Nazorat uchun savollar
1.
Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim?
2.
Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushunchabering.
3.
Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi?
4.
Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya etishimiz
mumkin? Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini
tushuntiring.
5.
Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? Shaxsiy iste’mol
uchun ishlab chiqarilgan tovarlar harakatini qanday tasavvur qilasiz?
213
X
bob. NARX VA NARX UNING SIYOSATI
10.1.
Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx
– bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining
vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi.
Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi,
qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Qiymat
– bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish
darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov
qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot
kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir
nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash
qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli
bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulot- ning
nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash
imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki
olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun
eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx
– “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisobla-
nadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan
holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil
qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq
bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali
faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif
nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va
xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi.
Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab
elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan,harakatchan mexanizm bo‘lib
bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qism-
laridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli
ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va
marketing orasidagi
masofa
kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir
iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan
uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi.
Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish,
ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni
yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib
turishdan iborat.
214
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi
vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir.
Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar
siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar
hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni,
bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni,
eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech
qachon sababsiz o‘zgar- maydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va
ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan
baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli,
yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan
iqtisodiyot- ga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil
qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab
chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat
va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat tomonidan
tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx
darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona
ulushining oshishidir.
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning
mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning
sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi
qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan
talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy
ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi
tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb
bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan
tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana
savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markaz- laridagi
servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida
namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga
qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.
2.
Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum
ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir
iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor
tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.
3.
Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib
hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini
215
haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr
hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni
qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha
chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik
yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi
kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi,
xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda.
Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi.
Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar
uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan.
Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning
pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx
pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi,
balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu
davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar.
Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib
bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib
turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari
o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati
kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan
shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi.
Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib
olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni
belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron
bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot
uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz
kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif qilgan narxni mahsulot
nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi.
Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor
segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari,
raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan
holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo,
harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho)
sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.
216
Do'stlaringiz bilan baham: |