220
narxlar farqlanadi.
Doimiy narx
- bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.
Vaqtinchalik (mavsumiy
)
narx
- bu vaqtning ma’lum davrida
(mavsumda) amal qiluvchi narx.
Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx,
brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx
(yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx(tovarlar
bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta).
Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab
chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq
transport
xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar (Franko, FOB, FOS
va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida qanday
taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farqqiladi.
1.
Franko-mahsulot
yetkazib
beruvchining
ombor
narxlarida
mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga yetkazib
berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish xarajatlarini
iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot yetkazib beruvchi
esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot yetkazib beruvchi
omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. Mahalliy sanoat mahsulotlari,
shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va
boshqalar ham ana shunday
narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni o‘z transport vositalari bilan
yetkazib beruvchining omboridan tashib olganida ham o‘sha franko narxlar
qo‘llaniladi.
2.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari
mahsulot yetkazib
beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha
(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha
xarajatlarini ham
o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish xarajatlari
bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan joyda uni
tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari bu xil franko
narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol yetkazib beruvchini materialning
to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib olib borilish javobgarligidan ozod
etadi.
3.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlarimahsulotni
o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga)
tashib borish bilan
bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga chiqarish, teplovozlar
manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga (kemalarga) ortish
xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan
transport tashkilotlari
tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni taroziga solish) to‘lovlar
mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklanadi. Mazkur xarajatlardan
tashqari mahsulot jo‘natish stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha
o‘rtada bo‘ladigan barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-
jo‘natish sanksiyasi baholarida) iste’molchi ko‘taradi.