iste’molchiga yo‘naltirish metodi 
narxlarni iste’molchilar-ning 
tovarni qabul qilishlaridan kelib chiqib belgilashni ko‘zda tutadi. Potensial 
iste’molchilar tomonidan tovarning qabul qilinishi (idrok etilishi)ni o‘rganish 
uchun marketing tadqiqotlari zarur, shu bilan birga iste’molchining firma 
takliflariga kutilgan munosabatlarini ham shakllantirish lozim. Buning uchun 
tovarning maqsadli bozorga nisbatan munosabatlari, samarali namoyish 
etilishi, reklama qilish usullari bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqish talab 
etiladi. Istalgan mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish avval rejalashtirilgan 
narxni hisobga olgan holda va tovarning farqlanuvchi sifat xususiyatlarini 
ham qo‘shib, ishlab chiqarish hajmi hisob-kitobini bajarishni talab qiladi. 
Bunday yangi mahsulotlarning bahosi odatda, raqobatchilar narxidan yuqori 
bo‘ladi, shuning uchun sotuvchilar xaridorlarniular servisning yuqori 
darajasi, kafolatning davomli muddati, ushbu taklifning ishonchliligi va 
boshqa aniq ustuvorliklari uchun qo‘shimcha haq to‘layotganliklarini dalillar 
bilan ishontirishga shay turishlari kerak. 
Narxning past darajasini mo‘ljallovchi xaridorlar uchun tovar ishlab 
chiqaradigan firmalar iste’molchi ongida asosiy ustuvorligi nisbatan arzon va 
sifatli bo‘lgan tovar obrazini shakllantirishlari kerak. 
Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi 
raqobatchilar narxlarini kuzatib 
borishni talab etadi, o‘z xarajatlari va talabning hisobi bo‘ysunuvchi rolini 
o‘ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi yetakchining narxi yoki 
o‘rtacha tarmoqli so‘raladigan narxning yuzaga kelgan darajasi ko‘rib 
chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga uning takliflarini boshqa 
raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati, foydali xossasi, servisi, kafolati 
va boshqalarga ko‘ra ustuvorligi sifatida raqobatchi tovar narxi darajasida 
bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, narx belgilash metodining har biri 
alohida bozorning, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardan ajralgan holda 
yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va raqobatchilar 
manfaatlarini tenglashtirmog‘i zarur. Tovarni sotish narxi- ni narx 
siyosatining “sehrli uchburchagi” doirasida belgilash marketing- ga oid 
yondashuv hisoblanadi. 
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg‘un 
kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor konyunkturasi, 
raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar kursining o‘zgarishi ta’sir 
qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. 
Bu baholarni ifodalashda maxsus so‘zlar- dan foydalaniladi, ularni qo‘shib 
aytish zarur. 
Firma ichida tovar siyosati o‘tkazilganda firmaning umumiy natijalarini 
muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak. 
Ikkita maqsadga intilish zarur: 


231 
-
baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish bo‘limini 
quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi ko‘zda tutiladi; 
-
baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i chet el 
bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun. 
Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki soliq 
qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va firmaning 
filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab qiladi.Agar 
soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi mamlakatda 
sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi. 
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past 
transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z mamlakatining soliq 
xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa 
eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida qabul qila 
olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga ham ta’sir qiladi. 
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki, 
qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni 
yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi. 
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat 
qiladi. 
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi 
hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish qiyinligini 
baholash qiyin emas. 
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha 
qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilana- digan 
baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga olgan holda 
solishtirilishi kerak. 
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari 
transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari, 
sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini sezilarli 
ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu 
xarajatlarni aniq baholashni, javobgar shaxs kim bo‘lishini aniq tasavvur 
qilishni talab qiladi. 
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga 
e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda ayblashi 
mumkin. 
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon 
bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir. 
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar 
bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida 
qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga oshiriladigan 
bitimlarda qo‘llaniladigan baho, to‘lov erkin konvertirlangan valutada olib 
boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan baho. 


232 
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning asosiy 
markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin. 
Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida 
ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. 
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni 
quyidagicha guruhlash mumkin. 
1.
Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy 
bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birja- 
larida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar. 
2.
Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lu- motlar, 
xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus tashkilotlarning 
davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar. 
3.
Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan 
import shartnomalari haqida ma’lumotlar. 
4.
Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi 
baholar haqida ma’lumotlar. 
5.
Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash manbalardagi 
ma’lumotlar. 
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida ma’lumotlar 
olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma doimiy 
ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi zarur. Bu ishlar bilan 
narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki bevosita eksport-import 
operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor guruh ham shug‘ullanishi 
mumkin. 
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida- gilarga 
e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx 
belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat 
tadbirlari va boshqalar. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish