233
siatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i
siyosati, narxlarni yo‘naltirish.
Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning strategik
maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini egallash uchun
qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx strategiyasi) ga
muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib
hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskrimi- natsiyasi
yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar
guruhining to‘lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar
differensiatsiyasi raqobat ko‘rinishida asosiy vosita bo‘lganligi sababli
korxonalar xaridorlarning tovarga bo‘lgan ichki talablarini aniqlash va
tovarni
ularga
yetkazib
berishga
katta
ahamiyat
beradi.
Tovar
defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo‘yicha
olib boriladigan ishlarni
murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida narxlar
differensiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonaning barcha imkoniyatlari
birgalikda rivojlantirilmoqda.
Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa
muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo kuzatilmoqda.
Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarniyechishga majbur qildi.
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida
narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish
siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo‘lgan yuqori muammoli narxlar
o‘zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining
malakalilik darajasi, bozorni
o‘rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx nazorati
yordamida oshdi, oqibatda ma’lum vaziyatlarda korxonalar raqobat
ustunlinligiga ega bo‘ldilar.
Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx
siyosati bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doimo o‘zgarib turuvchi va
kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx-
naflilik” birligiga bozorning javobini oldindan bilish qiyin. Shu munosabat
oqibatida bozorning javobiga
qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni narx
belgilanganda
ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu
tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va
yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab
chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash
shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p hollarda sotuvchilarni
xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning foydasi
kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonus- lar to‘lash
sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.
To‘lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar o‘z shartnoma
majbu- riyatlarini
bajarmaganlarida yuzaga keladi (shartnomani bajarmaslik tavakkalchiligi).
234
Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini sabab qilib, mahsulotlar
narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan muddatda to‘lashni
kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab
chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy
–
iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor- larda
ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari-dan
katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx menejmentining
asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari
maqsadlar tizimini keltirib
chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor maqsadlardan kelib chiqqan
holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. Shu sababli ilmiy asoslangan
maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx siyosatida maqsadlar tizimi ishni
amalga oshirish nuqtasidir. Agar potensial narxlar maqsadlar piramidasida
iyerarxiya ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga
hamma maqsadlarni olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx
siyosatini tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini
korxona- ning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda
ham qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan maqsadlariga:
daromadlarni
maksimallashtirish, tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum
foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar
kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, bozorga kirish,
raqobatchilarni
kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga kiritmaslik,
bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati uchun turg‘un va
ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilarkiradi. U yoki bu maqsadni
amalga oshirish uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z
diqqatimizni marketing maqsad- lariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar
tizimi rivojlanishi yuqori- dan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda
maqsadlarning agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx
xaridorlarning narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi.
Bu juda muhim, chunki oxir–oqibatda xaridorlarning harakati narx siyosati
muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsad- lar
tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni
tashkilot mahsulotlariga
ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.
10.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: