231
-
baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish bo‘limini
quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi ko‘zda tutiladi;
-
baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i chet el
bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun.
Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki soliq
qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va firmaning
filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab qiladi.Agar
soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi mamlakatda
sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi.
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past
transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z
mamlakatining soliq
xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa
eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida qabul qila
olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga ham ta’sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki,
qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni
yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi.
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past
narx belgilashga harakat
qiladi.
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi
hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish qiyinligini
baholash qiyin emas.
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha
qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilana- digan
baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga olgan holda
solishtirilishi kerak.
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari
transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari,
sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini sezilarli
ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu
xarajatlarni
aniq baholashni, javobgar shaxs kim bo‘lishini aniq tasavvur
qilishni talab qiladi.
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga
e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda ayblashi
mumkin.
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon
bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar
bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida
qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga oshiriladigan
bitimlarda qo‘llaniladigan baho, to‘lov erkin konvertirlangan valutada olib
boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan baho.
232
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning asosiy
markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin.
Sotuvchilar
uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida
ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni
quyidagicha guruhlash mumkin.
1.
Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy
bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birja-
larida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.
2.
Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lu- motlar,
xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus tashkilotlarning
davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar.
3.
Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan
import shartnomalari haqida ma’lumotlar.
4.
Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi
baholar haqida ma’lumotlar.
5.
Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash manbalardagi
ma’lumotlar.
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida ma’lumotlar
olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma doimiy
ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi zarur. Bu ishlar bilan
narx bo‘yicha
xizmatchilargina emas, balki bevosita eksport-import
operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor guruh ham shug‘ullanishi
mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida- gilarga
e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx
belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat
tadbirlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: