Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi
Bozorga chiqish
bosqichi
O‘sish
bosqichi
Yetuklik
bosqichi
Chiqish
bosqichi
Tovar
Asosiy
Nomenklatura-
sini kengay-
tirish
Yangi
tovarlarni
bozorga
kiritish
Bozordan
chiqish
Baho
Past, aksincha
yuqori
Narx oldingi
fazadagiga
nisbatan
baland, yoki
uning yuqori
darajasiga mos
keladi
Chegirma va
narxga
nisbatan
texnik
harakatlar
Talab
holatiga mos
keladi
Sotish
Tovar tarqatish
chegaralangan,
bir segmentda
konsentratsiya-
langan
Sotishni tez
kengaytirish,
yangi
segmentlarni
topish
Intensiv
sotish
Tovarni
tanlab
tarqatish
Tovarni
bozorga
siljitish
Ancha harakat
talab etiladi
Mumkin qadar
maksimal
harakat
Foydaga mos
ravishda
harakatning
kuchsizlanishi
Tovarni
bozordan
chiqarish
Servis
Nazorat, mumkin
qadar
markazlashtiril-
gan nazorat
Nazorat,
mumkin qadar
markazlash-
tirilmagan
nazorat
Servis
markazi
tomonidan
olib
boriladigan
nazorat
Tovarni
sotish uchun
yangi
imkoniyatlar
yaratish
maqsadida
servisdan
foydalanish
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish
mumkinki, firma yoki korxona tovarning turli hayotiylik davri bosqichida
ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining uyoki bu
shaklidan foydalanadi.
208
9.3.
Yangi tovar tushunchasi
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar,
iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab chiqara- yotgan
tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi doimo yangi
va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi
firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab
chiqarish uchun bor kuchini safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi
tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturigaega bo‘lishi kerak.
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda
yo‘lga qo‘yishi mumkin:
1.
Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda firma
boshqa biron firmaning mahsulotini ishlab chiqarish huquqini beruvchi
litsenziya, patentini sotib oladi.
2.
Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o‘z
kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni ishlab
chiqarish bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar bo‘limini tashkil etadi.
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qon- dirish
uchun ishlab chiqarilsada, nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Buning
oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari o‘ziga yoqqanbiron yangi
turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy bo‘lsa ham
ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi tovar haqidagi
g‘oyaning o‘zi qiziqarli, lekin bu tovarga bo‘lgan bozor talabi keragidan
ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar talabdan ortiq
ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. Boshqa bir holatni olaylik:
tovar g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namuna- sini yaratish jarayonida tovar
konstruksiyasi talab darajasida bo‘lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda
kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik, g‘oya juda yaxshi
o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari
bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek
bo‘lmaydi. Bunga sabab ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga
qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi uchun qiziqarli bo‘lgan xususiyatlari
bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi,
bozorda kerakli xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar
narxining balandligi ham ushbu tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin.
Bundan tashqari yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda mo‘ljallangandan
ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab
qilinmasa, ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi
tovar ishlab chiqarish bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma
undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin. Shunday
qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan, yangi turdagi
tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar
imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir
209
Marketing
strategiyasini ishlab
chiqish
Kommersiya
maqsadlarida ishlab
chiqarishni yo‘lga
qo‘yish
Bozor sharoitlarida
sinab ko‘rish
Tovarni ishlab
chiqish
Ishlab chiqish
imkoniyatlarini
va sotishni tahlil
qilish
Fikrlarni ishlab chiqish
va ularni tekshirib
ko‘rish
G‘oyalarni
(fikrlarni) tahlash
G‘oyalarni
shakllantirish
masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi turdagi tovarlarni o‘ylab
topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z maqsadiga
yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni
ishlab chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida
uzluksiz izlanishlar olib borishi kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan
o‘tadi:
9.6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |